1998-yilning 11-oktyabridan 1999-yilning 21-avgustiga qadar UEFA doirasida quyida qoʻshimcha maʼlumot beriladigan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun saralash bosqichi oʻtkazildi. Yevropa ayollar futbolining A toifasiga kiruvchi 16 ta jamoa (eng yuqori toifa) toʻrtta guruhga boʻlingan holda FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun UEFA saralash oʻyinlarini oʻtkazishdi. Ushbu saralash oʻyinlarining guruh gʻoliblari 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi. Ikkinchi oʻrinni egallagan toʻrtta jamoa uy va safar oʻyinlaridan iborat pley-off oyinlari orqali yana ikkita eng yaxshi ayolllar terma jamoasini aniqlashdi. Ular guruh gʻoliblari bilan birga 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma olishdi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi (UEFA) orqali Shvetsiya, Italiya, Norvegiya, Daniya, Germaniya va Rossiya ayollar milliy futbol terma jamoalari1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga yoʻllanma oldi.
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati haqida umumiy maʼlumot
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati FIFA ayollar oʻrtasidagi uchinchi Jahon chempionati boʻlib ayollar milliyfutbol terma jamoalari oʻrtasidagi xalqaro turnir hisoblanadi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 1999-yil 19-iyundan 10-iyulgacha butun AQSH boʻylab sakkizta stadionda boʻlib oʻtdi[1]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar terma jamoasi gʻalaba qozondi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati tomoshabinlar soni, televideniye reytinglari va jamoatchilikning qiziqishi boʻyicha shu vaqtga qadar oʻtkazilgan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatlari ichida eng muvaffaqiyatli boʻldi[2][3].
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati birinchi marta oʻn oltita jamoani-may, donga tushirdi[4]. 1995-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oʻn ikkita jamoa[5] qatnashgann edi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati hakamlar va oʻyin rasmiylarining barchasi ayollardan iborat boʻldi. Har bir uchrashuvga oʻrtacha tashrif buyuruvchilar soni 37 319 tomoshabinni tashkil etdi va umumiy tashrif esa 1,194 millionni tashkil etdi. Bu natija 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga qadar eng yuqori boʻlib qoldi[6][7][8]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 30 million dollarlik operatsion byudjetidan jami 4 million dollar foyda oldi[9].
Kaliforniyaning Pasadena shahridagi Rose Bowl stadionida[10] boʻlib oʻtgan 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalini 90 185 kishi tomosha qildi[11] va bu ayollar sport musobaqasida tomoshabinlar soni boʻyicha xalqaro rekord oʻrnatdi. Amerika Qoʻshma Shtatlar terma jamoasi 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Xitoy ayollar terma jamoasinipenaltilar seriyasida magʻlub etib, turnir gʻolibi boʻldi[12][13][14]. Oʻyin 5:4 hisobidagi pnealtilar seriyasida 5-gol xitoylik Liu Ying tomonidan oʻtkazib yuborilganidan soʻng Brandi Chastain oʻz jamoasining beshinchi zarbasi bilan gʻalabali penaltini amalga oshirishi bilan yakunlandi. Xitoylik hujumchi Sun Wen va braziliyalik yarim himoyachi Sislaide do Amor Lima 7 tadan gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurarlari boʻlishdi[15].
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati jamoalari
1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiida oʻn oltita jamoa qatnashdi, bu 1995-yildagi oʻn ikkita jamoadan 4 ta jamoaga koʻp edi[16]. Gana, Meksika, Shimoliy Koreya va Rossiya ayollar milliy futbol terma jamoalari 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida debyut qilishdi. Meksika ayollar terma jamoasi birinchi ispan tilida soʻzlashuvchi davlat sifatida, Rossiya ayollar milliy futbol terma jamoasi esa birinchi slavyan davlati sifatida musobaqada qatnashdi[17]. Qolgan oʻn ikki jamoadan uchtasiga 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati ikkinchi Jahon chempionati boʻldi. 1991-yildan beri toʻqqizta jamoa har uchta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashgan[18]. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining eng yaxshi yetti nafar chorak finalchisi mezbon Avstraliya ayollar terma jamoasi bilan birga 2000-yilgi Sidney Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi[19].
Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasiga mezbon sifatida 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga avtomatik yoʻllanma berildi. Qolgan ishtirokchilar 1997-yildan 1998-yilgacha jahon futbolining qitʼa konfederatsiyalari tomonidan oʻtkazilgan bir qator oltita saralash vazifasini oʻtagan turnir orqali aniqlandi. 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinlarida 63 ta mamlakat terma jamoasi jami 141 ta oʻyin oʻtkazishdi[16]. FIFA 1999-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun Yevropaga (UEFA) oltita yoʻllanma ajratdi; Osiyoga (AFC) uchta; Afrikaga (CAF) ikkita va Shimoliy Amerikaga (CONCACAF) (mezbonlardan tashqari), Okeaniya (OFC) va Janubiy Amerikaga (CONMEBOL) qitʼalariga bittadan yoʻllanma kvotasini berdi[20] Yana bir yoʻllanma kvotasi (Meksika qoʻlga kiritdi) Shimoliy va Janubiy Amerika saralash turnirlarida ikkinchi oʻrin egallagan jamoalar oʻrtasidagi pley-off seriyasida aniqlandi[16].
↑Longman, Jere. „A World of Their Own“. The New York Times (18-iyun 1999-yil), s. D6. 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
↑„The 1999 gamble that paid off“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (21-fevral 2019-yil). 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
↑„Records crash as USA rejoice“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (22-mart 2007-yil). 12-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2019-yil.
↑Longman, Jere. „A World of Their Own“. The New York Times (18-iyun 1999-yil), s. D6. 12-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2019-yil.