Bük
Bük | |
---|---|
47°23′11″N 16°44′58″E / 47.38639°N 16.74944°E | |
Mamlakat | Vengriya |
[[Shahar]] | [[Vas]] |
Maydon | 20.88 km2 (8.06 kv mi) |
Aholisi (2015) |
3 544 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
Telefon kodi | 94 |
Pochta indeks(lar)i | 9737 |
|
Bük — Vengriyaning Vas okrugida joylashgan shaharcha, Avstriya davlati bilan chegaradosh. Hozirgi vaqtda u Vengriyadagi mashhur dam olish maskani va Markaziy Yevropadagi asosiy kurort va sog'lomlashtirish markazlaridan biri sifatida katta mavqiyga ega shaharcha.
Manzili
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharcha Szombathelydan 27 km uzoqlikda, Repce daryosi tekisligida joylashgan.
Diqqatga sazovor joylarI
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vannalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1957-yil kuzida mintaqada neft borligini aniqlash uchun tekshiruv ishlari o'tkazildi, ammo issiq suv bulog'i topildi. Shaharda 1962-yilda hammom qurildi. Keyinchalik bu suv shifobaxsh suvga aylandi va 1972- yilda issiq suv hammomlari sifatida foydalanish uchun yangi vannalar qurildi. Hammom atrofida bir qancha lagerlar, mehmonxonalar, butiklar va restoranlar qurilgan va 1992-yilda "dam olish bog'i" ham ochildi. Bugungi kunda Bukdagi hammom Vengriyadagi ikkinchi yirik shifobaxsh vanna hisoblanadi. Bukdagi eng mashhur mehmonxonalardan biri 2007-yilda "Eng yaxshi Vengriya sog'lomlashtirish mehmonxonasi" nominatsiyasiga sazovor bo'lgan[1].
Árpád yoshidagi cherkovi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cherkov XII asrda qurilgan Sankt-Kaliman patritsiyiga atab qurilgan. Keyinchalik gotika uslubida qayta ta'mirlanadi, minora qismi 1658-yilda qayta quriladi. 1732 — 1757-yillarda butun cherkov binosi barokko uslubida yangilandi. Devor rasmlari shu davrga xos uslibda qurildi, Cherkovdagi Bokira Maryam ustuni XVIII asrga tegishli hisoblanadi
Felsőbuki oilasining eski saroyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Felsőbüki oilasining eski saroyi taxminan 1790-yilda Pal Felsőbüki Nagi tomonidan qurilgan. Dastlab u kopt uslubi deb ataladigan shaklda qurilgan. Keyinchalik esa 1880-yilda u eklektik uslubda qayta ta'mirlanadi.
Qardosh shaharlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Illingen, Germaniya
- Törokbalint, Vengriya
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Gazetteer of Hungary, 1st January 2015. Hungarian Central Statistical Office.
- ↑ „Testvérvárosok“ (hu). buk.hu. Bük. Qaraldi: 2021-yil 6-aprel.