Farer orollari
Qiyofa
Farer orollari – Atlantika okeanining shimoliy sharqiy qismidagi arxipelag, Daniyaning muxtor viloyati. Maydoni 1,4 ming km². Orollarning relyefi zinapoyasimon platodan iborat. Eng baland joyi 882 m. Bazalt lavalari va tuflardan tuzilgan. Qirgʻoqlari tik, ford koʻp. Iqlimi subarktika dengiz iqlimi, oʻrtacha temperatura fevralda 4°, iyulda 11°. Yillik yogʻin 1500 mm. Oʻtloqlar, torfli botqoqliklar, vereskzorlar bor. Parranda koʻp. Baliq ovlanadi. Qoʻy boqiladi. Maʼmuriy markazi – Torsxavn. Farer orollarida VII-IX asrlarda kelt qabilalari yashagan. IX asrdan norveglar koʻchib kela boshlagan. Ikkinchi jahon urushiga qadar turli davlatlar tarkibida boʻlib kelgan.
Poytaxti: Torsxavn shahri
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |