Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (Shimoliy Koreya) ayollar milliy futbol terma jamoasi (Koreys Munxwaŏ tilida: jeonggangengyangdīngīng) Shimoliy Koreya sharafini xalqaro ayollar futbolida himoya qiladi[1][2]. Shimoliy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2001-yilgi ayollar oʻrtasidagi Osiyo Kubogida gʻalaba qozongan (6 oʻyinda 51 ta gol urgan, hozirda ham rekord sifatida saqlanib kelmoqda), 2003 va 2008-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida chorak finalga chiqqan[3].
Shimoliy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi muntazam ravishda FIFA Jahon reytingida dunyoning kuchli oʻnta ayollar terma jamoasi safidan joy olib kelgan. Shimoliy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yil martidan beri biron rasmiy oʻyinda maydonga tushmaganligi uchun 2020-yil dekabr oyidagi reytingga koʻra oʻz pogʻinasidan pasdga tushdi, biroq uch-yildan ortiq oʻyin oʻtkazmaganiga qaramay, Shimoliy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasi hozirda ham Jahon reytingida kuchli oʻntalikda qolmoqda.
Shimoliy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasining 2011-yil 7-iyul kuni ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi chogʻida, FIFA Shimoliy Koreya ayollar milliy futbol terma jamoasining ikki oʻyinchisi Song Jong-Sun va Jong Pok-Simning turnir davomida doping tekshiruvidan oʻta olmagani va oʻz terma jamoasi musobaqadan vaqtinchalik diskvalifikatsiya qilinganligini eʼlon qildi[4]. 16-iyul kuni FIFA Shimoliy Koreya terma jamosidagi yana uch nafar futbolchining test sinovlari ijobiy natija berganini (doping tekshiruvidan oʻta olmagani) eʼlon qildi[5]. 2011-yil 25-avgustda Shimoliy Koreya terma jamoasi 2011-yilgi turnirda 13-o‘rinni egallagani uchun olgan mukofotiga teng bo‘lgan 400 000 AQSh$ miqdorida jarimaga tortildi va 2015-yilgi FIFA ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida, jumladan, saralash bosqichida ishtirok etishdan ham chetlashtirildi[6].
Quyidagi Shimoliy Koreya ayollar milliy terma jamoasining oʻtkazilishi rejalashtirilgan, lekin keyinchalik COVID-19 sababli bekor qilingan soʻnggi uchrashuvlar roʻyxati berilgan.
Musobaqa nomi va sana
Jamoa
Bekor qilingan
Raqib jamoa
Oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan joy
2021-yil sentabr oyi, AFC Ayollar Kubogi saralash oʻyinlari, C guruhi
Shimoliy Koreya
Indoneziya
Jakarta, Indonesia
Musobaqa nomi va sana
Raqib jamoa
Bekor qilingan
Jamoa
Oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan joy
2021-yil sentabr oyi, AFC Ayollar Kubogi saralash oʻyinlari, C guruhi
Iroq
Shimoliy Koreya
Jakarta, Indonesia
Musobaqa nomi va sana
Jamoa
Bekor qilingan
Raqib jamoa
Oʻyin oʻtkazilishi rejalashtirilgan joy
2021-yil sentabr oyi, AFC Ayollar Kubogi saralash oʻyinlari, C guruhi
Shimoliy Koreya
Singapor
Jakarta, Indonesia
Shimoliy Koreya ayollar milli terma jamoasi 2021-yil 29-iyul kuni COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq xavotirlar tufayli musobaqadan chiqdi[7].
Algarve kubogi Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) tomonidan oʻtkaziladigan ayollar futbol assotsiatsiyasi boʻyicha terma jamoalar turniridir. 1994-yildan beri har-yili Portugaliyaning Algarve shahrida o‘tkazib kelinayotgan bu musobaqa ayollar o‘rtasidagi eng nufuzli va eng uzoq davom etgan xalqaro futbol tadbirlaridan biri bo‘lib, „Kichik FIFA Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati“ nomini olgan[11].
Algarve Kubogida Shimoliy Koreya terma jamoasining natijalari