Abdulhoshim Ismoilov
Abdulhoshim Ismoilov (1952.9.6, Fargʻona viloyati, Quva tumani) — sozanda (gʻijjak), bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti (1990). Toshkent konservatoriyasining sharq musiqasi kafedrasini tugatgan (1989). Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining makom ansamblida sozanda (1974—85), musiqa rahbari (198587), badiiy rahbar (1987-96 va 1999-yildan), "Oʻzbeknavo" konsert-gastrol birlashmasida sozanda (1997—99). Ijro uslubiga noziklik va mayinlik, qochirim-nolalarni, rang-barang usullarni ustalik va mohirona ishlatish xos. I. rahbarligidagi cholgʻu ansambli (A. Abdurashidov, A. Xoltojiyev va boshqalar) ijrosi orqali oʻzbek musiqasiga yangi — guruhli badiha uslubi kirib keldi. Repertuaridan yirik xalq cholgʻu kuylari ("Choʻli Iroq", "Nasrulloyi", "Navroʻzi Ajam" va boshqalar), maqom yoʻllari ("Chorgoh", "Segoh", "Dugoh") va boshqalar) keng oʻrin olgan. Bastakor sifatida oʻzining ashula, qoʻshiq va yallalari ("Boʻlmas", "Noz", "Erka bulbul", "Sen oʻzing", "Oʻzbekiston", "Toshkentim","Yorimga ayting", "Uchrashuv", "Netay", "Togʻ qizi" va boshqalar), cholgu va raqs kuylari ("Holim soʻrma", "Gullola", "Toʻyona", "Dil bayrami" va boshqalar) bilan shuhrat qozongan. Qator xorijiy mamlakatlarda oʻz ijrochilik mahoratini namoyish etgan. Maqom ijrochilarining 1-respublika tanlovi laureati (1983).[1] 3nafar farzandning otasi. 2 ogil va 1 qiz
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]