Zokirkoʻl
Zokirkoʻl | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Region | Qoraqalpogʻiston |
Zokirkoʻl — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanidagi qurib qolgan koʻl. Amudaryoning quyi oqimida, Qipchokdaryodan ajralib chiqadigan Madalioʻzak tarmogʻining bogllanishidan 3 km janubiy gʻarbda boʻlgan. Maydon 50-yillarning boshida 10 km², oʻrtacha chuq. 0,5 m boʻlgan. Shimolidan jan.ga choʻzilgan boʻlib, Qipchoqdaryoni Moʻynoq qoʻltigʻi bilan tutashtirib turgan. 3. daryo, kollektorzovur suvlaridan toʻyingan. Oʻsha davrlarda koʻl qirgʻoklari yassi, atrofi qalin toʻqayzor boʻlgan. Koʻldan choʻrtan, qizilqanot, zogʻora, laqqa baliqlar ovlangan, koʻplab boqilgan. Amudaryo suvining kamayishi natijasida koʻl ham kichraya borgan: mayd. 1955-yilda 6,6 km², 1960-yilda 5 km², 1965-yilda esa qurib qolgan. Yogʻin koʻp boʻlgan 1969-yil 3. botigʻi yana suvga toʻla boshlagan: 1972-yil mayd. 2,73 km² ga yetgan. 3. 1980-yillarda butunlay qurib qoldi.[1]