Ziyod ibn Abihi
Hayoti va ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arablar Ziyod ibn Abihi (vafoti 675 yil)ni ham notiqlik san'ati ning ustasi deb hisoblaydilar. U xalifa Ali davrida Forsda noib lavozimini egallagan. Keyinchalik esa Ummaviylar xalifasi Muoviya tomonidan xalifalikning deyarli barcha sharqiy viloyatlariga noib etib tayinlangan. Ziyod ibn Abihi koplab nutqlar muallifi bolgan. Ular orasida arab tanqidchilari uslubiy jihatdan eng mukammali deb «Kusaya» («al-Batra») nutqini hisoblaydilar. Ushbu nom odatdagi Allohga hamdu sanolar bilan boshlanadigan kirish qismining yoqligi bilan bog'liq. Ziyod ibn Abihining nutqi Basra ahliga qaratilgan bo'lib, Umaviylar hokimiyatiga bo'ysunishga davat qo'zg'olonchilarga qaratilgan tahdidlardan iborat. Ziyodning ushbu ehtirosli nutqi faqat umumiy g'oya bilangina birlashgan va o'zaro yaxshi bog'lanmagan parchalardan iborat. Umuman olganda, ushbu nutq diniy vaz bilan yangi hokimiyatning vazifalarini tushuntiruvchi davlat arbobining nutqi ortasidagi narsa. Unda tahdidlar va'dalar, qasamlar va ritorik savollar notiqning temperamenti oz ifodasini topgan hayajonli ovozlar bilan almashadi.
Adabiyotlar[1]
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ziyavuddinova M. Mumutoz arab adabiyoti, 2011.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |