Kontent qismiga oʻtish

Zaporojye viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Zaporijya viloyatidan yoʻnaltirildi)

Zaporijya viloyati (ukr. Zaporіzka oblast) — Ukrainadagi viloyat. 1939 yil 10 yanvarda tashkil etilgan. Maydon 27,2 ming km2. Aholisi 2059,2 ming kishi. (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, bolgar va boshqalar yashaydi. 18 rayonn, 13 shahar, 20 shaharcha bor. Markazi — Zaporijya shahri. Zaporijya viloyati yer yuzasi bir oz oʻrqir tekislik. Janubida Kora dengiz boʻyi pasttekisligiga qoʻshilib ketadi. Janubi-sharqida Azov boʻyi qirlari (200-220 m) joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yozi issiq (iyulning oʻrtacha tempaturasi 22 dan 24° gacha), kishi unchalik sovuq emas, qor kam yogʻadi (yanvarning oʻrtacha temperaturasi −4 dan −5° gacha). Yiliga 300- 450 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 210 kun. Asosiy daryosi — Dnepr. Tuprogʻi unumdor, asosan, qoratuproq. Zaporijya viloyati dasht zonasida. Dasht oʻsimliklari jar va soyliklarda saqlanib qolgan. Oʻrmon va butazorlar viloyat maydonining 3,4% ni tashkil etadi. Tulki, malla quyon, boʻri; qushlardan bedana, yovvoyi oʻrdak, dasht va dala toʻrgʻaylari yashaydi. Zaporijya viloyatida qora va rangli metallurgiya yetakchi oʻrinda. Elektroenergetikasining asosini Dniproges, Zaporijya GRES va issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi. „Dniprospetsstal“, „Zaporijstal“ elektrometallurgiya zavodlari, Zaporijya titanmagniy kombinati, alyuminiy, elektrod, ferroqotishma zavodlari va Zaporijya utga chidamli zavodi bor. Bilozirsk temir ruda koni asosida kon kazish sanoati (Zaporijya temir ruda kombinati) rivojlangan. Mashinasozlik sanoati („Zaporijtransformatormotor“ zavodi, yuqori voltli apparaturalar, kabel zavodlari, „AvtoZAZ“ motor, avtogidroagregat va „Avtokolirmet“, „Preobrazovatel“, elektroapparat zavodlari mavjud. Berdyansk oʻrish mashinalari, Tokmak dizelsozlik ishlab chiqarish birlashmalari, Zaporijya abraziv kombinati, Berdyansk yoʻl mashinalari zavodi, „Bitmash“, stanoksozlik, Orixiv qishloq xoʻjaligi mashinasozligi zavodlari) keng rivoj topgan. Kime va neft kimyosi muhim oʻrin egallaydi. Uysozlik kombinati, gʻishtcherepitsa, devor bloklari zavodlari bor. Oziqovqat sanoatida un, yogʻmoy, goʻsht, konserva, baliq, sut va yengil sanoatda tikuvchilik, poyabzal, trikotaj, koʻncharm tarmoqlari ham rivojlangan. Zaporijya viloyati gʻallachilik va goʻshtsut yetishtirishga ixtisoslashgan muhim rayon. Asosiy ekinlari: kuzgi bugʻdoy, baxrrgi arpa, kungaboqar. Sugʻoriladigan yerlarda sabzavotchilik bilan shugʻullaniladi. Bogʻdorchilik (gilos, olcha, oʻrik, olxoʻri, olma, nok va boshqalar), tokchilik rivojlangan. Chorvachilikda goʻshtsut chorvachiligi yetakchi oʻrinda. Choʻchqachilik va parrandachilik taraqqiy etgan. Koramol, mayin junli qoʻy boqiladi. Azov dengizida baliq ovlanadi. Transport yoʻllari zich. Aeroport bor. 7 oliy oʻquv yurti, 800 dan ziyod jamoat kutubxonasi, 3 teatr, 70 dan ortiq muzey mavjud.[1]

  1. "Zaporojye viloyati" OʻzME. Z-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil