Zamonaviy musiqa uyushmasi
Zamonaviy musiqa uyushmasi (ruscha: „Ассоциация современной музыки“ yoki qisqartirilgan „АСМ“) — 1926-yilda Moskva va Leningradda tashkil etilgan uyushma. Bu uyushmaga musiqaning gʻoyaviyligi, klassik va xalq kuylarining anʼanalarini rad etuvchi kompozitor va musiqashunoslar kirgan.
Xalqqa yot boʻlgan bu guruh oʻzini tor doiradagi professional musiqa ahli sifatida koʻrib, zamonaviy kompozitorlarni ularning darajasiga yetishga va „kechagi musiqa“ga oʻxshamaydigan asarlar yaratishga undagan. Zamonaviy musiqa uyushmasi sovet musiqachilari orasida burjuaziya gʻoyalarini targʻib qilib, gʻarbiy Yevropa burjua madaniyati oldida „sajda qilish“, shaklbozlik va kosmopolitizmni yoyishga harakat qilgan. Uyushma zamonaviy gʻarb musiqasini va uning shaklan murakkab asarlarini targʻib qilishga qaratilgan faoliyat olib borgan. Ammo sovet madaniyati va sotsialistik qurilishni muvaffaqiyatli rivojlanishi, sovet musiqasida demokratik yoʻnalishlarning kuchayishi tufayli koʻpgina kompozitorlar uyushmadan uzoqlasha boshlagan. 1930-yillarning oxiriga kelib esa uyushmasi oʻz faoliyatini butunlay toʻxtatgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.