Kontent qismiga oʻtish

Musiqashunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Musiqashunoslik - sanʼatshu-noslik sohasi, musiqa haqidagi fan. Musiqa nazariyasi, musiqa tarixi, musiqiy folkloristika (etnomusiqashu-noslik), musiqiy tanqid va musiqiy jurnalistika kabi asosiy qamda boshqa fanlarga aloqador (musiqiy akustika, musiqiy psixologiya, musiqiy paleografiya, musiqiy estetika, musiqiy sotsiologiya, musiqiy sharqshunoslik, musiqiy bibliografiya va notografiya va boshqalar) sohalarni oʻz ichiga oladi.

Nazariy M., umuman musiqa sanʼati yoki muayyan davr, biror xalq, shuningdek, baʼzi yirik kompozitorlar asarlari tuzilish qoidalari, musiqa tili va kompozitsiya xususiyatlarini tadqiq qiladi. Musiqaning ayrim ifodaviy vositalari garmoniya, polifoniya, musiqa shakli tahlili, orkestrlash, cholgʻushunoslik kabi fanlarda oʻrganiladi. Musiqa uquvini rivojlantirishda solfejionnt ahamiyati katta.

Tarixiy M. musiqa madaniyati taraqqiyotiga har tomonlama taʼrif berishni oʻz oldiga asosiy maqsad qilib qoʻyib, uni tarixiy jarayon, falsafa, mafkura, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlari rivoji bilan bogʻliq holda yoritadi. Musiqaning umumiy tarixidan tashqari yirik mintaqalar (Yevropa, Osiyo kabi), bularning munosabati (GʻarbSharq yoki Sharq-Gʻarb), ayrim mamlakatlar va xalqaro yoki muayyan davr musiqa tarixi (klassitsizm, romantizm, impressionizm), shuningdek, musiqiy uslub, janr va shakllar (opera, simfoniya, konsert va hokazo), ijrochilik sanʼati va boshqalarning yuzaga kelish tarixini oʻz ichiga oladi. Musiqa ijodiyotini tadqiq qilishda tarixiy M. musiqiynazariy taxlil maʼlumotlariga tayanadi, oʻz oʻrnida nazariy M. xulosalari toʻliq va ilmiy boʻlishi maqsadida oʻrganilayotgan hodisalarga tari-xan yondashadi. Nazariya va tarixiylikning chuqur, uzviy aloqadorligi M.ning asosiy shartlaridandir.

Oʻrta va Yaqin Sharq xalqlari musiqa sanʼati qonunqoidalari tizimini oʻrganuvchi ilmi musiqiy (musiqa ilmi) 8—9-asrlarda (Yunus al-Kotib, Xalil ibn Ahmad) shakl topgan. Ilmi tpaʼlif, ilmi iyqo va ilmi advorpan tarkib topib, musika nazariyasi, tarixi, ijodiyoti va ijrochiligi masalalari haqida bahs yuritgan. 14—15-asrlar manbalarida "ilmi advor" deb ham atalgan. Markaziy Osiyo madaniyatida ilmi musiqiy asosan 3 ta uslubiy yoʻnalishda rivojlangan: 1) musiqa ijodiyoti anʼanalarini Yunoniston (Aristotel, Aristoksen, Ptolemey) mantiq ilmi, matematikasi va fizikasi qonunqoidalari negizida umumlashtirishga asoslangan ilmiyratsi-onalistik yoʻnalish (Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdullox, al-Xorazmiy, Umar Xayyom, Qutbiddin ash-Sheroziy, Faxriddin ar-Roziy va boshqalar); 2) muayyan bir ijodiy uslub, maktab yoki musiqaning maʼlum bir soxasi (ashula yoki cholgʻu ijrochiligi va hokazo)ni amaliy oʻzlashtirishga moʻljallangan amaliy-empirik yoʻnalish (Banu Muso, Yahyo al-Munajjim, Safiuddin al-Urmaviy, Najmiddin Kavkabiy, Darvishali Changiy va boshqalar); 3) Qurʼon, hadislar, shariat arkonlari va tasavvuf gʻoyalari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda musiqaning maʼnaviy mo-hiyati, tarbiyaviy ahamiyati masalalarini oʻrganishga bagʻishlangan diniy-maʼnaviy yoʻnalish (Kalobodiy Buxoriy, Abu X°mid Gʻazoliy, Boqiyo Noiniy, Ziyouddin Naxshabiy, Nurasad Chishtiy, Abdulhaq Dexlaviy, Hujviriy, Abbodiy va boshqalar). Oxirgi yoʻnalishda ilmi musiqiy koʻp hollarda "samoʼ" deb atalgan. Temuriylar davrida ilmiyratsionalistik va amaliy-em-pirik uslublarni oʻzaro mujassamlashtirishga yoʻnaltirilgan taʼlimotlar vujudga keldi (Abdulqodir Marogʻiy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin al-Husayniy, Kavkabiy va boshqalar)- Ilmi musiqiyning muammolar tizimi musiqaning kelib chiqishi, uning ijtimoiy, maʼnaviy, tarbiyaviy ahamiyati, kuy turlari (alhon) va janrlari, nagʻma, buʼd, jins, jam, iyqo, intiloqot (intonatsiya), taʼlif (ijod, kompozitsiya), cholgʻushunoslik (sinoatil-olat) va boshqa masalalardan tarkib topib, ularni oʻrganishda matematika (riyoziyot), fizika (ilmi tabiiy), geometriya (handasa), mantiq va boshqa fanlar krnunqoidalari, isbot vositalari keng tatbiq etilgan. 20-asrning boshlaridan ilmi musiqiy Yevropa va jahon musiqashunosligining ilgʻor uslubiy tamoyillari bilan boyitilib, zamonaviy musiqa sharqshunosligining tari-xiy, uslubiy negizi va tarkibiy kismi sifatida rivojlangan (mas, A. Fitratning "Oʻzbek klassik musiqasi va uning tarixi", 1927 — arab alif-bosida; yangi nashri, T., 1993).

Oʻzbekistonda keng qamrovli M. 20-asrdan rivoj topa boshladi. 1920— 30 yillarda paydo boʻlgan ilk M. asarlari, asosan, shu davrda toʻplana boshlagan oʻzbek musiqa merosini tizimli oʻrganishga (V. Uspenskiy, N. Mironov, Ye. Romanovskaya, Il. Akbarov va boshqalarning maqola va kitoblari), milliy cholgʻu asboblarni tasniflashga (V. Belyayev) qaratilgan. Oʻzbekiston kompozitorlik musiqa madaniyatiga oid birinchi yirik tadqiqot ("Oʻzbek musiqasining rivojlanish yoʻllari", rus tilida) 1946-yilda yaratilgan. Keyingi davrda oʻzbek musikashunosligi, asosan, musika merosini keng miqyosda toʻplash va tadqiq qilish (mas, "Oʻzbek xalq musiqasi", 1—9-j.lar, T., 1955—66; "Shashmaqom", I—VI jildlar, T., 1966—75; I. Rajabov, "Maqomlar masalasiga doyr", T., 1963; F. Karomatov, "Oʻzbek xalq musiqasi merosi", 1 — 2:j., T., 1978—83; T. Gʻafurbekov, "Oʻzbek professional musiqa ijodining folklor manbalari", T., 1984"), ayrim janrlarning shakllanishi (mas, Ya. Pekker, "Oʻzbek operasi", M., 1963, 2nashr, 1984; N. Yanov-Yanovskaya, "Oʻzbek simfonik musikasi", T., 1979, rus tilida; T. Gʻafurbekov, "Milliy monodiyaning ijodiy resurelari va bularning zamonaviy oʻzbek musiqasida saykal topishi", T., 1987, rus tilida); oʻzbek musiqasining 20-asr tarixi ("Oʻzbek sovet musikasi tarixi", 1—3 j., T., 1972—1991, rus tilida), Sharq allomalari ilmiy merosi (mas, O. Matyoqubov, "Forobiy Sharq musiqa asoslari haqida", rus tilida, T., 1986; A. Nazarov, "Forobiy va Ibn Sino musiqiy ritmika xususida", T., 1995), oʻzbek sozanda va xonandalari faoliyati ("Oʻzbek xalq sozandalari", 1—2-kitob, T., 1959—74), musika chol-gʻulari va cholgʻu musiqasi (F. Karomatov, "Oʻzbek cholgʻu musiqasi", T., 1972; T. Vizgo, "Urta Osiyo musika cholgʻulari", M., 1981, rus tilida) va boshqa masalalarga oid yirik asarlar, tadqiqotlar, toʻplamlar yaratildi. 20-asrning soʻnggi choragida tan olingan bir qancha dareliklar oʻzbek tiliga (T. Gʻafur-bekov tahririda) tarjima qilindi, ilk musiqa lugʻatlari (Il. Akbarov) va yangi dareliklar (T. Qurbonov, O. Azimova) yaratildi. Oʻzbek musikashunoslari xalqaro musiqa anjumanlarida faol qatnashadi, ularning asarlari chet ellarda nashr etilgan. Oʻzbekiston musiqashunosligiga Il. Akbarov, Ya. Pekker, T. Vizgo, F. Karomatli, I. Rajabov, A. Jabborov, S. Galitskaya, N. YanovYanovskaya, T. Gʻafurbekov, R. S. Abdullayev, O. Matyoqubov, A. Nazarov, R. Yunusov va boshqa salmokli qissa qoʻshgan.

Toshkent (2002-yildan Oʻzbekiston) davlat konservatoriyasida 1940-yillardan eʼtiboran M.ning tarixiy, nazariy, folklorshunoslik, 1972-yildan musiqiy sharqshunoslik, musiqiy tanqid va jurnalistika yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. Sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot itida nomzodlik (1981—92), dlik hamda nomzodlik (1992-yildan shu kunga qadar) dissertatsiyalari boʻyicha ixtisoslashgan kengash faoliyati doirasida Oʻzbekiston, Markaziy Osiyo va Zakavkazye M.gi uchun ilmiy darajali kadrlar tadqiqotlari himoyasi oʻtkaziladi. Ikkala muassasada M.ka doyr aspirantura va doktorantura ochilgan. Abdumannon Nazarov, Toʻxtasin Gʻafurbekov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil