Zakia Xudadadi
Zakia Khudadadi | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
29-sentyabr 1998-yil Hirot, Afgʻoniston |
Sport | |
Qaysi sport | Taekvondo |
Zakia Xudadadiy(forscha: ذکیه خدادادی </link> ; 1998-yil 29-sentyabrda tugʻilgan)[1][2] — afgʻon parataekvondochisi. U taekvondo boʻyicha birinchi afgʻon ayol sportchisi hisoblanadi. Zakia 2016-yilda 18 yoshida parataekvondo boʻyicha Afrika xalqaro chempionatida gʻolib chiqqanidan soʻng mashhurlikka erishgan. U 2020-yilgi yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Afgʻoniston sharafini himoya qilgan. Dastlab Zakia Tolibon hokimiyatni egallab olgani sababli birinchi Paralimpiya oʻyinlarida qatnashish imkoniyatidan mahrum boʻlgan, biroq keyinchalik Afgʻonistondan xavfsiz evakuatsiya qilinganidan soʻng Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi tomonidan musobaqada ishtirok etishga ruxsat berilgan[3][4][5]. Zakia musobaqalarda qatnashgan va Marina Karim 2004-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etganidan keyin 17 yil ichida Paralimpiya oʻyinlarida qatnashgan birinchi afgʻonistonlik ayol Paralimpiyachi boʻlgan[6][7][3]. Shuningdek, Xudadadiy Tolibon hokimiyatni egallab olganidan keyin xalqaro sport musobaqalarida qatnashgan birinchi afgʻon sportchisi boʻlgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hirot viloyatida tugʻilgan Xudadsdiy hazora etnik guruhiga mansub. Uning bitta qoʻli bor shu tufayli paramusobaqalarda ishtirok etadi[8].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xudadadini taekvondo sporti bilan shugʻullanishga 2008 va 2012-yillarda Afgʻonistondagi yagona Olimpiya medallari taekvondo boʻyicha boʻlganligi undagan. Zakia Afgʻonistonning birinchi (va hozirda yagona) Olimpiada sovrindori sifatida sharaflanadigan Rohulloh Nikpayga havas qilib bu sportni tanlagan[9]. 2001-yilda Tolibon qulaganidan keyin Zakia, Afgʻonistondagi boshqa koʻplab ayollar singari, xuddi erkaklar kabii sport musobaqalarida qatnashishga daʼvat etilgan. Ammo u koʻp mashgʻulotlarni uyda va hovlisida oʻtkazgan, chunki uning mahalliy klublar sharafini himoya qilish imkoniyatlari oʻzining Hirot viloyatida toliblar borligi sababli cheklangan edi[9].
Zakia 2016-yilda Misrda oʻtkazilgan parataekvondo boʻyicha Afrika xalqaro chempionatida gʻolib chiqgan[9]. U kechiktirilgan Tokio 2020 Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida qatnashish uchun wild card olgan va u yerda trekchi Hossain Rasuli bilan birga Afgʻonistondan ikki raqibdan biri sifatida tanlangan. Xudadadiy 49 kggacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi K44 musobaqasida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan[10].
U ota-onasini tashlab, yozgi Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun Kobulga yoʻl olgan. Biroq Afgʻonistonning oʻyinlardagi ishtiroki Kobulning Tolibon qoʻliga tushishi ortidan xavf ostida qolgan edi. Afgʻonistonlik sportchilar ham aeroportlar yopilganligi sababli Kobulni tark eta olmaganlar[11][12]. Xudadadiy Tolibondan yashiringan va Afgʻonistonni xavfsiz tark etish hamda Tokio Paralimpiadasida qatnashish uchun omma oldida chiqish qilib yordam soʻragan[13][14]. U Ispaniyaning evakuatsiya roʻyxatida ekanligi tasdiqlangan[15]. 2021-yil 28-avgust kuni Xudadadi oʻzining erkak vatandoshi Husayn Rasuli bilan birgalikda xalqaro evakuatsiya harakatlari doirasida Avstraliya Qirollik havo kuchlari tomonidan Kobuldan Parijga olib kelinganidan soʻng Tokioga yetib kelgan va Afgʻonistonning Tokio Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq savollarga barham berishgan[5][16][17]. Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi prezidenti Endryu Parsons har ikkala Afgʻonistonlik sportchi ham intervyu uchun qatnasha olmasligini va ularga odatdagi matbuot anjumanlarini oʻtkazib yuborishga ruxsat berilganini eʼlon qilgan[18].
2021-yil 2-sentabr kuni u Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining 1/8 finalida ishtirok etgan va oʻzbekistonlik Ziyodaxon Isoqovaga imkoniyatni boy bergan[1]. Keyinroq Xudadadiy takroriy bosqichga yoʻl olgan, ammo ukrainalik Viktoriya Marchuk bilan oʻtgan bahsda magʻlubiyatga uchragan[19][20][21].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Afghans head to Tokyo with message of hope and peace“. paralympic.org (2021-yil 10-avgust).
- ↑ „Taekwondo: KHUDADADI Zakia“. Tokyo 2020 Paralympics. Tokyo Organising Committee of the Olympic and Paralympic Games. 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 „Zakia Khudadadi becomes 2nd Afghan woman to compete at Paralympics after her secret evacuation“. The Economic Times. Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
- ↑ „Zakia Khudadadi's hopes of becoming first Afghan female Paralympian dashed“ (en). the Guardian (2021-yil 16-avgust). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ 5,0 5,1 „Afghanistan's Paralympians safely evacuated, says International Paralympic Committee“ (en). The Indian Express (2021-yil 26-avgust). Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ „Afghanistan's first female Paralympian is trapped in Kabul and cannot get to Tokyo“ (en-US). Washington Post. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ McElwee, Molly. „Afghanistan's first female Paralympian denied chance to travel to Tokyo Games“ (en-GB). The Telegraph (2021-yil 16-avgust). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Who is Zakia Khudadadi? Afghanistan's first female Paralympian, 23, can no longer go to Tokyo“ (en). meaww.com. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Robinson, Andrew Beaton and Joshua. „She Was Set to Make Afghan History at the Paralympics—Until the Taliban Took Over“ (en-US). Wall Street Journal (2021-yil 17-avgust). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Taekwondo player Khudadadi set to be Afghanistan's first female Paralympian“. www.insidethegames.biz (2021-yil 13-avgust). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „'Heartbreaking': Afghan Paralympic athletes to miss Tokyo 2020“ (en). Al Jazeera (2021-yil 16-avgust). Qaraldi: 2021-yil 17-avgust.
- ↑ „Afghanistan's first female Paralympian, now hiding from the Taliban, hasn't 'lost hope'“ (en-AU). ABC News (2021-yil 17-avgust). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Afghan athlete Zakia Khudadadi makes plea for help to compete in Tokyo Paralympic Games“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Tokyo Paralympics: Female Afghan athlete appeals for help to get to Tokyo“ (en). Sportstar (2021-yil 17-avgust). Qaraldi: 2021-yil 18-avgust.
- ↑ „Afganistán: España recibe la petición de evacuación de atleta paralímpica Zakia Khodadadi“ (es). americadeportes (2021-yil 17-avgust). Qaraldi: 2021-yil 20-avgust.
- ↑ „Paralympics | Afghanistan's Zakia Khudadadi and Hossain Rasouli land in Tokyo to compete at Games“ (en). Free Press Journal. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ „Afghan Paralympians arrive at Games after harrowing journey from Kabul to Tokyo“ (en-AU). www.abc.net.au (2021-yil 28-avgust). Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
- ↑ „Afghan athletes arrive in Tokyo“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2021-yil 28-avgust.
- ↑ „Judo – Competition Schedule“. Tokyo 2020 Paralympics. Tokyo Organising Committee of the Olympic and Paralympic Games (2021-yil 31-avgust). 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Taekwondo – Women K44 -49kg – Entry List by Event“. Tokyo 2020 Paralympics. Tokyo Organising Committee of the Olympic and Paralympic Games (2021-yil 31-avgust). 2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Afghan Paralympian Zakia Khudadadi makes debut after top-secret evacuation“ (en-US). The Japan Times (2021-yil 2-sentyabr). 2022-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.