Kontent qismiga oʻtish

Yuriy Mosha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yuriy Mosha
Tavalludi
Yuriy Igorevich Mosha

17.12.1975
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
AQSH bayrogʻi AQSh
Taʼlimi Kuban davlat texnologiya universitetining (Novorossiysk filiali)
Kasbi jamoat arbobi, tadbirkor, blogger, siyosiy qochqin, xayriyachi
Bolalari Yuriy, Mariya, Sofiya, Nikol
Veb-sayti http://yurymosha.com/

Yuriy Igorevich Mosha (ruscha: Юрий Игоревич Моша; tugʻ. 17-dekabr 1975[1], Novorossiysk, Krasnodar o'lkasi, SSSR) — rus jamoat arbobi, tadbirkor[2], blogger, siyosiy qochqin[3] va sahovatpesha.

Yuriy Mosha "Russian America Inc. (Wayback Machine saytida 2021-01-27 sanasida arxivlangan)" ("Ruscha Amerika") va "Second Passport" ("Ikkinchi Passport") kompaniyasining bosh direktori.[4][5][6] U taʼqib qilingan rus ishbilarmonlariga yordam berish dasturining asoschisi.[7]

“Tuhmat, kamsitish va haqoratga qarshi onlayn qoʻmitasi” asoschisi. Rus ruhi hujjatli filmining produserlaridan biri hisoblanadi.[8]

Yuriy Mosha Krasnodar oʻlkasining Novorossiysk shahrida tugʻilgan. 1982-yildan 1993-yilgacha u Novorossiysk shahridagi 2-maktabda oʻqidan.[1]

1993-1998-yillarda Mosha Kuban davlat texnologiya universitetining (Novorossiysk filiali) "Davlat va munitsipal menejment" fakultetini tamomlagan.[1]

1998-yilda u iqtisodchi-menejer malakasini oldi, keyin Yuriy advokat unvonini oldi.

1995-yildan boshlab tadbirkorlik faoliyatini boshladi.

1995-yildan 2006-yilgacha Yuriy Mosha - "Propaganda publicity" reklama agentligining asoschisi va rahbari boʻldi. Kompaniya, bir necha yil ichida uch ishchisiga ega boʻlgan kichik korxonadan, 10 dan ortiq tashkilotni oʻz ichiga olgan eng yirik Kuban reklama holding kompaniyasiga ega boʻldi.

2001-yilda Yuriy Kubandagi mesxetiya turklarining zulmi haqida maʼlumot toʻpladi va “Novorossiysk Inson huquqlari qoʻmitasi”ning asoschilaridan biri boʻldi.[9]

2004-yil fevral oyidan boshlab Rossiya nodavlat inson huquqlari tashkilotlari va AQSh koʻmagi bilan Novorossiyskdagi Inson huquqlari qoʻmitasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti mesxetiyalik turklarni Krasnodar oʻlkasidan AQShga koʻchirish dasturini boshladi.[10]

2005-yil sentabr oyi holatiga koʻra dasturda 21,000 ga yaqin kishi ariza topshirgan va 5,000 kishi Portlend, Filadelfiya, Atlanta, Noksvill, Vaukesha, Kent: Amerikaning 60 dan ortiq shaharlariga koʻchib oʻtgan. 2014-yil holatiga ko'ra, faqat Daytonda 2,5 ming mesxetiyalik turklar istiqomat qilgan. Yuriy Moshaning Krasnodar oʻlkasidagi irqiy kamsitishga qarshi kurash bo'yicha inson huquqlari boʻyicha faoliyati Rossiya hukumati tomonidan siyosiy taʼqiblari Yuriyning AQShga koʻchib ketishiga sabab boʻlgan.

2004-yilda Yuriy Krasnodar oʻlkasi hukumati bilan Novorossiyskning "Zarya" telekanali RTNga noqonuniy oʻtishiga qarshi kurashga rahbarlik qildi.

2007–2011-yillarda Kuban investitsiya fondining bosh direktori.[1]

2009-yilda Yuriy Mosha, Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin va Rossiya zobitlariga YouTube da ochiq videomurojaat yuborgan Rossiya politsiyasi xodimi Aleksey Dimovskiyni birinchilardan boʻlib qoʻllab-quvvatladi.[11]

2011-yilda u AQShga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtdi.[1]

2011-yilda u taʼqibga uchragan Rossiyalik ishbilarmonlarga yordam berish uchun dastur tashkil qildi. pokanepozdno.com Internet-resursi ko'plab tadbirkorlarga yordam berdi. Bu yil, Yuriy Mosha, Evgeniy Chichvarkin, Boris Berezovskiy va Leonid Nevzlin bilan birgalikda mulk huquqini himoya qiluvchi tashkilot (Property Rights Watch) - egalarining huquqlarini himoya qiladigan tashkilot yaratishni rejalashtirgan.

New Yorkda u AQShda MDH fuqarolariga keng qamrovli xizmat koʻrsatuvchi "Russian America Inc. (Wayback Machine saytida 2021-01-27 sanasida arxivlangan)" (“Rossiya Amerikasi”) kompaniyasini tashkil etdi.

2012-yilda u AQShdagi Rossiya inson huquqlari qoʻmitasining rasmiy vakili boʻldi.[1]

2012-yil may oyida Yuriy YouTube-da Rossiyadan AQShga immigratsiya to'g'risida birinchi rus tilidagi «Rossiya Amerikasi» blogini yaratdi. Yuriy Mosha ko’chib o’tish haqida amaliy tavsiyalar berdi.

2012-yildan Yuriy bir necha yil mobaynida Rossiyaning NTV telekanali Yuriy Moshaning ismini rus muxolifati haqidagi yangi materiallarda ishlatgani uchun sudlashdi. U ishni New York sudida yutdi[12].

2017-yilda Yuriy Mosha "Second Passport" (“Ikkinchi Passport”) kompaniyasiga asos soldi. Bugungi kunda ushbu kompaniya faol rivojlanmoqda, immigratsiya va viza xizmatlari turlarini kengaytirmoqda.

Yuriy Mosha Yandex va Google qidiruv tizimlarida qora piar va soxta yangiliklar bilan kurashayotgan birinchi rus tilida soʻzlashadigan jamoat arbobidir.[13]

2018-yilda u AQSh Kongressidan Yandex qidiruv tizimini Rossiya sanktsiyalariga duchor boʻlgan kompaniyalar ro'yxatiga kiritishni soʻradi.[14]

2018–2019-yillarda u New York sudlarida Yandex va Google kompaniyalari ustidan fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish yuzasidan sudga murojaat qildi.

2019-yilda u "Internetda tuhmat, kamsitish va taʼqiblarga qarshi qoʻmita" ni tuzdi.

Ijtimoiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yuriy Moshaning hayoti va faoliyati tarixi haqida koʻplab taniqli OAV yozgan: Forbes[15][16], RBK Group, Kommersant[17], Lenta.ru[18], Gazeta.ru, Izvestiya, Moskovskij Komsomolets[19][20][21], Moskva Exo[22][23], Delovoy Peterburg[24][25], Novoe Vremya[26] va boshqalar.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Юрий Моша – Блог – Сноб“ (ru). Snob. 2019-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  2. „Юрий Моша — Блоги — Эхо Москвы“ (ru). Moskva Exo.
  3. „«Биохимия предательства»: чем «Россия 1» доказала родство оппозиции и Власова“ (ru). Republic.ru (2014-yil 18-fevral).
  4. „Доступный иммиграционный стартап «Второй паспорт»“ (ru). Kommersant (2018-yil 30-iyul).
  5. „Компания «Второй Паспорт» - выбери сам новую родину!“ (ru). RBK Group (2018-yil 9-avgust).
  6. „Russians confronted by the ultimate test of loyalties“. Financial Times (2015-yil 21-may).
  7. „Красота среди бегущих: Куда и как бегут бизнесмены от российского правосудия“ (ru) (2016-yil 19-oktyabr).
  8. „Yury Mosha“. IMDb.
  9. „Почему турки-месхетинцы стали беженцами“ (ru). Snob (2018-yil 29-oktyabr). 2020-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  10. „Kremlin Silent on Discrimination Against Krasnodar: Ethnic Minorities“. Ozodlik radiosi. 2021-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  11. „Рен-ТВ Передача Неделя. Майор Алексей Дымовский“. REN TV (2009-yil 14-noyabr).[sayt ishlamaydi]
  12. „Как я судился с НТВ“. Snob.ru (2018-yil 27-fevral). 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-dekabr.
  13. Ignat Shestakov. „Эти наши интернеты: право на забвение проводит госграницы в Сети“ (ru). Izvestiya (2019-yil 21-iyul).
  14. „Бизнесмен из России попросил Конгресс США внести "Яндекс" в санкционный список“ (ru). Life.ru (2018-yil 10-sentyabr).
  15. Ilya Zhegulev. „Искусство вовремя уехать: чем занимаются в США бежавшие из России предприниматели“ (ru). Forbes (2012-yil 17-sentyabr).
  16. „Эмиграция как бизнес: когда казахстанцы перестанут уезжать из страны“. Forbes (2019-yil 7-avgust).
  17. „Предприниматель Юрий Моша призвал «Яндекс» к ответу“ (ru). Kommersant (2018-yil 24-sentyabr).
  18. „«Русские возмущаются, почему здесь все иначе»“. Lenta.ru (2018-yil 7-sentyabr).
  19. „"Все больше людей надеются приехать в США"“ (ru). Moskovskij Komsomolets (2019-yil 20-fevral).
  20. „Юрий Моша: «Читая информацию в интернете, необходимо соблюдать определенную гигиену»“ (ru). Moskovskij Komsomolets (2019-yil 5-iyun).
  21. „"В США хорошо относятся к мигрантам““ (ru). Moskovskij Komsomolets (2019-yil 14-may).
  22. „Россияне бегут за границу от бедности, которая пробралась во все регионы страны“ (ru). Moskva Exo (2019-yil 15-aprel).
  23. „Похмельный синдром Крымского полуострова“ (ru). Moskva Exo (2019-yil 14-mart).
  24. „Не жирно ли живут американцы. Эксперт Юрий Моша о гастрономических предпочтениях в США“ (ru). Delovoy Peterburg (2018-yil 28-aprel).
  25. „Санкции не помеха. Эксперт Юрий Моша о том, имеет ли смысл сейчас открывать вклад в банке США“ (ru). Delovoy Peterburg (2018-yil 10-aprel).
  26. „Юрий Моша — Биография“ (ru). Novoe Vremya.