Yongle ensiklopediyasi
Yongle Ensiklopediyasi yoki Yongle Dadian (xit. an’anaviy 永樂大典, soddalashtrilgan 永乐大典, pinyin: Yǒnglè Dàdiǎn; tarjimasi: Buyuk Yongle qonuni) 1403-yilda Min sulolasi imperatori Yongle tomonidan boshlangan va 1408-yilda tugallangan asosiy qismi yoʻqolgan xitoy leyshu ensiklopediyasi. U 11 095 jilddan iborat 22 937 qoʻlyozma varaqlari yoki boblarini oʻz ichiga olgan[1]. Hozirgi kunda 400 dan kamroq jildi saqlanib qolgan[2]. Bu 800 ga yaqin bobni (rulon) yoki asl asarning 3,5 foizini tashkil etadi[3]. Uning katta qismi XIX asrning II yarmida Ikkinchi afyun urushi, ixetuan qoʻzgʻoloni va keyingi ijtimoiy tartibsizliklar jarayonlarida yoʻqolgan. Uning keng qamrovi va oʻlchami uni dunyodagi eng yirik umumiy ensiklopediyaga aylantirdi. 2007-yil oxirida, taxminan olti asr oʻtgach, Vikipediya undan oʻtib ketdi[4][5][6].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Garchi oʻzining harbiy yutuqlari bilan tanilgan boʻlsa-da, imperator Yongle oʻqimishli ziyoli edi[7]. Uning ilmiy tadqiqotlarga boʻlgan muhabbati nodir kitoblarni saqlab qolish va tadqiqotlar oʻtkazish uchun adabiy asarlarni ma’lumotnoma ensiklopediyasiga turkumlash gʻoyasini ishlab chiqishga undadi[8][9]. Bu tashabbusga imperator Yonglening Xanlin akademiyasi funksiyasini oʻzgartirishlari sabab boʻldi[8]. Uning hukmronligidan oldin Xanlin akademiyasi deklaratsiyalar va farmonlar loyihasini tayyorlash kabi turli vazifalar uchun mas'ul edi[8]. Imperator Yongle Xanlin akademiyasining maqomini oshirishga qaror qildi va akademiyaga faqat eng yuqori martabali olimlarni tanlashni boshladi[7]. Kotiblik vazifalari imperator zobitlariga topshirildi, elita olimlar bilan toʻla Xanlin akademiyasi imperator uchun adabiy loyihalar ustida ishlay boshladi[7].
Rivojlanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yongle Dadian imperator Yongle (1402—1424-yillar hukmronligi) farmoni asosida yozila boshlagan va 1408-yilda yozib tugatilgan. Asar foydalanishga topshirilgandan bir yil oʻtgach, 1404-yilda Xanlin akademiyasi tarkibidagi 100 nafar olimdan iborat guruh "Adabiyotning toʻliq asari" deb nomlangan qoʻlyozmani tugatdi.[8] Imperator Yongle bajarilgan ishdan qoniqmadi va yana yangi jildlarni qoʻshishni talab qildi.[8] 1405-yilda imperator Yongle boshchiligida olimlar soni 2169 nafarga yetdi. Yangi kitoblar topish va ensiklopediyani kengaytirish uchun butun Xitoy boʻylab olimlar yuborildi.[8] Bundan tashqari, imperator Yongle oʻzining shaxsiy maslahatchisi, rohib Dao Yan va jazo vaziri oʻrinbosari Lyu Jichini Yao Guangxiaoni qoʻllab-quvvatlovchi ensiklopediyaning muharrirlari etib tayinladi.[9] Olimlar bosh muharrir Yao Guangxiao boshchiligida leyshu ensiklopediyasini tuzish uchun toʻrt yil vaqt sarfladilar.[10][2]
Ensiklopediya 1408-yilda[1] Nankindagi (hozirgi Nankin universiteti) Guozjiyanda tugallangan. U taxminan 40 kub metr maydonni egallagan 11 095 jilddan iborat 22 937 ta qoʻlyozma varaqlari[1] yoki boblarni oʻz ichiga olgan. 370 million xitoycha belgilardan foydalangan holda[2][11] — taxminan chorak milliard inglizcha soʻzlarga teng kelgan(Britannica ensiklopediyasidan taxminan olti baravar koʻp). U Konfutsiy kanonida yozilgan barcha narsalarni, shuningdek, tarix, falsafa, san'at va fanlarni oʻz ichiga olgan. U butun Xitoy adabiyoti va bilimlaridan parchalar hamda asarlarning katta jamlanmasi edi. Imperator Yongle tugallangan ensiklopediyadan juda mamnun boʻlib, unga oʻz hukmronligi nomini berdi. Shaxsan oʻzi asarlarni saqlash muhim ekanligini ta'kidlab, uzun kirish soʻzi yozdi.[9]
Uslub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ensiklopediyaning tashqi koʻrinishi oʻsha davrdagi boshqa Xitoy ensiklopediyalaridan farq qilar edi.[12] U oʻlchami kattaroq edi, maxsus qogʻozdan foydalanilgan va „orqaga oʻralgan“ (包背裝, bao bei zhuang) uslubida edi.[13] Sarlavhalar va mualliflar uchun qizil siyohdan foydalanlgan. Faqat imperator uchun ajratilgan siyoh, jildlar qirollik mahsuloti ekanligini tasdiqlashga yordam berdi.[12] Har bir jild sariq ipak bilan oʻralgan qattiq qopqoq yordamida himoyalangan.[13] Ensiklopediya boshqa ensiklopediyalar kabi mavzu boʻyicha emas, balki belgilar fonetik/ritmik tartibda tartiblangan tizim (洪武正韻, (Xongvu zhengyun)) boʻyicha tuzilgan.[13] Ushbu tizimdan foydalanish oʻquvchiga aniq yozuvlarni osongina topishga yordam beradi.[13] Kitob chop etish Min sulolasida mavjud boʻlsa-da, Yongle ensiklopediyasi faqat qoʻlda yozilgan.[13] Qoʻlda yozilgan har bir yozuv mavjud adabiyotlar toʻplami boʻlib, ularning baʼzilari noyob va tarixiy matnlardan olingan.[13] Yongle ensiklopediyasining ahamiyati ana shunday matnlarning saqlanishi va juda koʻp mavzularni qamrab olganligida edi.[13]
Qabul qilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Min sulolasi soʻnggida olimlar imperator Yonglening ensiklopediyani saqlash oʻrniga koʻproq nusxalarini foydalanishga topshirmasligi sabablarini oʻrgana boshladilar.[9] Ba'zi olimlar, masalan, Sin olimi Sun Chengze imperator Yongle adabiy loyihadan siyosiy sabablarga koʻra foydalangan deb taxmin qilishdi.[9] oʻsha paytda neo-konfutsiylar imperator Yonglening taxtni zoʻravonlik bilan egallab olgani sababli davlat xizmati imtihonlarini topshirishdan yoki har qanday imperatorlik vazifalarida ishtirok etishdan bosh tortdilar.[9] Imperator Yonglening adabiy tashabbusi olimlar e'tiborini tortdi va ular oxir-oqibat loyihaga qoʻshilishdi.[9] Imperator Yongl ensiklopediya uchun qat'iy konfutsiy nuqtai nazarni xohlamaganligi sababli, konfutsiy boʻlmagan olimlar ham mualliflar tarkibiga kiritilgan va ensiklopediyaning Buddist, Daoist va Bashorat boʻlimlariga hissa qoʻshishgan.[9] Ushbu mavzularning kiritilishi ensiklopediya "bugʻdoy va somon"dan boshqa narsa emas deb hisoblagan neo-konfutsiychilar orasida imperator Yonglega qarshi kayfiyatni kuchaytirdi.[9] Biroq, turli fikrlarga qaramay, ensiklopediya Xitoyning koʻplab tarixiy asarlarini saqlashga qoʻshilgan bebaho hissa sifatida koʻriladi. Agar ensiklopediya tuzilmaganda ularning aksariyati yoʻqolib ketar edi.
gʻoyib boʻlishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yongle Dadian keng omma uchun chop etilmagan. Chunki u 1408-yilda yozib tugallanganda xazinada mablagʻ tugab qolgan edi. U Nankindagi Wenyuan Ge (文淵閣) da joylashgan. 1421-yilda imperator Yongle poytaxtni Pekinga koʻchirgach Yongle Dadianni Yopiq shaharga joylashtirdi.[14] 1557-yilda, imperator Jiajing davrida ensiklopediya Yopiq shaharda uchta saroy yonib ketgan yongʻindan qiyinchilik bilan qutqarildi. Qoʻlyozma nusxasini koʻchirish 1562-yilda imperator Szijing tomonidan boshlangan va 1567-yilda tugallangan.[10] Asl nusxa keyinchalik yoʻqolgan. Uning yoʻqolishi uchun uchta asosiy faraz mavjud, ammo hech qanday aniq xulosaga kelinmagan:
- Min sulolasining yakunida vayron qilingan. Isyonchilar rahbari Li Zicheng 1644-yilda Ming sulolasini agʻdarib, Min poytaxti Pekinni egallab oldi. Bir necha oy oʻtgach, u Vu Sanguy va Dorgon koalitsiyasi tomonidan magʻlubiyatga uchratildi. Li Pekinni tark etganida Yopiq shaharni yoqib yubordi.[15] Yongle Dadian yongʻinda vayron boʻlgan boʻlishi mumkin.
- Imperator Jiajing bilan birga dafn etilgan. Imperator Jiajing dafn etilgan vaqt qoʻlyozma nusxasi tugallangan vaqtga juda yaqin edi. Imperator Jiajing 1566-yil dekabr oyida vafot etdi, lekin uch oydan keyin 1567-yil martida dafn qilindi.[15] Bir ehtimolga koʻra, a'yonlar qoʻlyozma tugallanishini kutishgan.
- Qianqing saroyi olovida yonib ketgan.
Yongle Dadianning asl qoʻlyozmasi Min sulolasi oxirlarida deyarli butunlay yoʻqolgan.[10] Ammo 1567-yilgi qoʻlyozmaning 90 foizi Sin sulolasi davridagi Ikkinchi afyun urushigacha saqlanib qolgan. 1860-yilda Angliya-Fransiyaning Pekinga bostirib kirishi natijasida ensiklopediyaning katta qismi yoqib yuborildi yoki talon-toroj qilindi. Ingliz va fransuz askarlari qoʻlyozmaning katta qismini yodgorlik sifatida olib ketishdi.[3][10] 1875-yilda 5000 jild qoldi. Bu asl nusxaning yarmidan kamrogʻi edi. 1894-yilda jildlar soni 800 tagacha kamaydi. Ixetuan qoʻzgʻoloni va 1900-yil Sakkiz Millat Alyansi Pekinni bosib olish paytida ittifoqchi askarlar yuzlab jildlarni tashib ketishdi va koʻplari Xanlin akademiyasi yongʻinida yoʻq qilindi. Pekinda atigi 60 jild qoldi.[10]
Joriy holati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ensiklopediyaning eng toʻliq toʻplami Pekindagi Xitoy Milliy kutubxonasida saqlanadi. Unda 221 jild mavjud.[2] Keyingi eng katta kolleksiya Taypeydagi Milliy saroy muzeyida joylashgan boʻlib, unda 62 jild mavjud.[16]
Yongle ensiklopediyasining boʻlimlari (10,270 va 10,271 boʻlimlar) San-Marino, Kaliforniyadagi Xantington kutubxonasida saqlanmoqda.[6][17]
51 jild Buyuk Britaniyadagi Britaniya kutubxonasi, Oksforddagi Bodleian kutubxonasi , London universitetining Sharq va Afrika tadqiqotlari maktabi va Kembrij universiteti kutubxonasida saqlanmoqda. AQSH Kongressi kutubxonasida 41 jild mavjud.[18] Kornel universiteti kutubxonasida 6 jild, Germaniyaning turli kutubxonalarida 5 jild saqlanmoqda.[19][20]
Ikkita jildi 2020-yil 7-iyul kuni Parijdagi kim oshdi savdosida 8 million yevroga sotildi.[21]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Kathleen Kuiper (31-Aug 2006-yil). "Yongle dadian (Chinese encyclopaedia)". Encyclopædia Britannica Online. Chicago, Illinois. http://www.britannica.com/EBchecked/topic/654973/Yongle-dadian. Qaraldi: 9-may 2012-yil. Encyclopædia Britannica Inc.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „Yongle Encyclopedia“. World Digital Library. Qaraldi: 24-yanvar 2013-yil.
- ↑ 3,0 3,1 Foot, Sarah. The Oxford History of Historical Writing: Volume 2: 400-1400. Oxford University Press, 2012 — 42-bet. ISBN 978-0-19-923642-8.
- ↑ "Encyclopedias and Dictionaries". Encyclopædia Britannica. 18 (15th nashri). 2007. 257–286 b.
- ↑ „An Encyclopedia Finished in 1408 That Contained Nearly One Million Pages“ (6-aprel 2011-yil).
- ↑ 6,0 6,1 „600-year-old Chinese book found in SoCal |Across America |chinadaily.com.cn“. www.chinadaily.com.cn.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Christos, Lauren. "The Yongle Dadian: The Origin, Destruction, Dispersal, and Reclamation of a Chinese Cultural Treasure." Journal of Library and Information Science 36, no. 1 (April 2010): 85. http://140.122.104.2/ojs/index.php/jlis/article/view/538.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 Jianying, Huo. "Emperor Yongle." China Today, April 2004, 58.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 9,6 9,7 9,8 Tsai, Shih-Shan Henry. Perpetual The Ming Emperor Yongle, University of Washington Press, 2011. ProQuest Ebook Central, https://ebookcentral-proquest-com.oca.ucsc.edu/lib/ucsc/detail.action?docID=3444272.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 Wilkinson, Endymion. Chinese History: A Manual. Harvard University Asia Center, 2000 — 604–5-bet. ISBN 978-0-674-00249-4.
- ↑ 陈红彦. „国家图书馆《永乐大典》收藏史话“. National Library of China (2008). 26-dekabr 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 12,0 12,1 Campbell, Ducan. „The Huntington Library’s Volume of the Yongle Encyclopaedia (Yongle Dadian 湛樂댕듕): A Bibliographical and Historical Note.“ East Asian History, no. 42 (March 2018): 1. http://www.eastasianhistory.org/42/campbell.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 13,3 13,4 13,5 13,6 Clunas, Craig, and Jessica Harrison-Hall. The BP Exhibition: Ming: 50 Years That Changed China. The British Museum, 2014.
- ↑ Lauren Christos (2010-01-04). „The Yongle Dadian: The Origin, Destruction, Dispersal and Reclamation of a Chinese Cultural Treasure“. 圖書館學與資訊科學 (inglizcha). 36-jild, № 1. ISSN 2224-1574. 2018-07-26da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2022-06-20.
{{cite magazine}}
: Andozada hech qanday qiymat berilmagan (boʻsh) nomaʼlum parametr mavjud:|seperator=
(yordam) - ↑ 15,0 15,1 Lin, Guang. „《永乐大典》 正本陪葬了嘉靖帝?“. 《北京日报》 (2017-yil 28-fevral). Qaraldi: 2018-yil 30-iyul.
- ↑ Vast Documents of the Yung-lo Era National Palace Museum
- ↑ „Huntington archivist finds historic piece of China's largest book“. Los Angeles Times (16-oktabr 2014-yil).
- ↑ Tucker. „China's Colossal Encyclopedia | Library of Congress Blog“. blogs.loc.gov (2021-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
- ↑ „Experts Urge Collectors To Share World's Earliest Encyclopedia“. Xinhua News Agency (2002-yil aprel).
- ↑ Helliwell. „Holdings of Yong Le Da Dian in United Kingdom Libraries“. Bodleian Library. 2020-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
- ↑ Guy. „Ming Dynasty encyclopedia sells for 1,000 times the expected price at auction“. CTVNews (8-iyul 2020-yil).