Britaniya kutubxonasi
Britaniya kutubxonasi (inglizcha: British Library) — Birlashgan Qirollikning milliy kutubxonasi boʻlib, dunyodagi ikkinchi eng yirik kutubxona hisoblanadi. Kutubxonani yaratish toʻgʻrisidagi qonun 1972-yilda mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilingan va 1973-yil 1-iyuldan ish boshlagan.
Britaniya kutubxonasi koʻplab tillardagi va koʻp sonli bosma va raqamli formatdagi maʼlumotlarni oʻzida mujassam etgan boʻlib, ular orasida kitoblar, qoʻlyozmalar, jurnallar, gazetalar, audio va musiqiy yozuvlar, videolar, pley-skriptlar, patentlar, maʼlumotlar bazalari, xaritalar, pochta markalari, bosma nashrlar, rasmlar bor.
Britaniya kutubxonasi davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Kutubxonaning oʻquv zallariga kirish bepul, yosh cheklanmagan. Kutubxona fondida 109,6 million katalog boʻlib, buning 14 millionga yaqini kitoblardir. Buyuk Britaniya va Irlandiyada chop etilgan nashrlarning bir nusxasi (kuniga taxminan 8000 ta) kutubxona fondiga kelib tushadi. Hozirga kunda kutubxona katalogining aksariyat qismining elektron nusxasi mavjud. 2020-yilga qadar kutubxonadagi ilmiy ishlarning 90 foizi elektron formatga oʻtkazish rejalashtirilgan.