Yelena Vonsovskaya
Yelena Vonsovskaya | |
---|---|
Tavalludi |
8-oktyabr 1858-yil |
Vafoti |
14-yanvar 1942-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR |
Kasbi | skripkachi, pedagog |
Yelena Nikolayevna Vonsovskaya (8-oktyabr 1858-yil, Vilna, Rossiya imperiyasi – 1942-yil 14-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston) – sovet skripkachisi, pedagog. Nikolay Lisenko skripka asarlarining birinchi ijrochisi. Nikolay Lisenko nomidagi musiqa va drama maktabining direktori va oʻqituvchisi. Bastakor Anatoliy Butskiyning onasi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yelena Nikolayevna 8-oktyabr 1858-yilda Vilna shahrida tavallud topgan. Uning otasi M. I. Vonsovskiy bastakor va pianinochi boʻlgan. Toʻqqiz yoshidan boshlab konsertlarda qatnasha boshlagan[1]. 1877-yilda Moskva konservatoriyasida F. Laub va I. Grjimalining skripka sinfi hamda P. Chaykovskiyning garmoniya sinfi imtiyozli diplom bilan tugatgan[2][3].
Vonsovskaya 1880–1904-yillarda Penza, Voronej, Kursk shaharlarida skripkadan dars bergan. 1904-yilda N. V. Lisenkoning Kiyevga tashrif buyurish taklifini qabul qilgan. 1904-yildan 1918-yilgacha Kiyevda N. Lisenko nomidagi musiqa va drama maktabida oʻqituvchi va direktor (1912–1915) lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1918–1923-yillar oraligʻida Kiyev musiqa va drama institutida dars bergan. Talabalari orasida M. B. Polyakin, I. A. Lukashevskiy kabi mashhur musiqachilar boʻlgan[4].
Vonsovskaya 1878-yildan Kiyev, Xarkov, Odessa va boshqa shaharlarda konsertlar bergan. U Ukrainaning musiqiy va madaniy hayotida faol ishtirok etgan. Boyan va Prosvita jamiyatlari konsertlarida ishtirok etgan. Bundan tashqari, Yelena 1908-yilda Kiyevda tashkil etilgan adabiy-badiiy jamoat tashkiloti boʻlgan „Ukraina klubi“ hamda „Rodina“ klubining konsertlarida ham qatnashgan.
Yelena 1928-yildan Leningradda (hozirgi Sankt-Peterburg) istiqomat qilgan.
Skripkachi Vonsovskaya umrining soʻnggi yillarini Toshkent shahrida oʻtkazgan va 1942-yil 14-yanvarda Toshkent shahrida vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Literaturnaya progulka po Voroneju / Oleg Lasunskiy. – 2006. – s. 82(rus.)
- ↑ Ukraïnske muzikoznavstvo, tom 19. – Muzichna Ukraїna, 1984. – s. 38
- ↑ „https://www.musenc.ru/html/v/vonsovska8.html“. Qaraldi: 2023-yil 24-noyabr.
- ↑ „Елена Вонсовская“. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.