Kontent qismiga oʻtish

Yashilkoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

YashilkoʻlTojikistonning Togʻli Badaxshon muxtor viloyatidagi koʻl. Panj daryosi havzasida, Shim. Alichur va Janubiy Alichur tizmalari orasida. Gʻunt (Alichur) daryosida, 3734 m balandlikda joylashgan. Uzunligi 24,2 km, eng keng joyi 3,7 km, mayd. 35,6 km². Oʻrtacha chuq. 12,5 m, eng chuqur joyi 50,2 m. Koʻlga 7 ta soy quyiladi. Ulardan eng yiriklari: SuuluTagarkati, Katta Bakchigir (jan. sohilida), Katta Marjanoy va Kichik Marjanoy (shim. sohilida). Ya. togʻ qulab tushishi va Panj daryosining oʻng irmogʻi Gʻunt daryosi oʻzanining toʻsilib qolishi natijasida hosil boʻlgan. Asosan, qormuzlik suvlaridan toʻyinadi. Suvi tiniq va chuchuk. Suv sathi aprel—avgust oylarida koʻtariladi. Sentabrdan aprel

gacha bir tekisda pasayadi. Noyabr oxiridan may oxirigacha muzlab yotadi. Koʻl suvi yozda 10—13° gacha isiydi.