Kontent qismiga oʻtish

Yangikent

Koordinatalari: 38°42′9″N 66°3′37″E / 38.70250°N 66.06028°E / 38.70250; 66.06028
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yangikent
Shaharcha
38°42′9″N 66°3′37″E / 38.70250°N 66.06028°E / 38.70250; 66.06028
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Gʻuzor tumani
Hukumat
 • Rais Mahalla raisi
Asos solingan 1800-yil
Ilk eslatilishi Kirov sovxozi
Avvalgi nomlari Yangikent qishlogʻi
Qachondan beri shaharcha 2009
Rasmiy til(lar)i oʻzbek tili
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 180321[1]
Yangikent xaritada
Yangikent
Yangikent

Yangikent (ruscha: Янгикент) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda shaharcha maqomi berilgan[2].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha nomi yangi va kent soʻzlarining birikishidan tarkib topgan. Yangi soʻzining asl soʻgʻdiycha kent soʻzi bilan birikib hudud nomiga berilishi oʻlka hududi uchun kamyob holat hisoblanadi. Kent soʻzi odatda eroniy soʻzlar bilan birikkan holda joy nomlariga nisbatan qoʻllanadi. Yangi soʻzi esa davr nuqtai nazaridan olib qaraganda kyeingi vaqt, kelajakka yaqin davr maʼnosini beradi. Ayni shu maʼnonini ifodalash maqsadida bu ikki soʻz yigʻindisidan Yangikent nomi yaratilgan. Yangikent bu atrofdagi boshqa aholi yashash punktlaridan koʻra yoshroq, yangiroq davrda bunyod etilgan hudud, yangiqishloq maʼnosini beradi. Shuningdek mazkur nom aholi tomonidan emas, rasmiy maʼmuriy tarzda nomlangan boʻlish ehtimoli ham mavjud[3].

Yangikent shaharchasi Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanining shimoliy qismida joylashgan. Shaharchaga eng yaqin aholi yashash punktlari: Kaprin (gʻarb), Mash’al (janubi-gʻarb), Toshguzar (janubi-sharq) shaharchalaridir. Shaharchaga eng yaqin avtomobil yoʻli E-60 yoʻnalishi hisoblanadi.

Yangikent shaharchasida 37-sonli maktab joylashgan. Shaharcha yaqinidan Kamrat kanali oqib oʻtadi.

Yangikent shaharchasi Sobiq ittifoq davrida tashkil etilganligi sababli ham bu hudud etnik tarkibi oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, tojik millati vakillaridan tarkib topgan. Aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida qayd etilishicha bu hududa 2013-yil 1-yanvarda 3211 nafar, 2016-yil 1-yanvar holatiga koʻra esa 3200 tadan biroz ortiqroq aholi istiqomat qilgan. Yani shaharchada aholining oʻsish koʻrsatkichlari juda past[4].

Yangikent shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, oʻrtacha yillik harorat 16° C ni tashkil etadi.

  1. „Qashqadaryo viloyati“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  3. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 339-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  4. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 160-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.