Xolid Butaib
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 24-aprel 1987-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Bagnols-sur-Cèze, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.93 m (6 ft 4 in)[2] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paris FC | ||
Raqami | 9 | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2007 | Bagnols Pont | ||
2007—2010 | Uzès | ||
2010—2011 | Bagnols Pont | 14 | (7) |
2011—2012 | Uzès | 33 | (13) |
2012—2013 | Istres | 0 | (0) |
2012—2013 | → Uzès (ijara) | 24 | (6) |
2013—2014 | Luzenac | 33 | (8) |
2014—2016 | Gazélec Ajaccio | 59 | (12) |
2016—2017 | Strasbourg | 34 | (20) |
2017—2019 | Yeni Malatyaspor | 48 | (16) |
Milliy terma jamoa | |||
2016— | Marokash | 26 | (9) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 21-fevral uchun) |
Xolid Butaib (1987-yil 24-aprelda tugʻilgan; arabcha: خالد بوطيب) — professional futbolchi. U Liga 2 vakili Paris klubida hujumchi sifatida maydonga tushadi. Fransiyada tugʻilgan Butaib Marokash terma jamoasida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bagnols-sur-Cèze shahrida tugʻilgan[3] Butaib faoliyatini Bagnols Pont va Uzès safida boshlagan, u yerda 2011—2012-yilgi mavsumda Milliy chempionatga koʻtarilgan jamoaning bir aʼzosi boʻlgan. Butaib 2012-yil yozda Istresga qoʻshilgan. U professional debyutini 2012-yilning 7-avgustida Coupe de la Ligueda Clermon Footga qarshi o‘yinda (1:2) o‘tkazdi va Ludovic Genestning o‘rniga oʻyin yarmida maydonga tushdi.
Butaib iqtidorli talabaligi bilan ham oʻziga xosligini koʻrsatgan. U fransuz oʻrta maktabi imtihonida matematikadan maksimal 20/20 ball olgan. Biroq Butaib futbolchi sifatida faoliyatini davom ettirishni tanlagan[4].
Gazelec Ajaccio bilan shartnomasi tugaganidan soʻng, Butaib bir yillik shartnoma asosida Rasing Strasbourgga oʻtdi[5][6].
Butaib 2017-yil iyun oyida Turkiya Super ligasining yangi vakili Yeni Malatyaspor bilan shartnoma imzoladi[7]. 2019-yilda u Misrning Zamalek klubiga oʻtdi[8]. 2020-yil oktyabr oyida Butaib Fransiyaga qaytib, Le Havreda o‘ynadi[9].
2022-yilning 31-yanvarida Butaib Liga 2 vakili Paris klubi bilan 2023-yilning iyunigacha shartnoma imzoladi[10].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Butaib Fransiyada kelib chiqishi marokashlik ota-ona oilasida tug‘ilgan. U xalqaro miqyosda Marokashga vakillik qilish niyatida ekanligini maʼlum qilgan[11]. Butaib Marokash milliy terma jamoasiga Afrika Millatlar kubogi 2017 saralash bosqichi doirasida Kabo-Verdega qarshi oʻyin uchun chaqiruv oldi va 1:0 hisobidagi gʻalaba bilan kechgan uchrashuvda maydonga kech tushgan holda xalqaro miqyosdagi debyutini qildi[12].
2018-yilning may oyida u Marokashning 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritildi[13].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Butaib futbolchi Nassim Chadlining amakisi[14].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2019-yil 23-iyun holatiga koʻra[15]:
Marokash | ||
Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|
2016-yil | 5 | 2 |
2017-yil | 9 | 4 |
2018-yil | 9 | 3 |
2019-yil | 3 | 0 |
Jami | 26 | 9 |
Xalqaro gollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Marokashning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
No. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2016-yil 15-noyabr | Stade de Marrakech, Marokash, Marokash | Togo | 1 — 1 | 2-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
2. | 2 — 1 | |||||
3. | 2017-yil 1-sentyabr | Prince Moulay Abdulloh stadioni, Rabot, Marokash | Mali | 2 — 0 | 6-0 | 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi |
4. | 2017-yil 7-oktyabr | Stade Muhammad V, Kasablanka, Marokash | Gabon | 1 — 0 | 3-0 | |
5. | 2 — 0 | |||||
6. | 3 — 0 | |||||
7. | 2018-yil 23-mart | Stadio Olimpico Grande Torino, Turin, Italiya | Serbiya | 2 — 1 | 2-1 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
8. | 2018-yil 25-iyun | Kaliningrad stadioni, Kaliningrad, Rossiya | Ispaniya | 1 — 0 | 2-2 | 2018 FIFA Jahon chempionati |
9. | 2018-yil 16-oktyabr | Stade Said Mohamed Cheikh, Mitsamiouli, Komor orollari | Komor orollari | 1 — 1 | 2-2 | Afrika Millatlar kubogi 2019 saralashi |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- CAF Konfederatsiya kubogi: 2018—2019
- Misr kubogi: 2018—2019
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2018 FIFA World Cup Russia – List of Players“. FIFA.com. Fédération Internationale de Football Association (2018-yil 4-iyun). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-iyun.
- ↑ „Khalid Boutaïb“. Paris FC. Qaraldi: 2022-yil 18-sentyabr.
- ↑ „Khalid Boutayeb“. L'Equipe. Qaraldi: 2015-yil 9-dekabr.
- ↑ „Khalid Boutaïb, des maths et des buts“.
- ↑ „Officiel – Khalid Boutaib rejoint Strasbourg“ (fr). Goal (2016-yil 7-iyul). Qaraldi: 2016-yil 8-iyul.
- ↑ „Khalid Boutaib (GFC Ajaccio) à Strasbourg (officiel)“ (fr). L'Equipe (2016-yil 8-iyul). Qaraldi: 2016-yil 8-iyul.
- ↑ Khalid Boutaïb signs pre-agreement with Yeni Malatyaspor‚ getfootballnewsfrance.com, 8 June 2017
- ↑ „Zamalek lure Morocco striker Khalid Boutaib from Turkey“. BBC Sport (2019-yil 6-yanvar).
- ↑ „Khalid Boutaïb retrouve la France !“ (fr). alsasports.fr (2020-yil 6-oktyabr).
- ↑ „Khalid Boutaïb s’engage avec le Paris FC“ (fr). Paris FC (2022-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 12-fevral.
- ↑ Okeleji, Oluwashina. „Ajaccio striker Khalid Boutaïb eyes call-up to the Morocco team“. BBC Sport (2015-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 9-dekabr.
- ↑ Football. „CAF - Competitions - Q CAN 2017 - Match Details“ (en-US). www.cafonline.com. Qaraldi: 2018-yil 6-aprel.
- ↑ „Boufal left out of Morocco squad“.
- ↑ News. „Football: in Nîmes Olympique, young people go on the attack“ (2021-yil 16-yanvar).
- ↑ Xolid Butaib National-Football-Teams.com saytida
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Xolid Butaib faoliyat statistikasi foot-national.comda