Kontent qismiga oʻtish

Sapar Xoʻjaniyozov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xoʻjaniyozov Sapardan yoʻnaltirildi)
Sapar Xo'janiyozov
Tavalludi 1910-yil 15-aprel
Kegeyli tumani, Qoraqalpog'iston
Vafoti

1983-yil (73-yosh)
Nukus,

Qoraqalpog'iston
Fuqaroligi o'zbek
Mukofotlari Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati

Xoʻjaniyozov Sapar (1913-yil 15-aprel, Kegeyli tumani, Qoraqalpogʻiston – 1983-yil, Nukus, Qoraqalpogʻiston) – qoraqalpoq adibi, aktyor va rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1973-yil). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1957-yil)[1].

Sapar Xoʻjaniyozov 1910-yilda Xalqobod viloyati Kegeyli tumanida tugʻilgan. Oʻn ikki yoshida ota-onasi ajrashib ketishgan. Shundan soʻng u choʻpon boʻlib ishlagan 1928-yilgacha. Yoshligidan u xalq folkloriga qiziqqanligi tufayli, Alpomish, Shahriyor dostonlari yodlab olgan.

1928—29-yillarda qisqa muddatli kurslarda oʻqigan. Miynet kolxozida turli sohalarida xususan, paxta tozalash zavodi ishchisi, doʻkondor, oshxona mudiri, usta va shunga oʻxshash turli ishlarda ishlagan, uzoq yillar oʻqishni davom ettirmadi. 1936-yilda Moskva davlat teatr sanʼati institutiga oʻqishga kirgan. Shundan soʻng Sapar Xoʻjaniyozovning hayoti teatr sanʼati bilan chambarchas bogʻlanib ketgan. Moskvada oʻqish davrida rus xalqining taniqli sanʼatkorlari V.Vishnevskiy, O. I. Pijova, N. A. Baskakovlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlgan. Ularning yordami taʼsirida Oysha nomli spektakl yaratilgan. 1939-yilda Moskva davlat teatr sanʼati institutini tamomlagan Sapar Xoʻjaniyozov teatr, musiqa, aktyorlik, rejissyorlik, dramaturgiya sohasida faol ravishda ishlagan. 1939—1953-yillarda Stanislavskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat teatrida rejissyor, keyinchalik 1953—1962-yillarda shu teatr rejissyori boʻlib ishlagan. 1944-yildan dramaturg va yozuvchi sifatida Qoraqalpogʻistonda tan olina boshlagan[2].

Aktyor sifatida Mitya („Kambagʻallik ayb emas“), Boysari („Alpomish“), Maqdonald („Amerika ovozi“) kabi obrazlari unga katta shuhrat keltirgan. „Oltin koʻl“ (Uygʻun), „Boy ila xizmatchi“ (Hamza), „Ogʻriq tishlar“ (Abdulla Qahhor), „Qiz Jibek“ (G. Musrepov) singari spektakllarni ham sahnalashtirgan.

Salem ayt, Periza, Kolxoz qizi sheʼrlari 19-asr urush yillarida yozilgan boʻlib, bu sheʼralarida vatan tuygʻusiga urgʻu berilgan. Guliston (1948-yil) qoʻshiqlar toʻplami uning shoirlik faoliyatidagi soʻnggi ishi boʻlgan. Bundan tashqari, Sapar Xoʻjaniyozov qoraqalpoq adabiyoti tarixida dramaturg sifatida yaxshi tanilgan. Uning Aysha (1940-yil), Bizin bahadir (1944-yil), Suymegenge suykenbe (1945-yil), Ziyada (1946-yil), Jas jurekler (1953-yil), Baxit (1957-yil), Talvas (1962-yil), Arishlar (1964-yil), Aqmoq patsha (Berdaq dostoni asosida, 1968-yil), Maman biy (T. Qayipbergenov romani asosida, 1971-yil) spektakllari uzoq yillar davomida Qoraqalpoq davlat teatri repertuaridan joy olgan. Dramaturgning turli dramatik asarlari qoʻshni davlatlar teatrlari sahnalarida ham oʻrin olgan. Sapar Xoʻjaniyozov Bunnandan tashqari Suymegenge suykenbe (1960-yil), Ziyada (1973-yil), Arishlar (1987-yil) pyesalar toʻplamlari muallifidir[3].

Sapar Xoʻjaniyozov dramaturgiyaga 1938—1939-yillarda sahnalashtirilgan „Oysha“ musiqali dramasi bilan kirib kelgan. Bu spektakl 1940-yilda eng yaxshi dramatik asarlar uchun chop etilgan tanlovda birinchi oʻrinni egallagan va 1941-yilda Respublika bolalar teatrida ilk bor sahnalashtirilgan. Asarning tematik jihati A. Oʻtepovtning Tenin tapqan qiz va S.Majitovning Bagdagul pyesalariga oʻxshash boʻlib, ularda XX asr boshlaridagi qoraqalpoq xalqi hayotiga oid voqealar bayon etilgan. Pyesa dramatik shaklda yozilgan boʻlib, feodal davrda adolat, tenglik, sevgi erkinligini izlagan Ayyjon va Ayshan nohaqlik qurboni boʻlganligi haqida bayon etiladi.

1960—70-yillarda dramaturg tarixiy va klassik adabiy syujetlar asosida asarlar yozishga eʼtibor qaratdi. Keyingi oʻn yilda sahnalashtirilgan tarixiy mavzudagi „Oqmoq patsha“, „Maman biy“ dramalari teatr tomoshabinlari tomonidan yaxshi kutib olindi. Umrining soʻnggi yillarda Sapar Xoʻjaniyozov nasr yozishda ham oʻzini sinab koʻrdi, Oq oltin odamlar, Baxtning topqan Begjon, Oq bota, Hujdan, Aydin jol kabi asarlar uning muallifligi asosida yozilgan. Binobarin, Sapar Xoʻjaniyozov XX asr qoraqalpoq adabiyoti tarixida dramaturg-yozuvchi sifatida biz yuqorida baholagan dramatik asarlari bilan mashhur boʻlgan[4].

U 1983-yil 73-yoshida Nukusda vafot etgan[1].