Dramatik tur
Drama — sahna uchun moslab yozilgan asar hisoblanib, uning asosiy tasvir predmeti — harakat, u obyektning plastik obrazini yaratadi, dramada subyekt — ijodkor shaxsi ham obyektga sindirib yuboriladi. Demak, dramaning boshqa turlar yaʼni lirika va epik turdan farqi uning sahna uchun moʻljallab yozilganligidir. Shunga koʻra, dramadagi harakat — sujet voqealari makon va zamonda cheklangan boʻladi. Ijro vaqtiga sigʻishi uchun asarning keskin nizolar ustiga shiddatli syujet bilan qurilishi talab qilinadi. Dramaturg asarni yozish vaqtidayoq uning ijro vaqtiga sigʻish yoki sigʻmasligi haqida qaygʻurishi muhimdir. Shunga koʻra, darmatik asarda voqealar rivoji shiddarkor kechishi zaruratga aylanadi. Bundan tashqari, darmatik asardagi sujet voqealari yuz beradigan makon ham cheklangan boʻladi va yozuvchi shuni ham hisobga olib, asarni yozishi darkor. Boz ustiga, harakat makoniy oʻzgarishlar bilan ham cheklangan, yaʼni asar voqealari koʻpi bilan toʻrt yoki besh joyda sodir boʻlishi kerak. Masalan, Choʻlponning „Yorqinoy“ dramasidagi voqealar 5 joyda: Oʻlmas botirning qoʻrgʻon boqchasi, bboshqa bir boqcha, Nishobsoy begining boqchasi, shu bekning haram uylaridan biri, Poʻlatning qarorgohi va xon saroyida kechadi. Odatda, bir parda davomida sodir boʻladigan voqealar bir joyda kechishi, sujet voqealari aynan ana shu joylar bilan bogʻliq holda roʻy berishini hisobga olsak, bu narsa dramatik asarning qurilishini belgilaydigan asosiy omillardan biri boʻlib qolishini koʻrishimiz mumkin[1].
Dramatik turning asosiy janrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]•Drama(„drama“ atamasi ham adabiy tur maʼnosida, ham oʻsha turning bir janri maʼnosida qoʻllanadi)
Yuqoridagi asosiy janrlardan tashqari kichik dramaturgik janrlar, shuningdek, turli janr modifikatsiyalari ham mavjud. Jumladan, janr modifikatsiyasi sifatida musiqali drama, komediyali dramani kiritishimiz ham mumkin.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Dilmurod Quronov. „Adabiyotshunoslikka kirish“ (o'zbekcha). n.ziyouz.com. Qaraldi: 16-dekabr 2022-yil.