Kontent qismiga oʻtish

Xalqaro Moturidiy anjumani(2020)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

2020-yilgi Xalqaro Moturidiy konferensiyasi Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev homiyligida 2020-yil 3-5-mart kunlari Samarqand shahrida uch kun davomida „ Imom Abu Mansur Moturidiy va Moturdiy taʼlimoti“ nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtgan. Anjuman Moturidiy taʼlimoti: oʻtmish va bugun" nomi bilan ham mashhur(arabcha: الإمام أبو منصور الماتريدي والتعاليم الماتريدية: التاريخ والحاضر).

Anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi (IBIMMI), Islom sivilizatsiyasi markazi va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekiston- Misr Al-Azhar majmuasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan[1].

Anjumandan koʻzlangan asosiy maqsad Imom Moturidiy ilmiy merosini yanada chuqur oʻrganish, buzgʻunchi oqimlarga qarshi moturidiya taʼlimotining mazmun-mohiyatini ochib berish, Oʻzbekistonning „Buyuk allomalar yurti“ sifatida islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan bebaho hissasini jahon miqyosida targʻib qilishdan iborat[2] hamda Movarunnahr olimlarining ilmiy va sivilizatsiyaviy merosini dunyoga yoritishni ham oldiga maqsad qilib qoʻygan[3].

Konferensiya ishtirokchilari Islom va musulmonlarga oid ayrim masalalarni muhokama qilganlar. Xususan:[4]

  1. Moturidiya taʼlimoti va zamonaviylik.
  2. Zamonaviy davlatda diniy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish. masalalari shular jumlasidandur.

Ishtirokchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anjumanda koʻplab islomiy idoralar va ilmiy universitetlar vakillaridan iborat delegatsiyalar ishtirok etishgan. Ular orasida Oʻzbekistondan ulamolar, al-Azhardan 70 dan ortiq alloma va mutafakkirlar, shuningdek, Katta ulamolar kengashi, Musulmonlar oqsoqollari kengashi olimlari, va Bolgariya Islom akademiyasi vakillari qaatnashgan[5][6]. Bularda tashqari yetakchi davlatlardan: Jazoir, Iordaniya, Indoneziya, Malayziya, Turkiya, Pokiston, Bosniya Gersegovina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Ukraina, Shveysariya Germaniya va Buyuk Britaniya kabi 20 dan ortiq olimlar, diniy yetakchilar, ilmiy va tadqiqot markazlari rahbarlari ishtirok etishgan[7][8].

Ishtirok etgan taniqli olimlar orasida:[9][10][11][12][13]

Konferensiya xulosalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konferensiya bir qator tavsiyalar bilan chiqgan, eng muhimlari quydagilar:[21][22][23][24][25]

  • Samarqandda milliy meʼmorlik anʼanalari asosida Imom al-Moturidiy yodgorlik majmuasini barpo etish.
  • Uning " Kitob at-tavhid ", „Kitob taʼvilat al-Qur’on“ yoki „ Tafsir al-Moturidiy“ nomi bilan ham mashhur boʻlgan „Taʼvilat ahli sunna“ kabi kitoblariga sharhlar tayyorlash.
  • Al-Moturidiy va moturidiy allomalar adabiyotining elektron nusxalarini toʻplash.
  • Al-Azharda Moturidiy merosi tadqiqotchilari uchun tanlov tashkil etish va uning gʻoliblarini aniqlash.
  • Al-Moturidiyning islom sivilizatsiyasi va musulmon madaniyatiga qoʻshgan hissalari boʻyicha davriy ilmiy forum oʻtkazish.
  • Bilish nazariyasini oʻrgatish zarurati (gnoseologiya).
  • Dunyoda ekstremizm va radikalizmga qarshi al-Moturidiy aqidalarini oʻrgatish va tarqatish.
  • Imom al-Moturidiyning ilmiy merosi va moturidiya taʼlimoti haqidagi maʼlumotlar joylashtiriladigan maxsus veb-sayt yaratish[26].
  1. „Preparations for the International Conference have begun“. Uzbekistan National News Agency (UzA).
  2. „International scientific-practical conference on the subject of “Imam Abu Mansur Moturidi and the teachings of moturidia: the past and the present”“. Religions.uz.
  3. „Participation of Al-Furqan Foundation at the International Conference on “Imam Abu Mansur Maturidi and the Teaching of Maturidiyya: The Past and the Present”“. Al-Furqan Islamic Heritage Foundation.
  4. „"Имом Абу Мансур Мотуридий ва мотуридия таълимоти: ўтмиш ва бугун" мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференция АХБОРОТ ХАТИ“. Center of Islamic Civilization in Uzbekistan under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan.
  5. „International Conference continues“. Uzbekistan National News Agency (UzA).
  6. „Представители Болгарской исламской академии приняли участие в Международной конференции в Узбекистане“. Bolgar Islamic Academy. 2020-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
  7. „Samarkand to host International Islamic Conference“. islom.uz. 2020-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
  8. „Maturidi's teachings – struggle of enlightenment against ignorance“. Uzbekistan National News Agency (UzA).
  9. „Relevance of the study of Maturidi's heritage“. Uzbekistan National News Agency (UzA).
  10. „Sonmez Kutlu: International Conference in Samarkand, dedicated to Imam Maturudi is important and useful“. UzDaily.com.
  11. „Samarqand nufuzli anjumanga mezbonlik qildi“. Xs.uz. 2020-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
  12. „Samarqand yana bir xalqaro anjuman mezboni...“. Turkish Radio and Television Corporation.
  13. „Xalqaro konferensiya yakunlandi: Imom Moturidiy ta'limoti bo‘yicha an'anaviy tanlov o‘tkazish taklif qilindi“. Kun.uz.
  14. „مدير مرصد الأزهر ينادي بالاستفادة من تعاليم الإمام الماتريدي“. El Fagr.
  15. „الإمام أبو منصور الماتريدي عالم جليل للعالم الإسلامي“. Uzbekistan National News Agency (UzA).
  16. „"ИМАМ АБУ МАНСУР МАТУРИДИ И УЧЕНИЕ МАТУРИДИ: ПРОШЛОЕ И НАСТОЯЩЕЕ"“. Official Website of the Spiritual Assembly of Muslims of Russia.
  17. „الإمام أبو منصور الماتريدي عالم جليل للعالم الإسلامي“. Uzbekistan National News Agency (UzA).
  18. „РАФИК МУХАМЕТШИН ПРИНЯЛ УЧАСТИЕ В МЕЖДУНАРОДНОЙ КОНФЕРЕНЦИИ В УЗБЕКИСТАНЕ“. Russian Islamic University. 2020-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
  19. „The Conference is of great interest among religious figures“. Uzbekistan National News Agency (UzA).
  20. „Представители Кыргызстана участвуют в международной конференции по учению Матуриди в Самарканде“. Kabar – Kyrgyz National News Agency.
  21. „“Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta'limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘yicha tavsiyalar qabul qilindi“. Sammuslim.uz.
  22. „البيان الختامي للمؤتمر الدولي «الإمام الماتريدي» في أوزبكستان“. Al-Dustour (Egypt).
  23. „بمشاركة الأزهر.. مؤتمر دولي يوصي بإبراز جوانب قبول الآخر في تراث الماتريدية“. albawabhnews.com.
  24. „مؤتمر دولي يوصي بإقامة مسابقات وندوات علمية عن الإمام الماتريدي عبر الإنترنت“. Youm7.
  25. „البيان الختامي للمؤتمر الدولي «الإمام الماتريدي» في أوزباكستان بمشاركة الأزهر“. Al-Ahram.
  26. „Samarkand Conference has ended“. Uzbekistan National News Agency (UzA).