Woodrow Wilson nomidagi bogʻ
Woodrow Wilson nomidagi bogʻ | |
---|---|
Joylashuv | Poznan Polsha |
Bagʻishlangan | Woodrow Wilson |
Ochilish sanasi | 1902 |
Xarita | |
Koordinatalari | 52°25′0″N 16°56′0″E / 52.41667°N 16.93333°E |
Woodrow Wilson nomidagi bogʻ (polyakcha: Park Wilsona) — Poznan shahridagi eng qadimgi park. 1902-yildan beri park botanika bogʻi hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1834-yilda nemislar „Poznanni obodonlashtirish jamiyati“ ni tuzdilar, bu jamiyat koʻcha va maydonlarga gulzor va daraxtlar ekish orqali shaharni obodonlashtirish maqsad qilinadi. Keyinchalik, hozirgi bogʻ hududida XIX asrning oxirigacha mavjud boʻlgan manzarali daraxtlar va butalar koʻchatxonasi tashkil etildi. 1902-yilda jamiyat oʻzining barcha mulkini ushbu parkni saqlash majburiyati bilan shaharga oʻtkazdi. Bolalar bogʻchasi Yerjitsa hududiga koʻchirildi va bugungi kunda bogʻ joylashgan hudud yarmi maktab qurish uchun oʻtkazildi, qolgan hududda esa dam olish va koʻngil ochish uchun manzarali bogʻ sifatida yaratilgan botanika bogʻi tashkil etildi[1].
1910-yilda park hududida Yevropadagi eng yiriklaridan biri palma issiqxonasi (polyakcha:Palmiarnia) qurilgan[2].
1926-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari tashkil topganining 150 yilligi munosabati bilan bogʻga Amerika prezidenti, Nobel mukofoti sovrindori Thomas Woodrow Wilson sharafiga nomlandi[3] (1856-1924), Woodrow Wilson 1918-yilda mustaqil Polsha davlat yaratishni qoʻllab-quvvatladi. Yashil hudud orasida AQSH mustaqilligining yubileyiga bagʻishlangan tosh oʻrnatildi. 1931-yilda Ignacy Paderewski tashabbusi bilan bogʻda Thomas Woodrow Wilson haykali ochildi. Yodgorlik muallifi amerikalik haykaltarosh Gutzon Borglum boʻlib, Janubiy Dakotadagi Rashmor togʻi qoyasiga oʻyilgan toʻrtta prezident boshlarining monumental haykallari yaratganlik bilan mashhur. Yodgorlik va tosh fashistlar qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan[4] .
Urushdan soʻng, 1951-yilda bogʻ Polsha inqilobchisi Markin Kasprzak nomidagi bogʻ deb oʻzgartirildi, keyinchalik 1963- yilda Wilson yodgorligi oʻrniga unga haykal oʻrnatildi. 1990- yilda bogʻ urushdan oldingi nomiga qaytarildi va Markin Kasprzak haykali 1994-yilda Zofiya Trzcinska-Kaminska tomonidan ishlangan Wudro Wilson yodgorligi bilan almashtirildi. Hozirgi vaqtda bogʻda Persey haykali, 1891-yildan beri saqlab qolgan Andromedani (dastlab Kiril Ratajski maydonida joylashgan edi, 1956-yilda bogʻga koʻchirilgan) va 1936-yildan qurilgan kontsert sahnasi mavjud[5].
Bogʻda oʻsha paytda Matejko koʻchasida badavlat turar-joy binolarida yashagan nemislar uchun 1944-yilda qurilgan uchta bombapana mavjud. Mehmonlar kirishi mumkin boʻlgan bunker Matejko koʻchasi tomonidagi darvozada tomonda joylashgan, bombapanada ikkita katta kirish va bitta favqulodda chiqish qismi mavjud. U umumiy uzunligi 110 metr boʻlgan bir qator tor va oʻralgan yoʻlaklardan iborat. Bombapana 1998-yilda parkni taʼmirlash vaqtida topilgan[6].
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bogʻdagi eng qimmatli daraxtlar: diametri 410 sm boʻlgan chinor va tol (430 sm), tabiat yodgorliklari sifatida muhofaza qilinadi. Bogʻning shimoliy tomonida ikkita joʻka xiyoboni bor. Parkdagi eng koʻp daraxtlar — chinor, eman va joʻka[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Park Wilsona w Poznaniu“ (pl). Parki i ogrody. 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
- ↑ „Кратко о Познани“ (ru) (pdf). POZnan.travel. 2021-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
- ↑ „ВИЛЬСОН (Wilson), Томас Вудро“ (pl). n-t.ru. 2021-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-yanvar.
- ↑ „Thomas Wilson Park - Poznan tourism“ (en). Poznan.pl. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
- ↑ „Park Wilsona w Poznaniu“ (pl). Parki i ogrody. 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.
- ↑ „Schron w Parku Wilsona“ (pl). Palmiarnia Poznańska. 2021-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-dekabr.
- ↑ „Park Wilsona w Poznaniu“ (pl). Parki i ogrody. 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-dekabr.