Kontent qismiga oʻtish

Viktor Verjbitskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viktor Verjbitskiy
ruscha: Ви́ктор Алекса́ндрович Вержби́цкий
Tavalludi 21-sentyabr 1959-yil (1959-09-21) (65 yosh)
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1983-yildan
Mukofotlari
Rossiya xalq artisti

Viktor Aleksandrovich Verjbitskiy (1959-yil 21-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet, rus teatr va kino aktyori, teleboshlovchi, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2011)[1], Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist[2][3].

1959-yil 21-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Polyak bobosining familiyasini olgan.

Verjbitskiyning soʻzlariga koʻra, uning bolaligi sahna ortida oʻtgan – buvisi teatrda liboslar dizayneri boʻlib ishlagan. Shu bois u kasb tanlash haqida koʻp oʻylamasdi. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutiga oʻqishga kirdi. Sahna dizayni boʻlimida tahsil olgan. 1996-yilda Moskvaga koʻchib oʻtdi va Lvov-Anoxin boshchiligidagi Yangi drama teatriga qabul qilindi.

1998-yildan 2005-yilgacha – Et cetera teatrida aktyor. Pushkin nomidagi Moskva drama teatrida ishlagan[4][5].

Ajrashgan. Isroilda Aleksandr ismli oʻgʻli yashaydi[6].