Vikipediya:Forum/Arxiv/Takliflar/2024
Bu sahifa Vikipediya forumining bir qismidir. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Statusli maqola talablariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
[manbasini tahrirlash]Oxirgi paytlarda statusga nomzod maqolalar muhokamasida tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda. Masalan, 2023-yil 24-iyun 10:58da Saparmurot Niyozov maqolasi foydalanuvchi tomonidan yaxshi maqolaga nomzod qilinadi. Oʻtgan 14 kun davomida 3ta rozi va 2ta qarshi ovoz beriladi. Administratorlar tomonidan maqoladagi kamchiliklarni tuzatish yuzasidan fikrlar bildiriladi: [1], [2]. Muallif berilgan takliflar yuzasidan maqolaga tuzatishlar kiritib talablarga mos holga keltiradi. Shu kuniyoq, muddatni uzaytirish taklifiga qaramay, munozara „Maqola oʻtgan muddat davomida yetarli darajada ovoz toʻplay olmadi. Aytib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgach, qayta nomzodlikka qoʻyish mumkin“ degan iddao bilan yopib qoʻyiladi. Yana bir holatda, aynan yuqoridagi foydalanuvchi bergan yana bir nomzodga 14 kun davomida birorta ovoz berilmaydi va munozara sahifasi aynan shu administrator tomonidan „yetarlicha ovoz toʻplay olmagani uchun“ yopib qoʻyiladi. Nomzod bergan foydalanuvchi esa, Yaxshi maqola talablariga „Maqola 14 kun muddatga nomzodlikka qoʻyiladi. Agar shu muddat davomida ovoz berilmasa, bu muddat yana uzaytirilishi kerak“ punktini boshqalar bilan maslahat qilmay, yozib qoʻyadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytib oʻtilgan 14 kunlik qatʼiy belgilangan muddat qoidasidan voz kechish va „Maqola 14 kun muddatga nomzodlikka qoʻyiladi. Agar shu muddat davomida yagona kelishuvga erishilmasa, bu muddat yana uzaytirilishi kerak. Shuningdek, agar nomzod maqola oʻquvchida yorqin taassurot qoldira oladigan va ushbu statusga toʻlaqonli mosligi tufayli koʻpchilikning rozilgini olgan boʻlsa, 14 kundan avvalroq muddatda administrator yoki xulosa chiqaruvchi tomonidan tasdiqlanishi mumkin“ punktini kiritishni taklif qilaman. Undan tashqari, har qanday xulosaga eʼtiroz bildirish uchun „Xulosalarga eʼtiroz bildirish“ sahifasi ham yaratildi. Unda administrator yoki xulosa chiqaruvchi tomonidan berilgan xulosa muhokama qilinishi mumkin. Shu takliflarni tanlangan roʻyxat, tanlangan maqola, yaxshi maqola va xushsifat maqola talablariga kiritishni ham taklif qilaman. Umarjon Rahimov (munozara) 10:43, 22-Iyul 2023 (UTC).
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
AT uskunasini yopish va AT uskunasida yaratilgan axlat maqolalarni yoppasiga oʻchirish
[manbasini tahrirlash]Assalamu aleykum! Hurmatli oʻzbekcha vikipediyaning administratorlari va faol ishtirokchilari. Oʻzbekcha vikipediyadagi maqolalarni sifatini yaxshilash va teranligimizni muvozanatga keltirish uchun avtomat tarjima uskunasini oʻchirishni, avval yaratilgan va hozirda yangi foydalanuvchilar tomonidan tuzatib boʻlmas darajada yaratilayotgan maqolalarni oʻchirishni taklif qilaman. Agar bu uskunani oʻchirmasak oʻzbekcha vikipediyada sifatsiz va tushunarsiz axlat maqolar koʻpayib boraveradi. Bu esa bizni kuzatayotgan ziyoli qatlamni ham tanqidiga sabab boʻlishi mumkin. Hurmatli vikipediyani adminlari mana shu taklifimga oʻz fikringizni bildirishingizni va tez orada xulosa chiqarishingizni soʻrayman. Eʼtiboringiz uchun tashakkur! Mirzoulugʻbek |@ 19:17, 8-Sentabr 2023 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]2023-yil 30-oktyabr holatiga koʻra ushbu taklifga 9 kishi rozi, 1 kishi betaraf ekanini bildirgan. Hozircha ovoz berishda ishtirok etmagan rasmiyatchilar — Abdulla va Malikxan ovozlar, munozaralar natijasiga koʻra xulosa chiqarishda ishtirok etsangiz yaxshi boʻlar edi. Jamshid Nurqul (munozara) 21:05, 30-Oktyabr 2023 (UTC)
- Qoʻshilaman. 13-dekabr holatiga koʻra qoʻllab ovoz berganlar soni 11 taga yetdi, rasman qarshilar esa umuman yoʻq. Men toʻliq qarshi emasman, shuning uchun quyida „betaraflar“ boʻlimi ostida „Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq“, deb yozgandim. Lekin muhokama foydali boʻldi. Hech boʻlmasa „WikiStipendiya“ tugagunicha asbobni oʻchirib qoʻyish oʻrinli boʻladi, menimcha. Nataev munozara 15:19, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Faqat tajribali foydalanuvchilarga AT asbobidan foydalanish huquqini berishni taklif etaman. Masalan, kamida 1 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va/yoki kamida 500 ta tahrir qilgan foydalanuvchilarga.
- Malikxan munozara 21:59, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Agar kimgadir ruxsat berish kerak boʻlsa kamida 6 oy oldin roʻyxatdan oʻtgan va/yoki 3000 dan ortiq tahrir qilgan, tahrirlarining kamida 30 foizi foydali/qaytarilmagan/oʻchirilmagan yoki yangi maqola yaratish bilan bogʻliq boʻlgan foydalanuvchilarga AT asbobidan foydalanishga ruxsat berish kerak deb oʻylayman. Chunki Vikipediyada foydali tahrir qilmasdan, bitta nuqtani oʻchirib, qayta qoʻyib ham tahrir sonini oshiradiganlar topiladida. VikiOromgohlar vositasida tahriri soni 5 000 dan oshgan lekin Vikipediyada avtomat tarjimasiz maqola yarata olmaydigan va vizual tahrirchisiz (manba kodini tahrirlash orqali) ishlay olmaydigan, sovrinli tanlov boʻlmasa Vikipediyani eslamaydiganlar armiyasini tarbiyalab qoʻydik. Ularga albatta AT uskunasi yordamida tezda maqola yaratib qaysidir saralashda yoki tanlovda qatnashish qulay, shularning yoʻlini biroz toʻssak maqsadga muvofiq boʻlardi. Agar ATchilar Google yo Yandex translatega oʻtib ketishsa, ularni ham bemalol topib ogohlantira olamiz deb oʻylayman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:29, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Qoʻshilaman. 13-dekabr holatiga koʻra qoʻllab ovoz berganlar soni 11 taga yetdi, rasman qarshilar esa umuman yoʻq. Men toʻliq qarshi emasman, shuning uchun quyida „betaraflar“ boʻlimi ostida „Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq“, deb yozgandim. Lekin muhokama foydali boʻldi. Hech boʻlmasa „WikiStipendiya“ tugagunicha asbobni oʻchirib qoʻyish oʻrinli boʻladi, menimcha. Nataev munozara 15:19, 13-Dekabr 2023 (UTC)
- Ruscha Vikipediyada faqatgina avtomatik patrullanuvchi va undan yuqori statusga ega foydalanuvchilarga tarjima uskunasidan chop etish huquqi berilgan. Uzwikida faqat patrullovchi, eski holiga qaytaruvchi, xulosa chiqaruvchi, administrator va rasmiyatchilarda ushbu gadjet qoldirilishi tarafdoriman. Umarxon III (munozara) 16:27, 18-Yanvar 2024 (UTC).
Rozilar
[manbasini tahrirlash]Roziman — Avtomat tarjima unsurlari mavjud maqolalarni yoppasiga oʻchirib yuborish va AT uskunasini oʻchirish juda ajoyib taklif. Jamshid Nurqul (munozara) 19:22, 8-Sentabr 2023 (UTC)
Roziman — Alpasli (munozara) 19:35, 8-Sentabr 2023 (UTC)
Roziman — Humoyun Qodirov (munozara) 19:41, 8-Sentabr 2023 (UTC).
Roziman. Muzaffar Murodovichmusohaba 19:59, 8-Sentabr 2023 (UTC)
Roziman. — Kagansky munozara 20:20, 8-Sentabr 2023 (UTC)
Roziman. — Oxirgi vaqtlarda aynan ushbu uskuna sabab koʻplab avtomat tarjimadan iborat maqolalar yaratilmoqda. Bu esa tabiiyki, UzWikida axlat maqolalar soni oshishiga ijobiy hissa boʻlmoqda. Ushbu uskunaning oʻchirilishi yangi foydalanuvchilar sifatli tarjima borasida fikrlarini oʻzgartirishlari uchun kuchli motivatsiya boʻla oladi deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 10:02, 12-Sentabr 2023 (UTC)
Roziman. — Ibrohimjon 11:40, 12-Sentabr 2023 (UTC)
Roziman. Kundan kunga turli hil loyihalar va yaxshi ishlanayotgan PR ortidan oʻzbekcha Vikipediyada tahrirchilar soni ortib borishi bilan bir qatorda, ularning katta qismi toʻrtta tugmani bosib maqola yaratayotganlardan iborat ekanligi achinarli holat, albatta. Shunday foydalanuvchilar va AT maqolalarni sonini kamaytirish maqsadida, albatta, oʻchirilishi kerak deb oʻylayman. ANJANIY!!#suhbat 21:22, 20-Sentyabr 2023 (UTC)
Roziman — 100%. Hilola Jurakulova (munozara) 13:13, 21-Sentyabr 2023 (UTC)
Roziman — ITPRO.UZ (munozara) 14:59, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman — Yaxshi yozilgan bir-ikkita OʻzME maqolalari AT maqola boʻlib ketibdi — Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:09, 13-Dekabr 2023 (UTC).
- Oʻchirishdan oldin OʻzME maqolasi boʻlsa, oʻsha variantini tiklab qoʻysak yaxshi boʻladi — Xusinboy Bekchanov (munozara) 15:12, 13-Dekabr 2023 (UTC).
Roziman — Biroq yuqorida aytilganiday, yaxshi yozilgan AT maqolalarni qayta tiklab chiqishimiz kerak boʻladi. Zarifboyev (munozara) 15:25, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman — Programmer (munozara) 15:28, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman — Axadjon1 (munozara) 15:33, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman — Mirishkorlik (munozara) 15:48, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman — Miss Kamola (munozara) 16:00, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman - UzbekistanWikiEditor (munozara)
Roziman - Zarifboyev (munozara) 13:42, 10-Iyul 2024 (UTC)
Roziman - Sevayuu (munozara) 18:58, 10-Iyul 2024 (UTC)
Roziman - Lili (suhbat) 14:30, 10-Iyul 2024 (UTC)
Roziman --Hasan Xamidovich (munozara) 16:11, 10-Iyul 2024 (UTC)
Roziman -Xayriniso (munozara) 23:16, 12-Iyul 2024 (UTC)
Roziman – Muxriddin Azimov (munozara) 18:51, 12-Iyul 2024 (UTC)
Roziman Doniyor Yóldoshev (munozara) 10:28, 13-Iyul 2024 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Bu yerda masalaning yana bir jihati bor: AT asbobini oʻchirib qoʻysak, shovvozlar matnni Google Tarjimonda tarjima qilib, soʻngra Vikipediyaga olib oʻtishlari mumkin. Bu yanada mushkul vaziyat keltirib chiqaradi, chunki yaratilgan maqolalar shunchaki notoʻgʻri rasmiylashtirilgan emas, balki umuman rasmiylashtirilmagan boʻladi. Uzoq muddatdan beri bu haqda oʻylayman va bir qarorga kela olganim yoʻq. Nataev munozara 21:52, 20-Sentyabr 2023 (UTC)
- AT uskunasini yopib qoʻysak Google Tarjimon yordamida mashina tarjimasini vikiga olib kiruvchilarni keskin ogohlantirish va chetlatishga maʼnan haqqimiz boʻladi, hozir foydalanuvchilarga AT imkoniyatini berib, mashina tarjimasini taqiqlashimiz biroz tushunarsiz tuyuladi yangi kelganlarga. AT uskunasining oʻchirilishi uzwiki teranligiga va maqolalar sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishiga ishonaman. Jamshid Nurqul (munozara) 22:01, 20-Sentyabr 2023 (UTC)
- Tarjima asbobi aynan asbob. Undan toʻgʻri yoki notoʻgʻri foydalanish mumkin. Pichoq bilan qotillik sodir etish mumkin boʻlgani uchun uni oshxonadan yoʻq qilmaymiz-ku. „WikiStipendiya“ marafonining ilk mavsumida ragʻbatalantirilgan barcha foydalanuvchilar asbodan ozmi-koʻpmi foydanlangan. Demak, niyati xolis odam ushbu asbobdan toʻgʻri foydalansa boʻladi. Nataev munozara 16:58, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
- Assalomu alaykum. Boʻlmasa uskunani oʻchirishni noyabrdan keyin amalga oshirish kerak. Chunki bu paytga kelib, „WikiStipendiya“ marafoni oʻz nihoyasiga yetadi va oʻzbekcha Vikipediyada kimlar yana tahrirlashni davom ettirish yoki ettirmasligi maʼlum boʻladi. Sababi maʼlum bir oylik marafoni doirasida ancha faol boʻlgan foydalanuvchilarning koʻp qismi hozirda deyarli tahrir qilmay qoʻygan. Humoyun Qodirov (munozara) 17:48, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
- Bu yerda pichoqni misol qilmagan boʻlardim, hozircha oshxonada pichoqning oʻrnini bosa oladigan boshqa asbob yoʻq ammo AT asbobisiz bemalol maqolalar yozish mumkin. Bu asbobni oʻchirish bilan koʻp narsa yoʻqotmaymiz. Jamshid Nurqul (munozara) 22:40, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
- Pichoq bajaradigan ishlarni peeler, bolta, elektrik pichoq va hokazolar bosa oladi. Yuqorida Humoyun bildirgan fikr ham oʻrinli, chunki hozirgi maynavozchilik vaqtincha davom etadi. Nataev munozara 14:12, 29-Oktyabr 2023 (UTC)
- Fikringizga qoʻshilaman. AT asbobi koʻplab foydalanuvchilarning tarjimaga oson narsadek qarashiga sabab boʻlyapti. Hasan Xamidovich (munozara) 18:03, 10-Iyul 2024 (UTC)
- Tarjima asbobi aynan asbob. Undan toʻgʻri yoki notoʻgʻri foydalanish mumkin. Pichoq bilan qotillik sodir etish mumkin boʻlgani uchun uni oshxonadan yoʻq qilmaymiz-ku. „WikiStipendiya“ marafonining ilk mavsumida ragʻbatalantirilgan barcha foydalanuvchilar asbodan ozmi-koʻpmi foydanlangan. Demak, niyati xolis odam ushbu asbobdan toʻgʻri foydalansa boʻladi. Nataev munozara 16:58, 23-Sentyabr 2023 (UTC)
- Avtomatik tarjimondan bitta katta naf koʻraman — intervikilarning darhol ulanishi. Kichikroq nafi — qanday boʻlsa-da kontent qoʻshilishi. Agar interviki ulashni foydalanuvchilarning oʻzi eplasa, AT yopilishiga (yoki baʼzi darajada cheklanishiga) qarshi emasman. Abdulla munozara 21:20, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Dastlabki xulosa
[manbasini tahrirlash]Content Translation asbobini butunlay oʻchirib qoʻyishni koʻpchilik qoʻlladi, ammo hamma bir ovozdan emas. Asbobni butunlay oʻchirish radikal yechim va undan toʻgʻri foydalanayotganlar (oz boʻlsa-da) mavjud. Boshqa foydalanuvchilar koʻtargan bir necha mavzuni (xususan, VP:Forum#„Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ bandiga mos keladigan eski maqolalarni oʻchirish yuzasidan soʻrovnoma hamda VP:Administratorlar forumi#WeekieHogwarts oromgohi) hisobga olgan holda, kompromis yechimni taklif qilaman:
- Content Translation asbobini butunlay oʻchirmaymiz, ammo
- „WikiStipendiya“ marafonida boshlanganidan keyin, yaʼni 2022-yilning may oyidan bugunga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida yaratilgan va asosan avtomat tarjimadan iborat maqolalarni muhokamasiz oʻchirish yoʻlini tutamiz. Ikkinchi band muhim, shuning uchun batafsil toʻxtalib oʻtsam. Tarjima maqola quyidagi mezonlarning ikki yoki undan oshigʻiga mos kelsa, tezda oʻchirish yoki oʻchirish jarayonlarini chetlab oʻtgan holda „Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ izohi bilan oʻchiramiz (va oʻchirayotganda ushbu muhokamaga link qoldiramiz). Mezonlar:
- maqola 2022-yilning may oyidan bugungacha boʻlgan muddat orasida yaratilgan boʻlsa
- maqolani yaratilgan izohda „… tilidan tarjima qilib yaratdi“ yozuvi boʻlsa
- maqola Pages with unreviewed translations va/yoki Vikipediya:Avtomat tarjimalar turkumida boʻlsa
- maqola mashina tarjimasi ekanini koʻrsatuvchi ikkidan oshiq holat boʻlsa (masalan, koʻp maʼnoli soʻzning notoʻgʻri maʼnosi qoʻllanilgan boʻlsa, gap mazmunsiz boʻlsa, oʻzbek tilida mavjud boʻlmagan atamalar ishlatilgan boʻlsa va h).
WikiStipendiya oʻz yakuniga yetganidan keyin ushbu vaqtincha chorani toʻxtatsak boʻladi. Marafondan oldin yaratilgan maqolalarni esa odatdagidek oʻchirish jarayoni orqali koʻrib chiqamiz. Nima deysizlar? Nataev munozara 16:21, 20-Yanvar 2024 (UTC)
Qoʻshilaman, birinchidan Mana shu turkumdagi maqolalarni ham roʻyxatga kiritishni, ikkinchidan Ruscha Vikipediyada faqatgina avtomatik patrullanuvchi va undan yuqori statusga ega foydalanuvchilarga tarjimadan foydalanish huquqi qoldirilgan edi. Bizda ham patrullovchi va undan yuqori statusni olgan foydalanuvchilarda ushbu gadjet qoldirilishi kerakligini takllif qilaman. Umarxon III (munozara) 16:43, 20-Yanvar 2024 (UTC).
Roziman Mirzoulugʻbek |@ 03:57, 12-Iyul 2024 (UTC)
- Umarxon III takliflaridan kelib chiqqan holda AT uskunasini butunlay yopmasdan, faqat maʼlum huquqqa ega foydalanuvchilar uchun qoldirsak ham boʻladi. Avtomat tarjima maqolalarni oʻchirish boʻyicha berilgan taklifni esa
Dastaklayman Laziz Baxtiyorov (munozara) 09:01, 12-Iyul 2024 (UTC)
- Faqat maʼlum huquqqa ega foydalanuvchilar uchun AT uskunasidan foydalanish huquqini qoldirish va avtomat tarjima maqolalarni oʻchirish boʻyicha taklifni
qoʻllab-quvvatlayman. Jamshid Nurqul (munozara) 15:59, 12-Iyul 2024 (UTC)
Roziman Tarjima uskunasi yordamida ayrim foydalanuvchilar yaxshi maqola yarata olishini va oʻzim ham shunday ekanligimni hisobga olgan holda mazkur taklifni qoʻllab-quvvatlayman. Avtomat tarjima uskunasini faqat tajribaga ega foydalanuvchilar foydalansa, bu Vikipediyani ortiqcha axlat maqolalardan qaysidir maʼnoda himoya qila oladi deb oʻylayman. PanPanChik #yozish 16:03, 12-Iyul 2024 (UTC)
Roziman. Ushbu uskunani tajribali foydalanuvchilargagina qoʻllash imkoniyati berilishi tarafdoriman. Lekn, tajribali foydalanuvchilarni qaysi mezonlarga koʻra tanlab olinadi? Roʻyxatdan oʻtgan vaqtimi yoki maqolalari soniga qarabmi? Yuqorida Umarxon III aytganidek qilsak, shunnda statusga ega boʻlmaganlar bu uskunadan foydalana olishmaydimi? Unda qaysidur sahifada bu uskunani ishlatish imkoniyatini olish uchun soʻrov qoʻysa boʻladigan qilsa boʻladimi? Keyin, maqolalar oʻchirilishi boʻyicha, agarda saqlab qola olsak boshqa tillarda hajmi katta boʻlmagan maqolalarni oʻchirishdan koʻra stub holatda qolishi tarafdoriman. MrShaxas #Munozaracha 20:17, 12-Iyul 2024 (UTC)
Roziman Nataeva munozara 02:38, 13-Iyul 2024 (UTC)
Roziman Dastlabki xulosaga qoʻshilaman. Keltirilgan mezonlar asosida xulosa qilinishi yaxshi, ammo endilikda boʻlib oʻtishi reja qilinayotgan oromgohlar, tanlovlar yoki shu kabi holatlarda yoppasiga koʻp maqola kiritiladi qanchadir qisqa muddatda. Bu vaqt ichida ulgurishni imkoni boʻlarmikan har bir maqolani mezonlarga koʻra koʻrib chiqish va xulosa qilish, yoki barcha tanlovlar yakunlangach xulosa qilib maqolalarni qoldirish yoki oʻchirish belgilanadimi? Panda D (munozara) 08:41, 13-Iyul 2024 (UTC)
Xulosa
[manbasini tahrirlash]Muhokamada qatnashgan barchaga rahmat! Ikkita qarorga keldik:
- AT uskunasini hamma uchun oʻchirmaymiz (Quyida faqat avtopatrullangan huquqiga ega foydalanuvchilar uchun qoldirish taklifi muhokama qilinyapti);
- oʻta sifatsiz AT maqolalarni oʻchirish boʻyicha VP:TEZDA mezonlarini oʻzgartiramiz va ruwiki (Статья не на русском языке или машинный перевод) va trwikidagi (Niteliksiz makine çevirilerinden ibaret olan sayfalar silinebilir.) kabi bandni joriy qilamiz. Xususan, „M2. Butkul oʻzbekcha boʻlmagan maqolalar“ bandini „M2. Butkul oʻzbekcha boʻlmagan va mashina tarjimasidan iborat maqolalar“ oʻlaroq oʻzgartiramiz.
Bundan nari asosan ATdan iborat, jiddiy va koʻp tahrirlarsiz tuzatib boʻlmaydigan maqolalarni oʻchirishda ushbu bandga havola qilamiz. Ushbu mezon bir necha muhokamada bir ovozdan izhor qilinganidek, „WikiStipendiya“ doirasida yaratilgan kontent uchun ayniqsa erkin qoʻllanishi mumkin. Nataev munozara 18:39, 17-Iyul 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Nofaol administratorlarni huquqlaridan mahrum qilish
[manbasini tahrirlash]Oʻzbekcha Vikipediyada tahrir qilmay qoʻygan administratorlarni huquqlaridan mahrum qilish siyosati hanuzgacha yoʻq va shuning uchun global qoidalarga amal qilib kelamiz. Oʻz qoidalarimizni ishlab chiqadigan vaqt keldi. Xususan, enwikida qabul qilingan qoidalar asosida quyidagi qoidani joriy qilishni taklif qilaman:
- Bir yildan oshiq vaqt mobaynida umuman tahrir qilmagan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi;
- Soʻnggi besh yil ichida 100 tadan oz tahrir qilgan administratorlar va rasmiyatchilar huquqlaridan mahrum qilinadi.
Mezonlar
[manbasini tahrirlash]- Administratorlar
- 1-mezon: bir yil davomida hech qanday tahrir (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi) yoki administrator amaliyotini a bomalga oshirmagan boʻlsa
- bir oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- bir necha kun oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- 2-mezon: 5 yil davomida 100 tadan oz tahrir qilgan boʻlsa (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi)
- 3 oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- 1 oy oldin foydalanuvchi munozarasida xabar qoldiriladi
- statusdan mahrum qilish protsessual jarayon ekanligi tushuntiriladi
- 1-mezon: bir yil davomida hech qanday tahrir (oʻchirilgan tahrirlar ham hisobga olinadi) yoki administrator amaliyotini a bomalga oshirmagan boʻlsa
- Rasmiyatchilar
- yuqoridagi siyosat rasmiyatchilarga ham tatbiq qilinadi
- foydalanuvchiga huquqlari bekor qilingani haqida xabar beriladi.
Nima deysizlar? Nataev munozara 14:40, 29-Oktyabr 2023 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]Roziman. Mirzoulugʻbek |@ 01:38, 3-Noyabr 2023 (UTC)
Roziman — yaxshi taklif. Jamshid Nurqul (munozara) 18:56, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman. Malikxan munozara 22:02, 13-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman. Mirishkorlik (munozara) 02:55, 16-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman. — Kagansky munozara 17:51, 17-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman. — Ibrohimjon 18:37, 19-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman — Vikipediyada status doimiy faoliyat koʻrsatishni talab etadigan katta maʼsuliyat. Bunga imkoni boʻlmagan foydalanuvchilarning statusni olib oʻtirishidan naf yoʻq deb bilaman. Alpasli (munozara) 10:45, 4-May 2024 (UTC)
Roziman - ANJANIY#munozara 06:43, 5-May 2024 (UTC)
Roziman Omensweans
--NMAGAP 16:16, 6-Iyul 2024 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Izohlar
[manbasini tahrirlash]Yuqoridagi mezonlarning hammasiga „maqola nomfazosida“ soʻzlarini qoʻshishni taklif qilaman. Umarxon III (munozara) 02:55, 16-Dekabr 2023 (UTC).
Xulosa
[manbasini tahrirlash]Tamom, kelishdik. Qoidalarga oʻzgartirish kiritildi. Nataev munozara 16:30, 20-Yanvar 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b3/Wikipedia-logo-v2-uz%282%29.svg/150px-Wikipedia-logo-v2-uz%282%29.svg.png)
Hormanglar! Ayni damda qoʻllanilayotgan logomizda imloviy xato bor. Oʻzbek tilining qoidalari boʻyicha „ensiklopediya“ soʻzi kichik harf bilan yozilishi kerak. Qarang: https://lex.uz/docs/1625271#1626120. Xususan, „Vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlar nomi tarkibidagi birinchi soʻz bosh harf bilan boshlanadi: Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi“. (Sovet davrida ishlab chiqilgan qoidalar rus tilidan olingan boʻlib, ruscha, qozoqcha va qirgʻizcha Vikipediyalardagi logolarda bu soʻz kichik harf bilan yozilgan).
Shuningdek, „ochiq“ emas, „erkin“ deb yozish taklif qilinadi. Shunda shiorimiz „Erkin ensiklopediya“ boʻladi. Quyida bu taklif boʻyicha ovoz berishingizni va fikr bildirishingizni soʻrayman. — Bu xabarni Nataev (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi
Rozilar
[manbasini tahrirlash]Roziman – Mirishkorlik (munozara) 15:26, 24-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman – Axadjon1 (munozara) 15:30, 24-Dekabr 2023 (UTC)
- Ikkala taklifga ham
Roziman. Jamshid Nurqul (munozara) 15:38, 24-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman – yaxshiki, Vikipediya bilan kurashib yurgan ayrim shaxslar koʻrmagan bu kabi kamchiliklarni) Alpasli (munozara) 15:41, 24-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman. Bosh sahifa mukammal boʻlishi kerak. Umarxon III (munozara) 15:54, 24-Dekabr 2023 (UTC).
Roziman – Ibrohimjon 16:30, 24-Dekabr 2023 (UTC)
Roziman – qoʻllab-quvvatlayman. Salazarov(gaplashuvuza?) 06:30, 8-Aprel 2024 (UTC)
Roziman – Yaxshi oʻylangan taklif. ANJANIY#gurung 09:04, 5-May 2024 (UTC)
Roziman – Lili (suhbat) 23:54, 6-Iyul 2024 (UTC)
Roziman —Diloromxon 00:02, 7-Iyul 2024 (UTC)
Roziman – BEKIPEDIYA [munozara] 05:46, 7-Iyul 2024 (UTC)
Roziman – Ushbu taklifni qoʻllab-quvvatlayman. UzbekistanWikiEditor (munozara)
Roziman. Humoyun Qodirov (munozara) 17:50, 9-Iyul 2024 (UTC)
Roziman – 7Rapunzel (munozara) 13:40, 10-Iyul 2024 (UTC)
Roziman – Devona Jovliyev (munozara) 13:44, 10-Iyul 2024 (UTC)
Roziman – Hasan Xamidovich (munozara) 18:08, 10-Iyul 2024 (UTC)
Roziman – Artemev Nikolay (munozara) 10:22, 12-Iyul 2024 (UTC)
Roziman Javoxir Yorqulov (munozara) 17:39, 12-Iyul 2024 (UTC)
Roziman – qoʻllab-quvvatlayman. Rabiga Shabatova (munozara) 18:05, 12-Iyul 2024 (UTC)
Roziman – Qoʻllab-quvvatlayman. Komilhuja 18:40, 12-Iyul 2024 (UTC)
Roziman – Muxriddin Azimov (munozara) 18:49, 12-Iyul 2024 (UTC)
- Ikkala taklifni ham qoʻllab quvvatlayman.
Roziman. Miss Kamola (munozara) 01:12, 13-Iyul 2024 (UTC)
Roziman MrShaxas #Munozaracha 20:26, 12-Iyul 2024 (UTC)
Roziman. Nataeva munozara 02:40, 13-Iyul 2024 (UTC)
Roziman – Qoʻllab quvvatlayman Zarifboyev (munozara) 03:10, 13-Iyul 2024 (UTC
Roziman – PanPanChik #yozish 04:42, 13-Iyul 2024 (UTC)
Roziman – Assalomu alaykum, Logoda xatolik boʻlsa, albatta, uni tuzatishga rozilik bildiraman. Aytgancha, havola oʻzbekcha vikipediyaning emas, balki ruscha vikipediyaning logosiga berilibdi. – Visola Tangirova(menga yozish!) 05:20, 13-Iyul 2024 (UTC)
Roziman Logoni yangilash va xatoliklarini toʻgʻirlash yaxshi fikr. Tushunishim boʻyicha logoning asosiy oʻzagi oʻzgarmaydi, undagi kichik elementlar oʻzgaradi. Bir taklifim bor edi, logoni almashtirish masalasiga ish boshlangan ekan oramizdagi dizaynerlikga qobiliyati borlar bilan yangi gʻoyalar qilib logoning yangi va oʻzgacha variantlarini ham yaratib koʻrilsa, balki bundanda yaxshiroq variantlar paydo boʻlar. Panda D (munozara) 08:45, 13-Iyul 2024 (UTC)
Roziman Doniyor Yóldoshev (munozara) 10:31, 13-Iyul 2024 (UTC)
- Xatolar tuzatilishiga
Roziman. Kagansky munozara 12:46, 16-Iyul 2024 (UTC)
Roziman Mirzoulugʻbek |@ 15:01, 17-Iyul 2024 (UTC)
Qarshilar
[manbasini tahrirlash]Betaraflar
[manbasini tahrirlash]Xulosa
[manbasini tahrirlash]Hammaga rahmat! Phabricatorda soʻroq yaratdim. Nataev munozara 14:36, 16-Iyul 2024 (UTC)
- Va nihoyat, logomiz alishdi. Barchamizga muborak boʻlsin! Nataev munozara 16:38, 2024-yil 22-dekabr (UTC)[javob berish]
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Hammaga salom, baʼzi andozalardagi sana formatini oʻzgartirishimiz kerak, menimcha buni faqat interfeys administratorlari qila oladi, munozaralarda imzo qoʻyganda avtomatik paydo boʻladigan sananing formati hozirda „22-yanvar 2024“ (KK-oy YYYY) koʻrinishida, shuni „2024-yil 22-yanvar“ (YYYY-yil KK-oy) koʻrinishidagi formatga oʻtkazsak oʻzbekcha boʻlardi. Bu borada kim qanday fikrda?
Hurmat bilan — Jamshid Nurqul (munozara) 00:04, 23-Yanvar 2024 (UTC)
Rozilar
[manbasini tahrirlash]- Oʻzbekchalashtirish siyosatimizga mos. Imkoni boʻlsa, men qarshi emasman. Salazarov 03:51, 23-Yanvar 2024 (UTC)
- Bu borada Vikipediya tashqarisida ham ayrim tanqidlarni eshitgandim. Tuzatilsa, ancha maqbul boʻlardi deb oʻylayman. Shu boisdan
Roziman. Alpasli (munozara) 07:55, 23-Yanvar 2024 (UTC)
- Juda ajoyib ish boʻlardi. Anchayin tushunarli va oʻzbekcha. Mirishkorlik (munozara) 14:07, 27-Yanvar 2024 (UTC)
Roziman. Nataev munozara 17:29, 14-Fevral 2024 (UTC)
Roziman. — Kagansky munozara 17:42, 14-Fevral 2024 (UTC)
Roziman. — Muxriddin Azimov (munozara) 18:47, 14-Fevral 2024 (UTC)
Roziman. Ibrohimjon 02:51, 15-Fevral 2024 (UTC)
Roziman. Mirzoulugʻbek |@ 22:00, 2-Aprel 2024 (UTC)
Roziman Men qo'llab quvvatlayman. MrShaxas #Munozaracha 10:48, 4-May 2024 (UTC)
Roziman. Sanalar, xususan, maqolalarda ham K/O/Y koʻrinishida emas, balki Y/K/O koʻrinishida beriladi. ANJANIY#gurung 09:09, 5-May 2024 (UTC)
Roziman. Humoyun Qodirov (munozara) 17:49, 9-Iyul 2024 (UTC)
Roziman — Qoʻllab-quvvatlayman. Devona Jovliyev (munozara) 13:47, 10-Iyul 2024 (UTC)
Roziman — „Davlat tilida ish yuritish“ (27-bet) qoʻllanmasida ham sanalar (YYYY-yil KK-oy) shakli qoʻllanishi koʻrsatilgan ekan. BEKIPEDIYA [munozara] 14:16, 10-Iyul 2024 (UTC)
Roziman. Haqiqatdan ham hammaga qulay boʻlar edi. Lili (suhbat) 14:33, 10-Iyul 2024 (UTC)
Roziman — kundalik hayotda ham taklif qilinayotgan formatdan foydalanamiz koʻproq. Vikipediyadaa ham shu formatga oʻtsak yaxshi boʻlar edi. Hasan Xamidovich (munozara) 18:06, 10-Iyul 2024 (UTC)
Roziman. Malikxan munozara 04:19, 11-Iyul 2024 (UTC
Roziman — PanPanChik #yozish 04:43, 13-Iyul 2024 (UTC)
Xulosa
[manbasini tahrirlash]Qarshilar yoʻq. Phabricatorda tegishli soʻrov yaratildi.
Malikxan munozara 05:25, 11-Iyul 2024 (UTC)
- 2024-yilnign sentyabr oyida oyida amalga oshdi. Munozarani yopaman. Nataev munozara 16:41, 2024-yil 22-dekabr (UTC)[javob berish]
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
Ordenlar sahifasini toʻliq yangilash
[manbasini tahrirlash]Hammaga salom, bilamizki, oʻzbekcha Vikipediyadagi „Ordenlar“ sahifasi hozirgi koʻrinishda ancha kambagʻal, boshqa, xususan, inglizcha Vikipediyada mavjud ordenlarning juda koʻpchiligi bu sahifada yoʻq. Shularni hisobga olgan holda men hozirda mavjud „Ordenlar“ sahifasini inglizcha Vikipediyadagi deyarli barcha ordenlarni oʻz ichiga olgan mana bu sahifa bilan almashtirishni taklif etaman (keyinchalik bu sahifaning ostsahifalari va bunga ulangan boshqa sahifalar ham tarjima qilinadi va orden va boshqa mukofotlar haqidagi sahifalar boyib boradi, hozirda bu sahifada keltirilgan ordenlarning andozalari yaratilyapti). Bunda „Ordenlar“ sahifasidagi eski yozuvlarning barchasi oʻchirilib, oʻrniga yangi sahifadagi yozuvlar oʻtkaziladi. Yangi tahrirda har bir orden uchun qoʻllash kodi aniq koʻrsatilgan boʻlib, ordenni kimgadir topshirish ancha osonlashadi.
Hurmat bilan Jamshid Nurqul (munozara) 13:30, 21-Mart 2024 (UTC)
- Zoʻr, baraka toping! Ordenga arzigulik ish boʻlibdi. :) Nataev munozara 14:17, 21-Mart 2024 (UTC)
- Tashakkurlar. :) Jamshid Nurqul (munozara) 13:23, 22-Mart 2024 (UTC)
Fikrlar
[manbasini tahrirlash]Roziman — Siz taklif etgan sahifa bilan tanishib chiqib, shuni ayta olamanki, yangi sahifada koʻplab chalkashliklarni oldini oluvchi, shuningdek, Vikipediya tahrirchilari uchun ijobiy turtki beruvchi ajoyib ordenlar kirib keladi. Ushbu tashabbusingiz uchun rahmat. Kamol Azzam (munozara) 14:26, 21-Mart 2024 (UTC)
- Berilgan ost sahifa bilan tanishib chiqdim. Oʻylaymanki, siz taklif qilayotgan ordenlar yangi foydalanuvchilarni ham, avvaldan tahrirlarda faol qatnashib kelayotgan foydalanuvchilarni ham Vikipediyaga boʻlgan qiziqishini orttirishga yordam beradi. Shuni hisobga olgan holda, mazkur taklifni amalda qoʻllanilishiga
Roziman. PanPanChik #yozish 15:29, 21-Mart 2024 (UTC)
- taklif etilayotgan ordenlar yaqin/uzoq kelajakda foydalanuvchilarni ragʻbatlantirishda/ularni faollikka chorlashda ajoyib vosita boʻlishiga ishonchim borligi sababli
Roziman. Alpasli (munozara) 16:04, 21-Mart 2024 (UTC)
Roziman. Shu mavzuni oxiriga yetkazaman deb bel bogʻlagan kishi topilganidan xursandman. Bir-ikki takliflarim bor. Bamaslahat keyin birgalikda amalga oshirishamiz nasib boʻlsa. — Kagansky munozara 16:54, 21-Mart 2024 (UTC)
Roziman — tahrirchini qiziqtirishning eng yaxshi yoʻli, bu sahifa esa ayni muddao. Tushunarli va muqobillik asosida. Mirishkorlik (munozara) 19:03, 21-Mart 2024 (UTC)
Roziman — taklif berilayotgan ordenlar goʻzal chiqibdi. Ibrohimjon 01:25, 22-Mart 2024 (UTC)
Roziman. Vaqt topib, VikiIzhor asbobiga ham kiritib chiqaman. Juda ajoyib chiqibdi, ustida mehnat qilganlarga tashakkurlar! Salazarov 21:42, 2-Aprel 2024 (UTC)
Roziman. Taklif qilinayotgan ordenlar goʻzal chiqibdi. Kelajakda mehnat qilgan foydalanuvchilarga bu ordenlaringiz mukofot sifatida beriladi degan umiddaman. Qoʻllaringiz dard koʻrmasin! Mirzoulugʻbek |@ 21:59, 2-Aprel 2024 (UTC)
Xulosa
[manbasini tahrirlash] Bajarildi. Bundan nari yuqoridagi ordenlarni berishga oʻtamiz! Nataev munozara 23:44, 6-Aprel 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
- Quyidagi munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.
AT uskunasidan foydalanish uchun cheklov oʻrnatish
[manbasini tahrirlash]Hammaga salom. Mana shu fikrlar boʻyicha taklifga binoan alohida munozara ochdim. Ruscha Vikipediyada faqatgina avtomatik patrullanuvchi va undan yuqori statusga ega foydalanuvchilarga tarjimadan foydalanish huquqi qoldirilgan edi. UzWikida ham patrullovchi yoki eski holiga qaytaruchi va undan yuqori statusni olgan foydalanuvchilarda AT uskunasidan foydalanish huquqi qoldirilishini taklif qilaman. Hurmat bilan, Umarxon III (munozara) 11:22, 4-May 2024 (UTC).
- Goʻzal ish boʻlardi aslida. Ammo… Yangi foydalanuvchilarning hammasi ham kod orqali maqola yaratishni yaxshi bilmaydi. Yana bir tarafi – Google tarjimon orqali baribir oʻsha gʻaliz jumlalar koʻchirib oʻtkazilishi mumkin (Kopi-past qilib). Hasan Xamidovich (munozara) 11:45, 4-May 2024 (UTC)
- Juda-juda yaxshi taklif. Uzoq oʻyladim va shu eng toʻgʻri yechim ekanini xulosa qildim. Ayni damda ruwikida chindan avtopatrullangan huquqiga ega boʻlmagan foydalanuchi tarjima qilmoqchi boʻlsa, «В русской Википедии использование инструмента перевода доступно только автопатрулируемым» degan ogohlantirish chiqadi va tarjima maqolani chop eta olmaydi. „WikiStipendiya“ doirasida oʻta sifatsiz tarjima maqolalar yaratilayotgan bir paytda eng toʻgʻri yechim shu boʻladi. Barchani faol fikr bildirishga chorlayman. Nataev munozara 23:55, 6-Iyul 2024 (UTC)
- AT borasida Umarxon III berayotgan ushbu taklifni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman. Jamshid Nurqul (munozara) 00:11, 7-Iyul 2024 (UTC)
Roziman Umarxon III bergan takliflarini toʻliq qoʻllab quvvatlayman, Vikipediya uchun manfaatli boʻladi albatta.Axadjon1 (munozara) 01:56, 7-Iyul 2024 (UTC)
- Men ham boshida ikkilangan edim bu taklifga rozilik berishga. Lekin hozirgi sifatsiz tarjimalardan keyin bu ikkilanishim yoʻqoldi. Taklifni toʻliq qoʻllab-quvvatlayman. – Hasan Xamidovich (munozara) 02:41, 7-Iyul 2024 (UTC)
- AT borasida juda yaxshi taklif. Soʻnggi paytda avtomat tarjimalar va avtomat tarjima qiluvchilar soni oshib borayotganligi sababli ushbu taklifni amalga oshirilishi tarafdoriman.Panda D (munozara) 06:46, 7-Iyul 2024 (UTC)
- Dono taklif. Qoʻllab-quvvatlayman. Kagansky munozara 14:32, 7-Iyul 2024 (UTC)
- Vikipediyamiz sifati uchun qoʻllab quvvatlayman. ANJANIY#gurung 17:29, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Juda zoʻr taklif, qoʻllab-quvvatlayman. YouTube ga joylangan AT orqali maqola yaratish haqidagi videodarslik oʻchirilsa ham juda goʻzal ish boʻlardi, menimcha. MirfayzbekAbdullayev (munozara) 17:31, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Videoni oʻchirmay, shunchaki yashirib qoʻyishimiz mumkin. Boshqalar ham bu taklifni qoʻllasa, shunday qilamiz. Nataev munozara 17:34, 9-Iyul 2024 (UTC)
- @MirfayzbekAbdullayev, bergan taklifingiz oʻrinli, videoni yashirib qoʻysak ham foyda koʻproq boʻlishi mumkin. Jamshid Nurqul (munozara) 17:40, 9-Iyul 2024 (UTC)
- ushbu taklifni qoʻllab-quvvatlayman. wikitolog (munozara) 17:36, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllab-quvvatlayman UzbekistanWikiEditor (munozara) 17:44, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Qoʻllab-quvvatlayman. Humoyun Qodirov (munozara) 17:47, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Yaxshi boʻlardi. Manba kodi sifatida maqola yaratish ancha havfsizroq AT borasida. Menimcha, shundagina haqiqiy maqola yozgandek boʻladi kishi)). Divergent08 (munozara) 18:01, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Sifat eng muhumi. Abilqosimova (munozara) 23:15, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Muhim qadamni
qoʻllab quvvatlayman Mirishkorlik (munozara) 20:48, 9-Iyul 2024 (UTC)
- Juda manfaatli taklif boʻlibdi. Qoʻllab quvvatlayman! Muxriddin Azimov (munozara) 00:41, 10-Iyul 2024 (UTC)
- Umarxon III ni taklifi oʻrinli taklif men ham
qoʻllab quvvatlayman Mirzoulugʻbek |@ 13:12, 10-Iyul 2024 (UTC
Roziman — BEKIPEDIYA [munozara] 14:20, 10-Iyul 2024 (UTC)
Roziman — Artemev Nikolay (munozara) 10:20, 12-Iyul 2024 (UTC)
Roziman —PanPanChik #yozish 15:53, 12-Iyul 2024 (UTC)
Roziman — Visola Tangirova(menga yozish!) 05:34, 13-Iyul 2024 (UTC)
- Fikrimcha, bu yaxshi taklif, ammo AT qilaman degan odam tarjima sahifasi boʻlmagan taqdirda ham qiladi. Hozir tarjima sahifasida hech boʻlmaganda 85 foizdan kam o'zgartirilmagan matnni chop qilib boʻlmaydi, ammo manba kodidan yaratganda Googledan tarjima qilib, hech qanday oʻzgartirishsiz chop qila oladi. Bu esa AT ni yanada koʻpayishiga olib keladi.
Tarjima sahifasida manbalar avtomat koʻchiriladi, toʻgʻridan-togʻri, manba kodidan yaratganda shu manbalarni koʻchirib oʻtkazish mushkul. Tarjima sahifa nisbatan boʻlsa ham maqolani hech boʻlmaganda ko'rinishini saqlab qoladi. Tarjima sahifasi cheklanishi maqoladagi manbalar va uni tashqi koʻrinishi, ba'zi jadvallari, xattoki bilgiquti ham manba kodi qilib yaratilganda qiyin boʻlganligi uchun qilinmaydi, qilinsa ham "qoʻl uchida", bormi bor degandek qilinadi. Bu esa maqolalarni sifatini qaytanga tushiradi deb oʻylayman. Lili (suhbat) 07:05, 18-Iyul 2024 (UTC)
- Salom, lekin manba ko‘chirishni yana oson yo‘li bor enwikidan bo‘lsa vizual tahrirga o‘tib so‘ng manbani Ctrl+C orqali olib uzwikidagi maqolaga Ctrl+v qilib tashlasak hech qanday muammolarsiz o‘tadi. Ko‘p mashina tarjimasidan foydalanilganda qizil bo‘lib chiqib qoladi, lekin copy paste qilganda bu muammo kuzatilmaydi. O'ylaymanki bu muamkmoga yechim topidh muammo bo'lmaydi. MrShaxas #Munozaracha 08:35, 18-Iyul 2024 (UTC)
Dastlabki xulosa
[manbasini tahrirlash]Hammaga rahmat! Qarshilar yoʻq.
Уважаемые Tchenand, wanderer и Rich Flight22, как в рувики, хотим подключить функцию машинного перевода из других языковых разделов только для тех, у кого есть флаг автопатрулируемого. Не подскажите как вы это реализовали? На Фабрикаторе ничего не нашёл. Nataev munozara 23:27, 17-Iyul 2024 (UTC)
- Malikxan allaqachon soʻrov yaratibdi. Katta rahmat! Nataev munozara 20:09, 18-Iyul 2024 (UTC)
Bajarildi. Hammamizga muborak boʻlsin. Ishimiz oz boʻlsa-da yengillaydigan boʻldi. Nataev munozara 21:53, 1-avgust 2024 (UTC)
- Ushbu munozara yopiq. Iltimos, bu yerga oʻzgartirishlar kiritmang.