Kontent qismiga oʻtish

Vikipediya:Forum

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Vikipediya:FORUMdan yoʻnaltirildi)
Forum boʻlimlari


Qoidalar
mavzu qoʻshish, kuzatish, qidirish
Mavjud va taklif etilajak qoidalar muhokamalari


Texnik savollar
mavzu qoʻshish, kuzatish, qidirish
Vikipediyaga oid texnik savollar muhokamalari


Takliflar
mavzu qoʻshish, kuzatish, qidirish
Qoidalarga oid boʻlmagan takliflar muhokamalari


Yangiliklar
mavzu qoʻshish, kuzatish, qidirish
Vikimedia loyihalariga oid yangiliklar va eʼlonlar


Yordam
mavzu qoʻshish, kuzatish, qidirish
Yangi foydalanuvchilar tomonidan berilgan savollar

Forum boʻlimlarining barchasini bir sahifada kuzatish

Forumning ushbu boʻlimi Vikipediyaga oid eng umumiy savollarni muhokama qilish uchun moʻljallangan.


Arxiv


„Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ bandiga mos keladigan eski maqolalarni oʻchirish yuzasidan soʻrovnoma

[manbasini tahrirlash]

anchadan buyon avtomat tarjima andozasi qoʻyilgan koʻplab maqolalar hech qanday tahrirsiz shundogʻligicha „yotibdi“. ularni tahrir qiluvchi foydalanuvchilar esa deyarli yoʻq hozirda. jamoatchilik, ayniqsa, taniqli ziyolilar orasida mashina tarjimasi holatidagi baʼzi maqolalar misol tariqasida koʻrsatilishi kabi holatlar koʻzga tashlanib turganidan koʻpchilik xabardor. buning kabi holatlar oʻzbekcha Vikipediya obroʻyiga putur yetkazishini hisobga olib, „Tuzatib boʻlmas mashina tarjimasi“ bandiga yaqqol mos keladigan maqolalarni zudlik bilan oʻchirilishini taklif etaman. ovozga qoʻyilayotgan bu taklif maʼqullansa, bu turkumdan boshlash asnosida oʻchirish bilan bogʻliq jarayonlarda faol ishtirok etish niyatida ekanimni maʼlum qilaman. Alpasli (munozara)

shuningdek, mana bu muhokama jarayonida aksariyat foydalanuvchilar mashina tarjimasi asbobini yopish va yaratilgan axlat maqolalarni yoppasiga oʻchirish taklifini qoʻllaganini eslatib oʻtish oʻrinlidir. Alpasli (munozara)

Mashina tarjimasidan iborat maqolalar borasida turli vikilarda turlicha yoʻl tutiladi. Masalan, enwikida kamdan-kam holatlarda AT maqolalar darrov yoki muhokamasiz oʻchiriladi. Ruwikida oʻchirish ehtimoli kattaroq, ammo odatda muhokama qilishadi. Ammo bu ikki tilga mashina ancha tuzuk oʻgiradi. Oʻzbekchaga esa rasvo tarjima qiladi. Oʻzbekcha Vikipediya Telegram kanalida #smotriteshuningdek rukni ostida eʼlon qilingan ayrim postlar bunga yaqqol misol. Shuning uchun bir-ikki kichik tuzatish bilan oʻnglab boʻlmaydigan maqolalarni muhokamasiz oʻchirish tarafdoriman. Nataev munozara 18:06, 7-Yanvar 2024 (UTC)

Ushbu taklif qoida sifatida qabul qilingan taqdirda ham, oʻchirish huquqi bor foydalanuvchilarga istalgan maqolani muhokamasiz oʻchirib yuborish huquqi berilmasligi kerak. Yuqorida koʻrsatilgan turkumda avtomat tarjima boʻlmagan maqolalar ham mavjud va bu shaxsiy tajribada ham boʻlgan. AT sifatida koʻriladigan maqolalar asoslangan holda oʻchirilishi kerak. Shunchaki turkumda borligi uchun oʻchirish xato boʻladi, deb oʻylayman. Laziz Baxtiyorov (munozara) 08:14, 8-Yanvar 2024 (UTC)

yuqorida mashina tarjimasi yaqqol koʻzga tashlangan jarayonlrdagina oʻchirish haqida gap borgan. bu jarayonga bir kishi ishtirok etishi mumkin emas, albatta. fikr uchun tashakkur. Alpasli (munozara) 14:49, 8-Yanvar 2024 (UTC)

Yuqoridagi fikrlarga qoʻshilgan holda, tuzatib boʻlmas avtomat tarjima maqolalarni hech bir munozarasiz oʻchirib tashlash fikrini  qoʻllab-quvvatlayman. Biz uchun oliy mezon — sifat! Jamshid Nurqul (munozara) 11:37, 9-Yanvar 2024 (UTC)

Qo‘shimcha ravishda avtomat tarjima alomatlari bo‘lgan, lekin ahamiyati kuchli maqolalarni stub shaklida saqlab qolishlikni taklif qilaman. Huddi Kolbasa nomli maqolada qo‘llanilganidek. 16:46, 6-Iyul 2024 (UTC) PanPanChik #yozish 16:46, 6-Iyul 2024 (UTC)
  1.  Roziman – Avtomat tarjima alomatlari bor va AT andozasi qoʻyilganidan soʻng qisqa vaqt ichida tahrir qilinmagan har qanday maqolani oʻchirilishi tarafdoriman.   Mirzoulugʻbek |@  15:50, 6-Iyul 2024 (UTC)
  2.  Roziman – Tuzatib boʻlmas avtomat tarjima maqolani oʻchirib uni qaytadan toʻliq yaratmoqchi boʻlganlarga imkon berish kerak. Chunki qaytadan tahrirlab chiqqandan koʻra boshidan tarjima qilib maqola shakllantirmasdan osonroq. PanPanChik #yozish 16:43, 6-Iyul 2024 (UTC)
  3.  Roziman – Yuqorida oʻchirish boʻyicha bildirligan fikrlarni qoʻllab quvvatlayman.AT andozasi qoʻyilgan lekin qisqa vaqtda yaxshi holatga keltirilmagan maqolalarni oʻchirish tarafdoriman Muxriddin Azimov (munozara) 18:25, 6-Iyul 2024 (UTC)
  4.  Roziman – bu haqda yuqorida ham fikr bildirganman. Jamshid Nurqul (munozara) 21:10, 8-Iyul 2024 (UTC)