Veb Dasturlash
Paradigmalari | Dasturlashning veb sahifa va veb ilovalar ishlab chiqish sohasi |
---|---|
Tuzilgan yili |
Veb 1.0 : 1990-2000 Veb 2.0 : 2000-2010 Veb 3.0 : 2010-hali ham rivojlanyapti |
Bunga asos boʻlgan tillar | |
HTML, CSS, JavaScript |
Umumiy taʼrif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tim Bernars-Lee 1989-yilda Butunjahon Oʻrgimchak Toʻri (inglizcha: World Wide Web) deb atalgan va butun dunyo boʻylab maʼlumot ulasha oladigan tizimga asos soldi[1]. Shundan buyon Butunjahon Oʻrgimchak Toʻri ulkan rivojlanishlarga erishdi va hali ham rivojlanib kelyapti. Maʼlumotlar asosan veb brauzer orqali ulashiladi.
Veb Dasturlash esa veb brauzerda ishlaydigan veb sahifa va veb ilovalarni ishlab chiqish va ularning sifatini doimiy ravishda nazorat qilish sohasidir. Kundalik ravishda dunyo aholisining juda katta qismi foydalanadigan Google, Yandex va Facebook tarmoqlari Veb Dasturlashning namunalaridir [2]. Veb Dasturlash va Veb Dizayn oʻzaro yaqin soha hisoblanadi. Veb Dizayn — veb sahifa va veb ilovalarning koʻrinishini yaratish boʻlsa, Veb Dasturlash ularga turli xil imkoniyatlarni qoʻshishga yordam beradi.
Qismlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Veb Dasturlashda foydalaniladigan asosiy vositalarga HTML(Hypertext Markup Language), CSS (Cascading Style Sheets) va JavaScript kiradi[3].
HTML — veb sahifa va veb dasturlarning tashqi koʻrinishida aks etgan elementlarning tartibini belgilaydigan til hisoblanadi.
CSS esa elementlarning foydalanuvchiga yanada tartibli, chiroyli va moslashuvshan koʻrinishiga javob beradi.
JavaScript — HTML va CSS orqali chiroyli koʻrinishga keltirilgan veb sahifa yoki veb ilovaga turli vazifalarni bajara oladigan imkoniyatlar qoʻshish uchun ishlatiladi.
Bu vositalar orqali Veb Dasturlashning Front End qismi yaratiladi. Veb Dasturlashning yana bir qismi Back End deb ataladi. Back End ham oʻz oʻrnida turli vositalar orqali hosil qilinadi. Front End va Back End API orqali oʻzaro birga ishlaydi.
API — Back End va Front End oʻrtasida maʼlumot almashish uslubi[4].
Front End Dasturlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Front End Dasturlash — veb sahifa va veb ilovalarning foydalanuvchiga koʻrinadigan qismini hosil qilish sohasidir. Bu qism HTML, CSS va JavaScript vositalari orqali yaratiladi. Bu vositalar bilan ishlaydigan kasb egasini Front End Dasturchi deb ataladi. Front End Dasturchiga qulayliklar yaratish maqsadida turli xil qoʻshimcha vositalar, jumladan, Sass, Bootstrap, React yaratilgan. Bu vositalar veb sahifaning foydanalanuvchi koʻradigan qismini tezroq va osonroq yaratishga yordam beradi[5].
Back End Dasturlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Front End Dasturlash veb sahifa yoki veb ilovaning koʻrinishiga javobgar boʻlsa, Back End qanday ishlashiga javob beradi. Back End Dasturlash maʼlumotlarni veb brauzerning foydalanuvchi koʻradigan qismiga qanday uzatilishini taʼminlaydi[6]. Back End Dasturlashda ishlatiladigan vositalar juda koʻp. Ulardan eng ommaboplari PHP, Ruby, Python, Node.js va C#(inglizcha:[si shɑrp])[7]
Maʼlumotlar Bazasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumotlar Bazasi — Foydalanuvchiga kerakli yoki u tomonidan kiritiladigan, saqlanadigan, qayta ishlanadigan yoki oʻchiriladigan maʼlumotlar yigʻindisidir. Eng mashhur maʼlumotlar bazasiga Oracle, MsSQl, MySQL va boshqalar kiradi[8].
Veb Xavfsizlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Front End va Back End Dasturlashda yoʻl qoʻyilgan kichik xato ham veb sahifa yoki ilovadagi muhim va jiddiy maʼlumotlarni xaker tomonidan oʻgʻirlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Veb Xavfsizlik esa veb sahifa va ilovaning xavfsizligini taʼminlovchi soha hisoblanadi[9] va quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
Maʼlumot xavfsizligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu orqali veb sahifa yoki ilovadagi maʼlumotlarga qilingan hujumga yoki ularga qoʻshimcha kiritish kabi holatlarning oldi olinadi[10].
Aloqa xavfsizligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turli qurilmalar oʻzaro ishlashi mobaynida uzatiladigan va qabul qilinadigan maʼlumotlarning xavfsizligini taʼminlaydi[11].
Shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Foydalanuvchiga tegishli maʼlumotlarning, jumladan, foydalanuvchi nomi, maxfiy kaliti va toʻlov vositalarining xavfsizligini taʼminlaydi[12].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [https://home.cern/science/computing/birth-web/short-history-web
- ↑ [https://starry.com/blog/inside-the-internet/how-big-is-the-internet
- ↑ https://brainstation.io/career-guides/what-is-web-development
- ↑ https://aws.amazon.com/what-is/api
- ↑ https://brainstation.io/career-guides/what-is-web-development
- ↑ https://www.upwork.com/resources/beginners-guide-back-end-development
- ↑ https://learn.microsoft.com/en-us/dotnet/csharp/tour-of-csharp/
- ↑ https://www.oracle.com/database/what-is-database/
- ↑ https://developer.mozilla.org/en-US/docs/Web/Security
- ↑ https://web.dev/csp/
- ↑ https://www.sciencedirect.com/topics/computer-science/connection-security-rule
- ↑ https://www.ibm.com/topics/data-security