Kontent qismiga oʻtish

Varshava mudofaasi (1939-yil)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Varshavaning taslim bo'lishi
Sanalar 1939-yil 2—28-sentyabr
Urush yeri Varshava, Polsha
Sabab Nemis armiyasining bostirib kirishi
Natija Varshava taslim bo'ldi
Raqiblar
Germanya
Qoʻmondonlar
R.Umyastovskiy Yuliush Rummel
Yoʻqotishlar
38 ta havo samalyotlari

Varshava mudofaasi (1939-yil 8—28 sentyabr) – Ikkinchi Jahon urushi paytida Polsha qoʻshinlari tomonidan mamlakat poytaxti Varshava shahrini Germaniya armiyasi va havo kuchlaridan himoya qilish maqsadida tashkil etilgan.

Varshavaning strategik ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya armiyasi uchun Varshava Polshaning muhim siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va asosiy transport markazi edi. Varshava shahridagi koʻpriklar Germanya armiyasi tomonidan qoʻlga kiritilganda, Polsha armiyasining taʼminoti yomonlashdi. Natijada tinch aholini mamlakatning gʻarbiy mintaqalaridan evakuatsiya qilish ishlari boshlandi. Varshava sanoatda ham yirik markazlardan edi.

Himoyaga tayyorgarlik

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Varshava himoyachilari va tinch aholi. 1939-yil

3-sentyabr kuni Polsha harbiy vaziri nemis armiyasining Chenstoxovga harbiy yurishiga qarshilik qilish uchun Varshavani janubdan mudofaa qilish toʻgʻrisida qaror imzoladi. Qarorga koʻra, Varshava janubidagi koʻpriklar muhofazaga olinishi hamda chegarani buzish holatlari kuzatilgan taqdirda portlatish koʻzda tutulgandi. Oʻsha paytda Varshava mudofaasiga general Valerian Chuma boshchilik qilgan. Valerian 5-sentyabr kuni generallar Kutsheba va Bortnovsko qoʻshinlari kelguniga qadar Varshava koʻpriklarini himoya qilish buyrugʻini oldi.

Xuddi shu kuni, 1939-yil 5-sentyabrda Varshavada Qizil xoch harbiy otryadlar, oʻt oʻchirish brigadalari va koʻngillilardan iborat qoʻshin tashkil etildi. 36-piyoda guruh zahiradagi askarlaridan ham bir nechta otryadlar tuzildi.

6-sentyabr kuni Varshava havo kuchlari Brestga koʻchirildi. Himoya jarayonigacha Varshava armiyasi 38 ta samolyotini (uskunaning 70 foizini) yoʻqotdi[1]. Xuddi shu kuni general Chuma poytaxtning harbiy omborlarini ochishni, harbiylarga, ishchilarga va shaharni himoya qilishni istagan har bir koʻngilli kishiga qurol tarqatishni buyurdi. Uning buyrugʻi bilan Varshava mudofaa brigadasi kuchaytirildi.

1939-yil 7-sentyabr kuni tongda Polsha armiyasi targʻibot boʻlimi boshligʻi podpolkovnik R.Umyastovskiy nemis qoʻshinlariga qarshi kurashayotgan poytaxt aholisini Varshavani tark etishga chaqirdi. Aholini Vislining sharqiy qirgʻogʻiga evakuatsiya qilishdi va shu yerdagi Polsha harbiy armiyasiga qoʻshilishga buyruq berildi. Natijada, koʻplab koʻngillilar Varshavani tark etishdi. Bu esa poytaxt harbiy qoʻmondonligi zahirasi kuchsizlanganidan dalolat berdi[2].

Varshava janglari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Varshava uchun janglar 8-sentyabrda boshlandi. Shu kuni Germaniyaning 10-batalyon boʻlinmalari taxminan soat 17:00 da shaharning janubiy qismiga bostirib kirishdi. Germanyaning birinchi hujumi Polsha qoʻshinlari tomonidan qaytarildi. Polsha sharqidan Varshavaga qoʻshimcha kuchlar yetib keldi. Magʻlubiyatga uchragan nemis qoʻshinlari ham qoʻshimcha kuch bilan gʻarbdan yana bir bor yaqinlashdi. Keyingi yurushlarda Varshava mudofaasiga general Yuliush Rummel qoʻmondonlik qildi.

Gitler Varshava yaqinidagi Germanya armiyasi qoʻshinlarida.

Hujumlar 9—10 sentyabr kunlari takrorlandi. Nemislar shahar mudofaasining kuchini baholab, 12-sentyabr kuni Varshavaga hujum oʻrniga qamal qilishni boshladi. 12-sentyabrda Gitler, Gering va Keytel Varshava yaqinidagi frontga kelishdi. 14-sentyabrda 3-batalyon boʻlinmalari Varshavani shimoli-sharqdan qamrab olishdi. Natijada shahar toʻliq halqasimon qurshab olindi.

15-sentyabrda nemislar polyaklarga shahar 12 soat ichida taslim boʻlishi taklifini berishdi. 16-sentyabr kuni nemislar elchi yuborishdi. Ammo nemislar taklifni rad etishdi. 17-sentyabr kuni Polsha qoʻmondonligi nemislarga tinch aholini shahardan evakuatsiya qilishga ruxsat soʻrab murojaat qildi.

Bu vaqtda Varshavaning gʻarbiy qismida Bzura jangi boʻlib oʻtdi. Polsha qoʻshinlari gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomondan Polshaga kirib kelayotgan 8-nemis batanyoniga hujum qilishdi. Yordam tariqasida 10-batalyon Varshavadan gʻarbga tanklar yuborishi kerak edi. Ortdan esa 31-piyoda askarlar otryadi Polsha poytaxtini gʻarbdan qamal qilishni davom ettirdi.

Bzura jangi tugagach, 8-nemis batanyoni qoʻmondoni Blaskovichga Polsha poytaxtini havodan zarbalar orqali bosib olish vazifasini berdi. 19-sentyabrda umumiy hujumga buyruq berildi. 22-sentabr kuni havodan hujumlar boshlandi. 25-sentyabr kuni havo janglariga 1150 ta Luftwaffe samalyotlari qoʻshildi[3].

Polshalik bola Varshava vayronalarida. Amerikalik fotograf Juliena Brayana

Ikki ming nemis quroli kuchlari Varshavani bombardimon qildi. Katta taʼsirga ega snaryadlar bilan oʻqqa tutildi. Bu esa tinch aholining qurbon boʻlishiga olib keldi[4].

24-sentabrda Varshavaning eng katta elektr stansiyasi ishdan chiqdi. Telefon va radio aloqalari ishlamay qoldi. 25-sentyabrda oziq-ovqat savdosi toʻxtab, ommaviy ocharchilik boshlandi[4].

26-sentyabrda nemis qoʻshinlari yana bir bor shaharga hujumni boshladilar. Asosan janubi-gʻarbiy chekka – Mokotov va Chernyakuva shaharlaridan[4].

General Tadeush Kutrsheba Blaskovich bilan muzokaralarga kirishish jarayoni

Polsha harbiy qoʻmondonligi va jamoatchilik vakillaridan iborat fuqarolik qoʻmitasi keyingi yurishlarga qarshilik qilish imkonsiz degan xulosaga keldi. 26-sentyabrda general Yuliush Rummel nemis qoʻmondonligi bilan taslim boʻlish toʻgʻrisida muzokaralarni boshladi. 27-sentyabr kuni soat 14:00 da keltirilgan yongʻin toʻxtatildi. 1939-yil 28-sentyabr soat 13:00 da „Shkoda na Rakovse“ zavodida general Tadeush Kutzeba va Blaskovich tomonidan shahar taslim boʻlish toʻgʻrisidagi akt imzolandi[4][5].

Polsha qoʻshinlaridan 5031 ofitser va 97425 askar nemis armiyasiga taslim boʻldi. Baʼzi polshalik ofitserlar oʻz joniga qasd qilishdi. Askarlar qurollarini dushmanga topshirishni istamay, yashirishdi yoki yaroqsiz holatga keltirishdi. Bir nechta boʻlinmalar toʻxtashni va taslim boʻlishni rad etishdi[4][5].

1939-yil 1-oktyabrda soat 10:00 da Germaniyaning 10-piyodaVarshava shahriga toʻlaqonli kirdi[4].

  1. „obrona-warszawy-1939“. 2018-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-sentyabr.
  2. Polskoe rabochee dvijenie v godi voyni i gitlerovskoy okkupatsii (sentyabr 1939 – yanvar 1945) / M. Malinovskiy, Ye. Pavlovich, V. Poteranskiy, A. Pshegonskiy, M. Vilyush. – M.: Политиздат, 1968. – S. 23.
  3. Zaloga, S. J., 2002, Poland 1939, Oxford: Osprey Publishing Ltd., ISBN 9781841764085 – p.75
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 Nemeskoe vtorjenie v Varshavu
  5. 5,0 5,1 28.09.39 – pala Varshava
  • Varshavaning taslim boʻlishi (1939-yil)