Chenstoxova
Qiyofa
Chenstoxova — Polshaning janubiy qismidagi shahar. Varta daryosi boʻyida. Chenstoxova voyevodaligining maʼmuriy markazi. Aholisi 248,9 ming kishi (2004). Transport yoʻllari chorrahasi. Metallurgiya, mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat, qogʻoz, mebel sanoati korxonalari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan 15—18-asrlarda qurilgan binolar (paulinlar monastiri) saqlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |