Varaxsha tabiat yodgorligi
Varaxsha tabiat yodgorligi — Buxoro viloyatining Jondor tumanida, Jondor shahridan 11 km shimoli-gʻarbda joylashgan[1].
Tashkil etilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Varaxsha“ tabiiy yodgorligi Buxoro viloyati hokimligining 1994-yil 21-apreldagi K-83-sonli qarori bilan tashkil etilgan. SSSR davrida u qo‘riqxona maqomiga ega edi.
Tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Varaxsha tabiat yodgorligining umumiy maydoni — 9,0 gektarni tashkil etadi. Varaxsha — qadimiy shahar harobasi hisoblanadi. U Buxorodan 40 km shimoliy-gʻarbda, Dashti Urganji koʻlining qadimiy Rajfandun vohasida joylashgan. Varaxsha maydoni 9 ga va balandligi 10-20 metrli ulkan tepalik shaklida saqlanib qolgan. Mazkur obyekt Jondor tumani madaniy meroslar roʻyxatida turadi. Obyekt tuman zahira maydonlari hududida joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq madaniy meros sifatida qayta tashkil etilgan[2].
Tabiati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiiy yodgorlikning faunasi hozirgi kunda choʻl zonasiga mansub turlardangina tarkib topgan. Hududda yovvoyi oʻsimliklardan daryo terrasa va qayirlarida qamish, ro‘vak, bug‘doyiq, sho‘rajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulg‘un, shoʻrxok yerlarida esa pashmakshoʻra, oqsho‘ra, qumli choʻl hududlarida oq saksovul, boyalich, quyonsuyak, selin, astragal va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qumli choʻl qismlarida sudraluvchilar va kemiruvchilar, qushlaridan esa qirg‘ovul, loyxo‘rak, so‘fito‘rg‘ay, zarg‘aldoq, chumchuq va boshqa turlar uchraydi. Herpetofaunasi esa oʻrganilmagan.
Foydalanish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiiy yodgorlik hududidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalaniladi. Bogʻning uchdan bir qismi allaqachon qayta ishlangan (shudgorlangan). Bu hududda chorva mollari ham boqiladi. Hozirgi kunga kelib mazkur maskanga uyushmagan sayyohlar tashrifi yoʻlga qoʻyilgan.
Ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Madaniy meros obyekti maxsus qoʻriqlash tizimiga oʻtkazilishi bu yerda eko turizmni rivojlarishiga turtki beradi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIAT RESURSLARI VAZIRLIGI“ (oʻzbek). Qaraldi: 2023-yil 14-may.
- ↑ „"MODDIY MADANIY MEROS OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH SOHASIDAGI FAOLIYATNI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA" gi PQ qarori“ (o'zbek) (2018-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 14-may.