Valeriy Kapsov
Valeriy Kapsov | |
---|---|
Tavalludi |
13-noyabr 1939-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Ilmiy darajasi | fan doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Valeriy Aleksandrovich Kapsov (1939-yil 13-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston, SSSR) – sovet va rus olimi, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir aʼzosi (2004).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Valeriy Kapsov 1939-yil 13-noyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan.
1968-yilda I. M. Sechenov nomidagi 1-Moskva tibbiyot instituti sanitariya-gigiyena fakultetini tamomlagan.
Valeriy 1971-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va Moskva tibbiyot stomatologiya institutiga umumiy gigiyena kafedrasiga assistent sifatida ishga yuborildi.
1975-yildan 1980-yilgacha SSSR Sogʻliqni saqlash vazirligi Tibbiyot va biologik muammolar institutining katta ilmiy xodimi boʻlib faoliyat yuritgan.
Olim 1986-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Kapsov 1993-yildan 2005-yilgacha Butunrossiya temir yoʻl gigienasi ilmiy-tadqiqot instituti direktori lavozimida ishlagan[1].
2004-yilda Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir aʼzosi etib saylangan.
Valeriy 2014-yilda Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi boʻldi
Kapsov hozirda Butunrossiya temir yoʻl gigiyenasi ilmiy-tadqiqot instituti mehnat gigienasi kafedrasi mudiri[2], Sechenov universiteti davolash-profilaktika fakulteti gigiyena kafedrasi professori boʻlib faoliyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kapsov mamlakatning kasbiy tibbiyot sohasidagi mutaxassisi.
Ilmiy tadqiqotlarining asosiy yoʻnalishi – ishlab chiqarishning zararli sohalarida ishlaydigan odamlarning mehnat sharoitlari va sogʻligʻini oʻrganishdir.
Uning ishtirokida va muharrirligida tayyorlangan 500 ga yaqin asarlar mavjud. Jumladan, 50 dan ortiq kitoblar, qoʻllanmalar, ilmiy ishlar muallifi.
Uning rahbarligida 16 ta nomzodlik va 9 ta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Valeriy Kapsov Doʻstlik ordeni, VDNKhning bronza medali, „Mehnat faxriysi“ medali, „Sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ koʻkrak nishoni, „I. M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetining xizmat koʻrsatgan professori“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „История. Об институте. Всероссийский Научно-Исследовательский Институт Железнодорожной Гигиены“. vniijg.ru. 2019-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-noyabr.
- ↑ „Отдел гигиены труда. Структура. Об институте. Всероссийский Научно-Исследовательский Институт Железнодорожной Гигиены“. vniijg.ru. 2019-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-noyabr.