Kontent qismiga oʻtish

Ummu Muhammad binti Solih

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ummu Muhammad binti Solih
Abbosiy xalifaning xotini
Oʻtmishdoshi Aziza binti al-Gʻitrif,
Amat al-Aziz Gʻadir
Davomchisi Abbasa bint Sulayman
Turmush oʻrtogʻi
Toʻliq nomi
Umm Muhammad bint Salih al-Miskin ibn Abdallah al-Mansur
Sulola Abbasid
Otasi Salih al-Miskin ibn Abdallah al-Mansur
Onasi Umm Abdallah bint Isa ibn Ali
Dini Islam

Ummu Muhammad binti Solih (arabcha: أم محمد بنت صالح) – Abbosiy malikasi, uchinchi Abbosiy xalifa al-Mahdiyning jiyani va xalifa Horun ar-Rashidning rafiqasi.

Toʻliq ismi Ummu Muhammad binti Solih al-Miskin ibn Abdulloh al-Mansur boʻlgan.

Ummu Muhammadning buvisi Qali-al Farrashah yunon kanizak boʻlib[1], Al-Mansurning oʻgʻli Solih al-Miskinning onasi edi[1]. Otasi Solih al-Miskin xalifa al-Mansurning kenja oʻgʻillaridan biri boʻlgan.

Ummu Muhammad Abbosiylar xalifasi Horun ar-Rashidning xotini, shuningdek, uning amakivachchasi boʻlgan.

U Solih al-Miskinning qizi va Ummu Abdulloh Iso ibn Alining qizi edi. Ular 803-yilning noyabr-dekabr oylarida al-Raqqada turmush qurishgan. Ummu Muhammad bundan oldin dastlab uni rad etgan Ibrohim ibn al-Mahdiyga turmushga chiqqan edi[2].

Ummu Muhammadning birinchi eri Ibrohim Horun ar-Rashidning oʻgay ukasi boʻlgan. 780-yillarning boshlarida unga turmushga chiqqan, ammo oradan bir necha yil oʻtgach, ular ajralishgan. Birinchi eri bilan rasman ajralganidan keyin xalifa Horun ar-Rashid Ummu Muhammadga uylangan.

Ummu Muhammad Abbosiy xalifasi Horun ar-Rashidning ikkinchi xotini boʻlgan. Uning birinchi xotini Zubayda binti Jaʼfar Abbosiy malikasi, shuningdek, al-Mansurning nabirasi edi.

U ar-Rashid bilan turmush qurgandan keyin umrining koʻp qismini hukmdorning boshqa xotinlari bilan birga xalifalik saroyida oʻtkazgan. Ummu Muhammad 810-yillarda vafot etgan.

Ummu Muhammad Abbosiylar xonadoniga ota va ona tomondan qarindosh edi. U, shuningdek, bir qancha Abbosiy xalifalari, shahzodalari va malikalari bilan ham qarindosh boʻlgan.

Abbosiylar Qarindoshligi
1 Al-Mahdiy amakisi va qaynotasi
2 Muso al-Hodiy amakivachchasi va qayni akasi
3 Horun ar-Rashid turmush oʻrtogʻi
4 Muhammad al-Amin[3] oʻgay oʻgʻli
5 Al-Maʼmun oʻgay oʻgʻli
6 Al-Qosim ibn Horun ar-Rashid oʻgay oʻgʻli
7 Ali ibn Horun ar-Rashid [3] oʻgay oʻgʻli
8 Sukayna binti Horun ar-Rashid oʻgay qizi
9 Hamduna binti Horun ar-Rashid oʻgay qizi
10 Fotima binti Horun ar-Rashid oʻgay qizi
11 Iso ibn al-Mahdiy [3] amakivachchasi va qayni ukasi
  1. 1,0 1,1 Al-Tabari. The History of al-Tabari Vol. 29: Al-Mansur and al-Mahdi A.D. 763-786/A.H. 146-169, SUNY series in Near Eastern Studies. State University of New York Press, 1990 — 148–49-bet. 
  2. al-Tabari & Bosworth 1989.
  3. 3,0 3,1 3,2 Abbott 1946.
  • Al-Tabari; Hugh Kennedy (1990). The History of al-Tabari Vol. 29: Al-Mansur and al-Mahdi A. D. 763-786/A. H. 146-169
  • al-Tabari, Muhammad Ibn Yarir; Bosworth, Clifford Edmund. The History of al-Tabari Vol. 30: The 'Abbasid Caliphate in Equilibrium: The Caliphates of Musa al-Hadi and Harun al-Rashid A.D. 785-809/A.H. 169-193, Bibliotheca Persica. State University of New York Press, 1989. ISBN 978-0-88706-564-4. 
  • Abbott, Nabia. Two Queens of Baghdad: Mother and Wife of Hārūn Al Rashīd. University of Chicago Press, 1946. ISBN 978-0-86356-031-6.