Umar al-Bashir
Umar Hasan Ahmad al-Bashir عمر حسن أحمد البشير | |
---|---|
Mansab davri 16-oktabr 1993 – 11-aprel 2019 | |
Hukumat boshligʻi |
Salva Kiir Mayardit Ali Usmon Taha |
Vorisi | xunta |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-yanvar 1944-yil Hosh Bannaga, Ingliz-Misr Sudani |
Siyosiy partiyasi | Milliy Kongress |
Turmush oʻrtogʻi | Fotima Xalid |
Mukofotlari |
Umar Hasan Ahmad al-Bashir (arabcha: عمر حسن أحمد البشير, tavalludi: 1-yanvar, 1944), Sudan Prezidenti hamda Sudan Milliy Kongress firqasi raisi (1993-2019). Hukumat tepasiga 1989-yilgi toʻntarilish natijasida kelgan, bungacha u Sudan Qurolli Kuchlari polkovnigi edi. 2019-yilda harbiy toʻntarish natijasida hokimiyatdan agʻdarilgan va uy qamogʻiga tashlangan.[1]
Umar al-Bashir hukumati 2004-yili Janubiy Sudanga muxtoriyat berib, XX asr ikkinchi yarmining eng qonli urushlaridan biri boʻlmish Sudandagi ikkinchi fuqarolar urushini yakunlashga muvaffaq boʻldi. Biroq al-Bashir hukumati Darfur ziddiyati va unda 200 000 dan 400 000[2] gacha odam oʻlimiga olib kelgan qatliom uchun masʼul koʻrilib, qatʼiy tanqid qilinmoqda. Ish hatto Xalqaro jinoiy mahkamasi (XJM) tomonidan al-Bashirni hibsga olish haqida qaror chiqarilishiga olib keldi (4-mart, 2009),[3] 2019-yil 14-dekabrda sud hukmi bilan umrbod axloq tuzatish ishlariga hukm qilindi[4]. 2020-yil 24-mayda unga tegishli 4 milliard dollar musodara qilindi[5]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sudanda davlat toʻntarishi
- ↑ The Genocide in Darfur — Briefing Paper, 2007-05-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-03-09
{{citation}}
: no-break space character in|title=
at position 23 (yordam) - ↑ Warrant of Arrest for Omar Hassan Ahmad Al Bashir (PDF), 2009-03-05da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2009-03-09
- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/12/15/sudanning-sobiq-prezidentiga-hukm-oqildi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2020/05/25/sudanning-sobiq-prezidenti-umar-al-bashirdan-4-mlrd-dollar-musodara-qilindi