Ulugʻbek Inoyatov
Ulugʻbek Ilyasovich Inoyatov | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi | |
Mansab davri 2003-yil – 2006-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi |
Shavkat Mirziyoyev Abdulla Aripov |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | ? |
Vorisi | ? |
Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori | |
Mansab davri 2011-yildan – 2013-yilgacha | |
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri | |
Mansab davri 2013-yildan – 2018-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Temur Shirinov |
Vorisi | Sherzod Shermatov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-may 1962-yil Toshkent |
Kasbi | muhandislik |
Ilmiy unvoni | pedagogika fanlari nomzodi |
Ulugʻbek Ilyosovich Inoyatov — 2019-yildan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi hamda 2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari. 2013-2018-yillarda Xalq taʼlimi vaziri.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Inoyatov Ulug‘bek Ilyasovich 1962-yilda Toshkent shahridа tug‘ilgаn. 1985-yilda Toshkent politexnika institutini tugatgan, 1998-yilda Toshkent moliya institutini tugatgan.
Mehnаt fаoliyatini 1985-yildа Toshkent politexnika institutida assistent sifatida boshlab, 1993-yillga qadar ushbu muassasada assistent va aspirant vazifalarida faoliyat yuritgan.
1993—1999-yillarda Toshkent arxitektura-qurilish institutida dekan muovini, dekan, 1999—2003-yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, 2003—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati Ta’lim va kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bo‘yicha guruhining bosh konsultanti, 2006—2011-yillarda Toshkent moliya-iqtisod kolleji direktori, 2011—2013-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori kabi vazifalarda faoliyat olib borgan.
2013—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri[1][2], 2018—2019-yillarda Namangan davlat universiteti rektori vazifalarida ishlagan. 2019-yildan Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi. 2020-yildan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, spiker oʻrinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]“Shuhrat” medali va “Do‘stlik” ordeni bilаn tаqdirlаngаn
Tanqidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yildagi saylov kompaniyasi davrida deputatlikka nomzod Ulugʻbek Inoyatovning „Toshkentda 5 bolali oila 2,5 mln soʻm oylikka yashay oladi“, soʻzlari keng muhokamalar keltirib chiqargan edi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ulugbek Ilyasovich Inoyatov“ stal novim Ministrom narodnogo obrazovaniya Respubliki Uzbekistan"
- ↑ U esski zamon odami edi
- ↑ „Partiya raislari Spiker o‘rinbosarlari bo‘ldi“ (2020-yil 20-yanvar). Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.
- ↑ „«Тошкентда 5 болали оила 2,5 млн сўм ойликка яшай олади» – ХДП лидери истеъмол саватчаси ҳақида“ (2019-yil 11-noyabr). Qaraldi: 26-avgust 2022-yil.
Telegram: https://t.me/UInoyatov ; Instagram: https://www.instagram.com/ulugbek_inoyatov_xdp/