Kontent qismiga oʻtish

Namangan davlat universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Namangan State University
Namangan davlat universiteti

Namangan davlat universitetining kirish darvozasi
Xalqaro nomi
Namangan State University
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 1942-yil
Rektori Sobitxon Turgʻunov Toshpoʻlatovich
Fakultetlar 16 ta[1]
Talabalari 25 037 (2023)[1]
Bakalavriat 71 ta[1]
Magistratura 27 ta[1]
Doktorantura 247 ta[1]
Oʻqituvchilari 680
Manzili
Namangan viloyati, Namangan shaxri, Boburshox koʻchasi 161 uy
Veb-sayti www.namdu.uz

Namangan davlat universiteti“ – 1941-yilda pedagogika bilim yurti sifatida tashkil topgan boʻlib, 1942-yilda universitet maqomini olgan. Bu universitet kadrlar tayyorlashda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan, yuqori salohiyatga ega Oʻzbekistonning eng yaxshi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bu universitet katta imkoniyatlarga ega maskan boʻlib, klassik universitet uchun anʼanaviy boʻlgan gumanitar va tabiiy-ilmiy yoʻnalishlar bilan bir qatorda mehnat bozorida yuqori talabga ega mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Bitiruvchilarning professional imkoniyatlari kengayishiga mustahkam poydevor boʻlishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan[2].

Universitetda talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan: oʻquv binolari, kerakli jihozlar bilan taʼminlangan shinam auditoriyalar, laboratoriyalar xonalari, qulay sharoitlarga ega talablar turar joyi, sport-sogʻlomlashtirish majmuasi.

Universitetda chet el OTM bilan muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Professor-oʻqituvchi va talabalar nufuzli xorijiy oliy oʻquv yurtlariga malaka oshirish va amaliyotlarga yoʻnaltirilmoqda.

Oxirgi yillar ichida universitetning ilmiy salohiyatini saqlab qolish, balki uning darajasini oshirishga erishildi. Mintaqadagi bizness-hamjamiyat va yirik korxonalar – universitetning yaqin hamkorlaridir.

OTM eng yaxshi koʻrsatgichlari bu sifatli tayyorlangan bitiruvchilaridir. Bitiruvchilar orasida jahon miqyosidagi olimlar, taniqli sportchilar, yirik korxona rahbarlari mavjud. Bugungi kunda yoshlar uchun muhim narsa bu ularning istiqbolli kelajagini taʼminlay oladigan oliy taʼlim muassasasida oʻqishdir. Namangan davlat universiteti ana shunday maskandir.

Universitetning professor – oʻqituvchilari tarkibi xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassislardan iborat.

Turgʻunov Sobitxon Toshpoʻlatovich – Namangan davlat universiteti rektori, Pedagogika fanlari doktori, professor.

Dexkanov Narimon Burxonjonovich – Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, siyosiy fanlar doktori, dotsent.

Xolmatov Dilshod Sattorjonovich – Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD).

Imomov Rustam Narzullayevich – Moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor, Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD).

Rasulov Aʼzamjon Avazjonovich – Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori, dotsent.

Universitetdagi fakultetlar:

  1. Matematika fakulteti
  2. Fizika fakulteti
  3. Tabiiy fanlar fakulteti
  4. Pedagogika fakulteti
  5. Maktabgacha, maktab taʼlimi va jismoniy madaniyat fakulteti
  6. Filologiya fakulteti
  7. Ingliz filologiyasi fakulteti
  8. Jahon tillari fakulteti
  9. Yurudik fakulteti
  10. Ijtimoiy fanlar fakulteti
  11. Iqtisodiyot fakulteti
  12. Biotexnologiya fakulteti
  13. Tibbiyot fakulteti

Universitetdagi kafedralari:

  1. Matematik analiz kafedrasi
  2. Oliy matematika kafedrasi
  3. Informatika kafedrasi
  4. Fizika kafedrasi
  5. Fizika oʻqitish metodikasi kafedrasi
  6. Noorganik kimyo kafedrasi
  7. Organik kimyo kafedrasi
  8. Geografiya kafedrasi
  9. Ekologiya kafedrasi
  10. Pedagogika tarixi va nazariyasi kafedrasi
  11. Psixologiya kafedrasi
  12. Taʼlim menejmenti kafedrasi
  13. Maktabgacha taʼlim metodikasi kafedrasi
  14. Boshlangʻich taʼlimda ijtimoiy gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi kafedrasi
  15. Boshlangʻich taʼlimda aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi kafedrasi
  16. Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi
  17. Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi
  18. Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi
  19. Rus tilshunosligi kafedrasi
  20. Rus tili adabiyoti kafedrasi
  21. Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi
  22. Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi
  23. Nemis va fransuz tillari kafedrasi
  24. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
  25. Ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlar boʻyicha chet tillar kafedrasi
  26. Aniq va tabiiy yoʻnalishlar boʻyicha chet tillar kafedrasi
  27. Davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi
  28. Milliy gʻoya va huquq taʼlimi kafedrasi
  29. Tarix kafedrasi
  30. Arxeologiya kafedrasi
  31. Arxivshunoslik kafedrasi
  32. Ijtimoiy fanlar kafedrasi
  33. Jismoniy madaniyat kafedrasi
  34. Sport faoliyati kafedrasi
  35. Tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi kafedrasi
  36. Amaliy sanʼat va rang tasvir kafedrasi
  37. Texnologik taʼlim kafedrasi
  38. Xayot faoliyat xavfsizligi kafedrasi
  39. Iqtisodiyot kafedrasi
  40. Menejment kafedrasi
  41. Biologiya kafedrasi
  42. Biotexnologiya kafedrasi
  43. Fiziologiya kafedrasi
  44. Musiqa taʼlimi kafedrasi
  45. Madaniyatshunoslik kafedrasi
  46. Tibbiyot kafedrasi

Litsey va internatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namangan Davlat Universiteti Akademik Litseyi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akademik litseyda texnika, iqtisod, tabiiy fanlar, tarix, xorijiy filologiya fanlari boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim beriladi.

Qoʻshma taʼlim dasturlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universitetda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab A.Gersin nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma dastur asosida quyidagi bakalavriat yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda:

  • 5111300 – Rus tili va adabiyoti (NamDU)
  • 45.03.03-Xorijiy til va madaniyat oʻqitish metodikasi va nazariyasi (RDPU)
  • 5140200-Fizika (NamDU)
  • 44.03.04-Fizika (RGPU)
  • 5130200-Amaliy matematika va informatika (NamDU)
  • 44.03.01-Informatika va informatsion texnologiyalar (RGPU)

Universitet A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikni kengaytirib, quyidagi bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutahassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlamoqda:

Bakalavriatura

  • 44.03.02.-Psoxologik-pedagogik taʼlim (RDPU)
  • 44.03.03.-Maxsus defektologik taʼlim (RDPU)

2019-2020-oʻquv yilidan boshlab Ural davlat meditsina universiteti bilan hamkorlikda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bakalavrlar tayyorlanmoqda:

  • 31.05.01.-Davolash ishi (UDMU)
  • 31.05.02.-Pediatriya (UDMU)
  • 31.05.03.- Stomatologiya (UDMU)
  • 33.05.01.- Farmatsiya (UDMU)

Xalqaro loyihalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • jahon banki – akademik innovatsiyalar jamgʻarmasi granti Erasmus+ „Baliqchilik boʻyicha ilmiy-oʻquv trenajyor yaratish“ loyihasi.
  • Erasmus+ „ModeHEd“ loyihasi,
  • Erasmus+ „IMEP“ loyihasi,
  • Erasmus+ „UZDOC-2.0“ loyihasi,
  • Erasmus+ "KA Mobility loyihasi.

Universitet reytinglari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilda Namangan davlat universiteti UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingida dunyo boʻyicha 4990 ball toʻplab, 84 ta mamlakatdagi 1183 ta oliygohlar orasidan 790-oʻrinni, respublika oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida 18-oʻrinni egalladi[6].