Tushda kechgan umrlar
Muallif(lar) | Oʻtkir Hoshimov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1994 |
Nashriyot | „Sharq“ |
Sahifalar soni | 335 |
„Tushda kechgan umrlar“ — oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. 1993-yil yozib tugatilgan roman ilk bor „Sharq yulduzi“ jurnalida serialashtirilgan[1]. Kitob oʻlaroq 1994-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyotida chop etilgan.
„Tushda kechgan umrlar“ Hoshimovning eng taniqli asarlaridan biridir. Roman tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad „Romanni loqayd-hayajonsiz oʻqib boʻlmaydi. U kitobxonni larzaga soladi. Xalq boshiga kulfatdan boshqa narsa solmagan qonli urushni boshlagan telba urushqoqlarga dil-dilidan qargʻish yogʻdiradi“, deya yuqori baholagan[2].
Qahramonlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Romanda bosh qahramon Rustamning fojiaviy qismati orqali afgʻon urushining maʼnosiz mohiyati ifoda etilgan. Butun umri davomida totalitar rejim siyosatining qalqoni va qilichi sifatida ish koʻrgan, necha minglab halol odamlar dilini jarohatlagan, yostigʻini quritgan Komissar ham oʻziga xos fojiaviy obrazdir. Bu kimsaning fojiasi shundaki, u oʻzi olib borgan qora ishlarni haq deb biladi. Shuningdek, asarda Qurbonoy xola obrazi boʻlib, u boshiga tushgan qiyinchiliklarni matonat bilan yenggan oʻzbek ayoli timsolida gavdalanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tushda kechgan umrlar“. Taqvim. 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 4-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2016-10-05 sanasida arxivlangan)
- ↑ Нарзуллоева, Нилуфар. „Саид Аҳмаднинг замондошлари ҳақидаги хотиралари“. Talqin va tadqiqotlar”. № 12. 104–112-bet.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Tushda kechgan umrlarga tegishli iqtiboslar mavjud. |
- Oʻtkir Hoshimov: „Haqiqiy yozuvchi Xudo koʻngliga solganini yozadi“, Xurshid Davron kutubxonasi