Oʻtkir Hoshimov
Oʻtkir Hoshimov | |
---|---|
Tavalludi |
5-avgust 1941-yil |
Vafoti |
24-may 2013-yil (71 yoshda)[1] Toshent shahri |
Ijod qilgan tillari | o'zbek |
Fuqaroligi | SSSR va O'zbekiston |
Alma mater | Toshkent davlat universiteti |
Janr | Nasr |
Mukofotlari | |
Turmush oʻrtogʻi | Oʻlmasxon Hoshimova |
Oʻtkir Hoshimov (1941-yil 5-avgust, Toshkent – 2013-yil 24-may, Toshkent) – Oʻzbekistonlik yozuvchi va jamoat arbobi. Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻtkir Hoshimov 1941-yilning 5-avgustida Toshkent viloyatining Zangiota tumani Doʻmbirobod mavzesida tavallud topgan. Bolaligi urush qiyinchiliklari, muhtojliklari davrida kechgan. 1958-yilda oʻrta maktabni bitirib, Toshkent Davlat universiteti jurnalistika boʻlimining avval sirtqi, soʻngra kunduzgi boʻlimida oʻqib, 1964-yilda tugatadi. 1959-1960-yillarda „Temir yoʻlchi“, 1960-yilda hozirgi „O‘zbekiston ovozi“, 1960-1982 yillarda „Toshkent haqiqati“, „Toshkent oqshomi“, 1982-1983 yillarda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida, 1985-1995-yillarda „Sharq yulduzi“ jurnaliga bosh muharrir va 1995-yildan 2004-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Matbuot va axborot qoʻmitasi raisi sifatida faoliyat koʻrsatib keldi. Keyinchalik Teatr jurnalida muharrirlik qildi[2].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻtkir Hoshimov oʻz ijodini sheʼr va ocherklar yozishdan boshladi. 1962-yilda uning „Po‘lat chavandozlar“ ocherklar toʻplami bosilib chiqdi. Shundan keyin uning birin-ketin hikoya, qissa va romanlari kitobxonlarning qoʻliga borib tegdi. Uning ilk qissasi „Cho‘l havosi“ (1964-yil) adabiy jamoatchilik tomonidan iliq qarshi olindi. Atoqli adib Abdulla Qahhor bu qissa haqida oʻsha paytda juda yaxshi fikr bildirgan. Ammo yozuvchiga muvaffaqiyat keltirgan asar 1970-yilda nashr qilingan „Bahor qaytmaydi“ qissasi boʻldi[3]. Ushbu asar asosida 1972-yilda „Bahor qaytmaydi“ filmi ekran yuzini koʻrdi[4]. Bundan tashqari Oʻtkir Hoshimovning bir qancha asarlari ekranlashtirilgan. „Xazon boʻlgan bahor“, „Inson sadoqati“ (1975-yil), „Vijdon dorisi“, „Toʻylar muborak“ (1979-yil), „Qatagʻon“ kabi drama, komediya, bir qator kinossenariylar muallifi. 2001-yilda adibning yana bir mashhur ishi „Daftar hoshiyasidagi bitiklar“ asari chop etildi. Yozuvchi ushbu kitobni 40 yil davomida yozgan[5]. Oʻtkir Hoshimov „Urushning soʻnggi qurboni“, „Yanga“, „Muhabbat“, „Dehqonning bir kuni“, „Umr savdosi“, „Quyosh tarozusi“, „Oq bulut, oppoq bulut“ singari oʻnlab hikoyalari, „Qalbingga quloq sol“ (1973-yil), „Ikki karra ikki-besh“ (1987-yil) qissalari, „Nur borki, soya bor“ (1976-yil), „Ikki eshik orasi“ (1985-yil), „Tushda kechgan umrlar“ (1993-yil) kabi romanlar yozgan." Ikki eshik orasi" nomli asari tufayli Oʻ.Hoshimov 1986-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofotiga sazovor boʻldi. 1997-yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan[6].
„Toʻylar muborak“, „Sizdan ugina, bizdan bugina“, „Vijdon dorisi“, „Inson sadoqati“, „Qatagʻon“ singari pyesalar muallifi. Ernest Hemingway, Konstantin Simonov, Kuprin va boshqa adiblarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.
Tanqidlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1990-yilda Oʻtkir Hoshimov oʻzi bosh muharrir boʻlgan „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼoni karimning ilk oʻzbekcha tarjimasini chop qilishga jurʼat qildi.
Toshkentdagi „Ateizm uyi“ kabi idora vakillari Qurʼon suralarida milliy kamsitish elementlari bor¸ deya „Sharq yulduzi“ jurnalida Qurʼoni karim tarjimasini chop qilinishini toʻxtatishga urinishdi[manba kerak].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻtkir Hoshimov 2013-yil, 24-may kuni, 71 yoshida olamdan oʻtdi. Toshkentning Doʻmbirobod masjididagi juma namozidan keyin yozuvchi jasadi tuproqqa berildi.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa jamoatchilik vakillarining tashabbusi bilan 2021-yilda Oʻtkir Hoshimov tavalludining 80 yilligini keng nishonlandi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hoshimov, O'tkir „Taniqli o‘zbek adibi O‘tkir Hoshimov vafot etdi“. bbc.com. bbc.com. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
- ↑ Hoshimov, O'tkir „O‘zbekiston xalq yozuvchisi va jamiyat arbobi O‘tkir Hoshimovdir (1941 - 2013). U qariyb qirq yildan buyon o‘zining ajoyib publitsistik maqolalari, xikoya, qissa va romanlari bilan adabiyotimiz taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shib keldi.“. arboblar.uz. arboblar.uz. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
- ↑ Hoshimov, O'tkir „O'tkir Hoshimov“. ziyouz.com. ziyouz.com. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
- ↑ Bahor qaytmaydi „Bahor qaytmaydi“. kino-teatr.ru. kino-teatr.ru. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
- ↑ „Daftar hoshiyasidagi bitiklar“. cyberleninka.ru. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
- ↑ „„Xalq so‘zi" gazetasi 1997-yil 27-avgust soni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 26-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining olti yilligi munosabat bilan fan, madaniyat, ma`rifat, ommaviy axborot vositalari va ijodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida» gi farmon“ (http://press.natlib.uz/).
- ↑ Hoshimov, O'tkir „‘ZBEKISTON XALQ YOZUVCHISI O‘TKIR HOSHIMOV TAVALLUDINING 80 YILLIGINI KENG NISHONLASH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 22-iyul 2024-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiiqtibosda Oʻtkir Hoshimovga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Vikiomborda Oʻtkir Hoshimov haqida turkum mavjud |
- 5-avgustda tugʻilganlar
- 1941-yilda tugʻilganlar
- 24-mayda vafot etganlar
- 2013-yilda vafot etganlar
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston xalq yozuvchilari
- Buyuk xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Vikipediya:Manbasiz taʼkidli maqolalar
- Oʻzbekistonlik yozuvchilar
- Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbekiston dramaturglari