Kontent qismiga oʻtish

Tursunoy Sodiqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tursunoy Sodiqova
Tavalludi 24-mart 1944-yil
Vafoti 14-yanvar 2017-yil
Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Yoʻnalish adabiyotshunoslik
Janr sheriyat
Mukofotlari

Tursunoy Sodiqova (24-mart 1944-yil, Andijon shahri, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR14-yanvar 2017-yil, Oʻzbekiston ― shoira, adiba, pedagog-olima, adabiyotshunos, jamoatchi-tashkilotchi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Sodiqova Tursunoy 1944-yil 24-mart kuni Andijon shahrida xizmatchi oilasida tavallud topgan. U ikki yoshligida oilasi bilan Toshkent shahrida yashay boshlagan. 1961-yilda hozirgi Shayxontohur tumanidagi 82-oʻrta maktabning 10-sinfini tugatdi. 1966-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini imtiyozli tamomladi.

Mehnat faoliyatini maktabda dars berishdan boshlab, keyinchalik Andijon davlat chet tillari instituti, Respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi, Oʻzbekiston „Maʼrifatparvar ayollar“ nodavlat uyushmasida davom ettirdi.

Tursunoy Sodiqova oʻz ijodini 60-yillarda boshlagan. Ilk toʻplami „Kuy“ 1976-yilda nashr etilgan. Shundan keyin „Gul fasli“(1981), „Iqbol“(1984), „Dil gavhari“(1985), „Izlay-izlay topganim“(1988), „Girya“(1994) kabi sheʼriy toʻplamlarini oʻquvchilarga taqdim etdi. Uning axloq-odob masalalari, oila muomalalariga bagʻishlangan ilmiy, badiiy-falsafiy asarlari: „Mehr qolur“ (1997), „Hazrati ayol“ (1998), „Yoningdagi baxt“ (1999), „Bolam derman“ (2000), „Oʻgʻlim senga aytaman va qizlarga atalgan soʻzlar“ (2002), „Kelin boʻlish ilmi“ (2003), „Kuyov boʻlish ilmi“ (2003), „Qaynonalik ilmi“ (2003), „Ogʻa-inilik ilmi“ (2003), „Rizolik izlab“ (2004), „Yashash tilsimi“ (2004), „Murabbiy kim?“ (2006), „Nozik savol“ (2007), „Jannatim onam“ (2007) kitoblari nashr etildi[1][2].

Tursunoy Sodiqova 2017-yil 14-yanvar kuni 72 yoshida vafot etgan[3].

  1. Tursunoy Sodiqova. Gul fasli. 1 jild. „Oʻzbekiston“-2013.
  2. Tursunoy Sodiqova. Ayolga qasida. „Oʻzbekiston“-2015.
  3. https://daryo.uz/2017/01/14/shoira-va-adiba-tursunoy-sodiqova-72-yoshida-vafot-etdi/


https://arboblar.uz/uz/people/sadykova-tursunoj https://www.facebook.com/muhammad.ismoil/posts/1311036578955379 https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/tursunoy-sodiqova-1944-2017/[sayt ishlamaydi]