Uchtepa tumani
| ||||
---|---|---|---|---|
}} | ||||
Boʻysinuvchi viloyat | Toshkent shahri | |||
Oldingi nomi | Akmal Ikromov | |||
Markazi | Farhod ko'chasi | |||
Qishloqlari | yo'q | |||
Shaxarchalari | yo'q | |||
Mahallalari | 60 ta mahalla fuqarolar yig'ini | |||
Eng yirik shaharlar | yo'q yo'q yo'q | |||
Maydon — Butun |
OʻzR: -- oʻrinda 0,03 ming kv. km km² | |||
Aholi — Butun |
OʻzR: -- oʻrinda 273,3 ming kishi/km² |
Uchtepa tumani — Toshkent shahridagi maʼmuriy-hududiy birlik. Poytaxtning g'arbiy qismida joylashgan. Zamonaviy maydoni 0,03 ming km², aholisi 273,3 ming kishi.[1]. Tuman hokimi Bunyod Mamajonov[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent shahrining Akmal Ikromov tumani 1977-yil 15-sentyabrda Chilonzor va Oktyabr tumanlari hududi tarkibida tashkil etilgan. Tuman Sovet davlat va partiya arbobi, Oʻzbekiston SSR rahbarlaridan biri Akmal Ikramovich Ikromov nomi bilan atalgan. 2005 yil 6 mayda Toshkent shahrining Uchtepa tumani deb nomlandi. Tumanning yangi nomi 18-asrdan maʼlum boʻlgan tarixiy Uchtepa (uch tepalik) hududi nomi bilan berilgan.[3].
Joylashuv va chegaralar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uchtepa tumani shimol va shimoliy-sharqda Shayxontohur tumani, sharq va janubda Chilonzor tumani, gʻarbda Toshkent viloyatining Zangiota tumani bilan chegaradosh.[1]
Shayxontoxur tumani bilan chegara Istirohat koʻchasi va Kichik halqa yoʻli boʻylab oʻtadi.
Chilonzor tumani bilan chegara Kichik xalqqa yo‘li ko‘chasi (Kichik halqa yo‘li), Zargarlik ko‘chasi, Katta kani ko‘chasi va Guliston ko‘chasi bo‘ylab o‘tadi.
Toshkent viloyatining Zangiota tumani bilan chegarasi Toshkent halqa yoʻli, Boʻzsuv kanali, Qoraqamish kanali boʻylab oʻtadi.
Geografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman hududidan Boʻzsuv, Qoraqamish, Jarariq, Koʻkcha (Birlik oxiri tarmogʻi bilan) suv kanallari oqib oʻtadi. Tumanning obodonlashtirish maydoni 486 gektar (hududning 20 foizi). [1].
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uchtepa tumanida 481 koʼchalar mavjud boʼlib, ularning asosiylari Lutfiy koʼchasi, Mannon Uygʼur koʼchasi, Farhod koʼchasi, Istiroxat koʼchasi, Faziltepa koʼchasi, Nazarbek koʼchasi, Beshqayrag'och koʼchasi va Kichik Halqa Yo'li koʼchasi hisoblanadi.[1].
Yashash maydoni (Uy-joy fondi)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman tarkibiga Chilonzor massivining 9a, 11-15, 21-26-kvartallari, Karvon bozori, Oʻrikzor, Guliston massivlari kiradi.
Korxonalar va tashkilotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tumanda 50 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 32 ta davlat umumtaʼlim maktablar soni, 1ta Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab, 1ta xususiy maktab, 1ta barkamol avlod bolalar maktab, 5 ta kollej, 1ta oliy taʼlim muassasalari, 2 ta bolalar-oʼsmirlar sport maktabi, 3 ta musiqa va sanʼat maktabi mavjud.
Shuningdek tumanda 2 ta madaniyat va aholi dam olish markazi, 2 ta madaniyat va istirohat bogʼi, 1 ta sayilgoh, 2 ta yoshlar mehnat guzarlari bor.
Ta'lim va fan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tuman hududida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Davlat soliq akademiyasi, Toshkent yuridik kolleji, Fiskal instituti mavjud.
Madaniy meros ob'ektlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uchtepa tumanida respublika ahamiyatidagi muʼmoriy yodgorliklardan Foziltepa (V-X asrlar) arxeologik yodgorligi, “Soʼpon ota” majmuasi (XVII asr), mahalliy madaniy meros obʼektidan Saidvaqqos masjidi va boshqalar saqlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Tuman haqida umumiy ma'lumotlar Uchtepa tuman hokimligi rasmiy sayti
- ↑ „Uchtepa tumani hokimi o‘zgardi“ (uz). kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 26-sentyabr.
- ↑ Топонимика (Wayback Machine saytida 2015-12-22 sanasida arxivlangan) — история Ташкента