Qoraqamish kanali
Qoraqamish kanali | |
---|---|
Qoraqamish kanali | |
Tavsif | |
Uzunligi | 21,0 |
Maydoni | Toshkent viloyatining nanubi-g'arbiy qismida km² |
Suv oqimi | |
Quyilishi | Quyi Bo'zsuvga quyiladi |
Joylashuvi | |
Davlat | O'zbekiston |
Mintaqa | Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida joylashgan |
Qoraqamish — Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi kanal. Qoraqamish kanali tabiiy kelib chiqqan bo'lib, qadimdan kanal vodiy bo'ylab oqib o'tgan. Hozirgi vaqtda kollektor sifatida ishlatiladi.
Kanal nomining etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoraqamish kanalining nomi "qora qamish" ma'nosini beradi. Aftidan bunday nomlash, uzoqdan qorong'i bo'lib ko'rinadigan, zich joylashgan qamishzorlarni bildiradi (masalan, Qoradaraxt toponimi - so'zma-so'z ma'nosi o'rganilganda "qora daraxt", zich joylashgan bog' ekinlarini bildiradi)[1].
Umumiy tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kanal uzunligi 21,0 km. Kanal Toshkent viloyatining janubi-gʻarbiy tomonidan oqib o'tgan[2]. Poytaxtning shimoli-gʻarbiy chekkasidan oʻtib, shahar chegarasidagi Quyi Boʻzsuvga quyiladi[3].
Qoraqamish — tabiiy vodiydan oʻtuvchi qadimiy kanal [2][4]. Dastlab bu tabiiy suv oqimi bo'lib, xo'jalik maqsadida foydalanish jarayonida kanalga aylantirilgan. Doimiy aholi punktlari paydo boʻlgunga qadar, qadimdan Qoraqamish kanali[5] boʻlgan.
Qoraqamish oqimi boʻylab tuproq eroziyasi va karst – boʻgʻilish jarayonlari kuzatiladi. Kanalning chuqurlashishiga olib keladigan tubi va qirg'oqlarining asta-sekin eroziyasi tufayli hozirgi vaqtda kanal jarlikka aylanib oqadi [2], ba'zi joylari esa tik kanyonga aylanadi[4].
Hozir Qoraqamish kollektor sifatida ishlatiladi[2]. Qoraqamish kanaliga Chigʻatoy, Koʻkcha kanallari (Birlik va Beshqayragʻochga boʻlingandan keyin), Jar va boshqa ariqlar[2] suvlari quyiladi. Moyqoʻrgʻon kanaliga suv berib turadi[2][6].
Qoraqamish suvlari sugʻoriladigan dalalardan chiqqan suvdan, sanoat korxonalari va shahar xoʻjaligi obyektlaridan chiqqan suvlardan yigʻiladi. Shu sababli Qoraqamish suvlarida juda ko'p miqdorda turli xil kimyoviy moddalar mavjud. Yuqori oqimlarda turli tuzlarning miqdori 1,026-1,412 g/l gacha yetadi. Bir qator kanallarning birlashishi va tozalash inshootlarining borligi tufayli minerallashuv 0,787-1,080 g/l gacha kamayadi (mineralizatsiya to'g'risidagi ma'lumotlar 1983-yil holatiga ko'ra olingan) [2].
Suv oqimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoraqamish kanalining boshlanishi Toshkent shimolidan boshlanadi. Dastlab, u g'arbga ozgina qiyalik bilan oqadi, janubiy oqim yo'nalishiga ega[3]. Toshkent halqa yoʻlini kesib oʻtib, poytaxt hududidan o'tib tugaydi. Yunusobod tumanining shimoli-gʻarbiy qismidan janubi-sharqiy yoʻnalishga qarab oqib oʻtadi. Bu yerda Qoraqamish boʻylab Yuqori Qoraqamish koʻchasi o'tgan[2][3].
Toshkent viloyat hududida kanal g'arbiy yo'nalishda oqadi[2][6]. Oxirida u hatto shimolga ma'lum bir qiyalik bilan oqadi[6]. Shuningdek kanal katta koʻchalar hisoblangan Qorasaroy, Mansur Shamsutdinov, Keles Yoʻli, Oʻrazboyev, Muxbir, Qamarniso koʻchasi[2][6] boʻylab oʻtadi. Olmazor tumanida, Qoraqamish sohillarida xuddi shu nomdagi massiv, shuningdek, pediatriya ilmiy-tadqiqot instituti [6] mavjud. Qoraqamish massivida, Qoraqamishning kichik bir qismida hozirgi kunda katta kanalning suv yoʻli[7] oqib oʻtadi. Damariq va Kechquruq kanallari ham Qoraqamish bilan birga oqib o'tadi. Ikki kanal oqimining umumiy qismi taxminan 1 km uzunlikka ega[7].
Qoraqamish kanali ikki marta Toshkent halqa yoʻlini kesib oʻtib, yana Toshkent viloyati yerlariga oqib oʻtadi. Aylanma yoʻl bilan kesishmasdan oldin Damariqdan boshlangan ariq suvlari Qoraqamishga quyiladi[6][2].
Bu hududda Qoraqamish sohillarida tozalash inshootlari joylashgan[2]. Kanalning quyilish qismlari Uchtepa tumani va viloyat chegarasi boʻylab oqib oʻtadi[3]. Qoraqamish halqa yoʻli bilan ikkinchi marta kesishgunicha Chigʻatoy, Koʻkcha (Birlik va Beshqayragʻoch kanallari orqali[2]) suvlari qo'shiladi.
Qoraqamishning tozalangan suvlari Quyi Boʻzsuvga[2] quyiladi. Ikki kanal oʻrtasida ularning qoʻshilishidan oldin Oʻrikzor massivi joylashgan[3].
Arxeologik yodgorliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoraqamish qirg'oqlari bo'ylab hozirgi Toshkent shahri hududida qadimgi davrlariga oid arxeologik yodgorliklar saqlanib qolgan.
Qoraqamishning Quyi Boʻzsuvga quyilishi yaqinida Shoimkoʻprik hududida Boʻzsuv manzilgohlaridan biri boʻlgan, paleolit davriga oid Boʻzsuv 1 manzilgohi joylashgan[5][4]. 1959-yil oktabrda Boʻzsuv 1 yaqinida gidrogeolog I. A. Anboyev Qoraqamishning qadimgi odamlar manzilgohlarini topilgan. Qidiruv natijasida uchta madaniy tepaliklar topilgan. Ulardan ikkitasi paleolit davriga, uchinchisi bronza davriga tegishli turli mehnat va harbiy qurollar topilgan[4].
3-3,5 ming yillar avval Toshkentning shimoli-sharqiy qismidagi Qoraqamish sohilida joylashgan Serqali arxeologik manzilgohlari mavjud boʻlgan. Bu shahar hududida bronza davri qabilalari yashab oʻtganini bildiradi. Bu manzilgohlarni S.Rahimov o'rganib chiqqan. Serqalida katta qovurgʻali tamgʻa[8] bilan bezatilgan, tubi tekis qoʻlda yasalgan kulolchilik buyumlari toʻplagan.
Toshkent hududida doimiy aholi punktlari vujudga kelgan davrda, eng qadimgi Jo'n - Salor - Qorasuv sug'orish tizimi bilan bir qatorda Boʻzsuv- Kaykovus -Qoraqamish sug'orish tizimlari ham rivojlangan. Bu yerda rivojlanishning 2 (eramizning V-XIII asrlari) va 3-bosqichi (milodiy IX-XIII asrlar)da ayrim aholi punktlari paydo boʻlgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Караев 1991.
- ↑ 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 2,10 2,11 2,12 2,13 Холматов, Баратов 1983.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Ташкент. План города.. Ташкент: Госкомгеодезкадастр, 2013. ISBN 978-9943-15-130-7.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 У истоков 1982.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Ташкент. Энциклопедия 1983.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 Атлас «Ташкент» малый 2007.
- ↑ 7,0 7,1 Ирригация Узбекистана, 12000 экз, Издательство «Фан» УзССР, 1975 — 322-bet.
- ↑ Филанович М. И.. Ташкент. Зарождение и развитие города и городской культуры. Ташкент: издательство «Фан» УзССР, 1983 — 37-bet.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Холматов Қ., Баратов П.. Тошкент шаҳрининг ирригация шохобчалари. Тошкент: «Фан» УзССР, 1983 — 40-bet.
- Караев С. К.. Топонимия Узбекистана (социолингвистический аспект). Ташкент: «Фан» УзССР, 1991 — 106-bet.
- Филанович М. И. К итогам изучения древней истории Ташкента в свете новейших археологических данных // Общественные науки в Узбекистане. — 1983. — Вып. 4. — С. 32.
- У истоков древней культуры Ташкента. Ташкент: «Фан» УзССР, 1982.
- Атлас «Ташкент» малый.. Ташкент: Госкомгеодезкадастр, 2007. ISBN 978-9943-15-128-4.
- Ташкент. Энциклопедия. Ташкент: Главная редакция УзСЭ, 1983 — 31—32-bet.