Toshbuloq
Toshbuloq | |
---|---|
shahar | |
40°55′24″N 71°34′19″E / 40.92333°N 71.57194°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Namangan viloyati |
tuman | Namangan tumani |
Aholisi | 13 947 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Toshbuloq — Namangan viloyati Namangan tumanidagi shaharcha, tuman markazi. 1989-yil 18-oktabrda tashkil qilingan. Toshbuloq Namangan Tumanidagi asosiy va katta shahri hisoblanadi. Namangan shahridan 10 km gʻarbda. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Namangan (10 km). aholisi 13947 kishi (2003). T.da „Toshbuloq To'la“ aksiyadorlik jamiyati, „Rayhon To'la“ pillani qayta ishlash korxonasi, „Toshbuloq-Tekstil“ toʻqimachilik korxonasi faoliyat koʻrsatadi. Avtokorxona, dehqon bozori, madaniyat saroyi, madaniyat uyi, markaziy kutubxona va uning shoxobchalari, „Yoshlar markazi“ ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, 2 kasbhunar kolleji, maqom va xor jamoalari, „Olvalizor gullari“ ashula va raqs xalq ansambli bor.
Stadion, 2 tennis korti, 2 ta bolalar sport maktabi mavjud. Markaziy kasalxona, kattalar va bolalar poliklinikalari, tez tibbiy yordam ilmiy markazi boʻlimi, markaziy dorixona, 5 xususiy dorixona, 2 xususiy kasalxona aholiga xizmat koʻrsatadi.[1]
Jome Masjidi- Toshbuloqning markazida joylashgan bo'lib bu shaxarchadagi eng katta masjid hisoblanadi.
Dehqon bozori - hammaga tanish boʻlgan dehqon bozori ham Toshbuloqda joylashgan bo'lib bu sharchaning eng katta bozori hisoblanadi. Boshqa qishoqlar ham shu bozordan xarid qilishadi. Bu bozor Payshanbadan-Yakshanbagacha ochiq bo'ladi.
Pochta Indeksi - Toshbuloq shahrchasining asosiy pochta indeksga ega bo'lib uning indeksi 160600 hisoblanadi.
Nomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshbuloq soʻzi maʼnosi „toshli buloq“ yaʼni u yerda 7 ta toshli issiq va sovuq shifobaxsh buloqlar mavjud. Bu buloqlardan biriga Ohunov nomidagi davolanish maskani qurilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |