Kontent qismiga oʻtish

FC Torpedo Moskva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Torpedo Moskvadan yoʻnaltirildi)
Torpedo Moskva
Toʻliq nomi Moskvaning Torpedo futbol klubi
Laqabi Чёрно-белые (Qora va oqlar), Автозаводцы (Avtomobil zavodi ishchilari)
Asos solingan 17 August 1924 (100 yil avval) (17 August 1924)

Lujniki stadioni

Arena Khimki (zaxira)
Sigʻimi 81,000
Raisi Aleksandr Volnushkin
Direktori Oleg Kononov
Liga Rossiya birinchi ligasi
Oʻrni 10th of 18
Vebsayti Klub sayti
Amaldagi mavsum

"Torpedo Moskva" futbol klubi (ruscha: ФК "Торпедо" Москва, FK Torpedo Moskva) – „Torpedo Moskva“ nomi bilan tanilgan, 1924-yilda tashkil etilgan va Moskvada joylashgan Rossiya professional futbol klubi. ​​

„Torpedo“ tarixan sovet davrida ham mamlakat ichida, ham Yevropada katta muvaffaqiyatlarga erishgan Moskvaning yirik klublaridan biri hisoblanadi. Biroq, yaqin tarixda klub moliyaviy muammolar va yomon boshqaruvdan aziyat chekgan. 1938-yildan beri klub SSSR Oliy ligasida ishtirok etishni boshlagan boʻlib „Torpedo“ Rossiya Premyer-ligasining 2006-yilgi mavsumidan soʻng oʻz tarixida birinchi marta quyi ligaga tushib ketgan. 2007-yildan 2024/2025-yillarda asosan Rossiya birinchi ligasida ishtirok etgan. 2014/2015, 2022/2023-yilgi mavsumlarda jamoa Rossiya Premyer-ligasida oʻynagan.

Ismlar tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1930—1932 – AMO „Avtomobilnoe Moskovskoe Obshchestvo“ (AMO) ga tegishli.
  • 1933—1936 – ZIS, AMO zavoi nomidan keyin Zavod Imeni Stalina (ZIS) ga oʻzgartirilgan.
  • 1936—1996 – Torpedo Moskva Sovet „B“ ligasining asoschilaridan biri sifatida shu nomaga oʻzgartirilgan.
  • 1996—1998 – Torpedo-Lujniki, Lujniki korporatsiyasining mulkiga aylanganidan soʻng shu nomga oʻzgartirilgan.
  • 1998-yildan hozirgi kungacha – Torpedo Moskva

„Torpedo“ uch marta Sovet Ittifoqi Oliy ligasi chempionligini qoʻlga kiritgan va yetti marta mamlakat kubogini qoʻlga kiritgan. „Qora-oqlar“ laqabini olgan Torpedo 1950—1960-yillarning yorqin hujumchisi, „rus Pelesi“ nomi bilan tanilgan Eduard Streltsov davridan beri klub Rossiya futbolida asosiy kuchga aylanmagan. Torpedo jamoasining oʻtmishdagi shon-sharafiga uchta SSSR chempionligi (1960, 1965 va 1976-yil kuzi), oltita SSSR kubogi (1949, 1952, 1960, 1968, 1972, 1986), bitta Rossiya kubogi (1993) gʻoliblilari kiradi. Shuningdek jamoa UEFA kubogi musobaqasida 2 ta va 1991-yilda Ciutat de Lleida Trophy musoboqasida 1 ta oʻyin oʻtkazgan.

Klub 1990-yillarning oʻrtalarida inqirozga qadar ZIL avtomobil zavodiga tegishli edi. ZiL zavodining inqirozi sababli klub Lujniki mulkiga aylangan va Torpedo oʻzining tarixiy joyini tark etib, shahar boʻylab Lujnikiga koʻchib oʻtgan. Bu davrda jamoa nomi (1996—1997) Torpedo-Lujnikiga oʻzgartirilgan. Keyinchalik jamoasi Torpedo Moskva nomini qayta olgan.

1996-yilda ZIL zavodi Moskvaning „Torpedo“ klubini sotgandan soʻng, „Torpedo-ZIL“ jamoasini (1997) tashkil etgan. Yangi Torpedo nomi ostida tashkil etilgan jamoa Rossiya uchinchi ligasida debyut qilgan va 2000-yilda Rossiya Premyer-ligasiga sihtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Premyer-ligaga chiqqanidan soʻng jamoa nomi FC Moskva nomiga oʻzgartirilgan. Biroq, bu yangi jamoa moliyaviy inqiroz sababli 2010-yilgi mavsumni Havaskor futbol ligasida oʻtkazgan, uning egasi va bosh homiysi MMC Norilsk Nikel moliyalashtirishni toʻxtatganidan keyin tarqatib yuborilgan.

ZIL zavodi 2003-yilda „Torpedo-ZIL“ jamoasini sotgandan soʻng, uchinchi divizionda oʻynashni boshlagan „Torpedo-ZIL“ (2003) jamoasini tashkil etgan. Biroq, bu jamoa ham 2011-yilda Birinchi ligaga koʻtarilish harakatlari muvaffaqiyatsizlikka uchragach, tarqatib yuborilgan.

SC Lujniki korporatsiyasi qoʻl ostida (1996—2009), Torpedo Moskva 2006-yilda Birinchi divizionga tushib ketgan va moliyavaiy qiyinchiliklardan soʻng ikkinchi divizionga tushib ketgan. 2009-yil boshida Lujniki korporatsiyasi jamoani yana ZiL zavodiga sotgan. ZIL Torpedo Moskva va Torpedo-ZIL (2003) jamoalarini birlashtiradi, deb taxmin qilingan edi. Keyinchalik jamoalar birlashtirilmadi va buning oʻrniga mustaqil Torpedo Moskva jamoasi 2009-yilni Havaskorlar futbol ligasida oʻtkazgan va ikki mavsum davomida jamoaga tajribali futbolchilarni jalb etilishi natijasida 2011-yilda Birinchi ligaga qaytgan.

2012/2013-yilgi mavsumda Torpedo Rossiya Ikkinchi ligasiga tushib ketishdan arang qutulib qolgan. Chempionat yakuniga koʻra, oʻz vaqtida „Torpedo“da toʻp surgan 42 yoshli Vladimir Kazakov klub bosh murabbiyligiga tayinlangan. Yuqori saviyada oʻynash tajribasiga ega boʻlgan bir nechta oʻyinchilar xarid qilingan. Biroq dastlabki 6 uchrashuvda qora-oqlar atigi ikki ochko ishlab olishga muvaffaq boʻldi, Kazakov aybni oʻz zimmasiga oldi va isteʼfoga chiqgan.

2013-yilda Aleksandr Borodyuk boshchiligidagi jamoa raqobatbardosh boʻla boshladi. Natijada 2013/2014-yilgi mavsumda uchinchi oʻrinni egallagan va Premyer-ligaga chiqish uchun pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. Jamoa 2014-yil 18-may kuni shahar chetidagi Ramenskoye stadionida boʻlib oʻtgan oʻyinda, avvalgi mavsumda 14-oʻrinni egallagan Premyer-liga jamoasi „Krilya Sovetov Samara“ni 2:0 hisobida magʻlub etgan. 22-may kuni Samaradagi „Metallurg“ stadionida kechgan javob uchrashuvida „ Torpedo“ durang natija qayd etgan va shu tariqa umumiy hisobda gʻalaba qozongan va sakkiz yillik tanaffusdan soʻng Premyer-ligaga qaytgan.

2014/2015-yilgi mavsum Premyer-ligada Torpedo uchun yomon boshlangan. Birinchi oʻyinda klub Moskvaning CSKA jamoasiga 1:4 hisobida magʻlub boʻlgan. Mavsum oxirida jamoa 15-oʻrinni egallaganidan soʻng, Rossiya futbol milliy ligasiga (Rossiya birinchi ligasi) tushib ketgan. Moliyaviy qoʻllab quvvatlovning yoʻqligi sababli, „Torpedo“ faqat 2015/2016-yilgi mavsumda uchinchi darajali Rossiya Professional Futbol Ligasida oʻynash uchun litsenziya olishi mumkin edi va shu bilan Rossiyaning 3-darajali ligaasiga tushib ketgan.

2017-yilda rossiyalik milliarder, Ingrad koʻchmas mulkni rivojlantirish kompaniyasi va Rossium konserni rahbari Roman Avdeyev Torpedo jamoasini sotib olgan.

Torpedo klubining uy stadioni Eduard Streltsov stadioni ham „Rossium“ korporatsiyasiga tegishli. 2017-yilda Roman Avdeyev stadionni rekonstruksiya qilishni eʼlon qilgan. Ishlar 2019—2020-yillarda boshlangan, va ishlar tugallangach, sigʻimi 15 000 (barcha oʻrinli) boʻlgan.

2018-yil iyul oyida Erving Botakaning Moskvaning „Torpedo“ klubiga qaytishi muvaffaqiyatsizlikka uchragani, ultras qora tanli futbolchining klubda oʻynashiga ruxsat bermagani sababli klub uning shartnomasini bekor qilgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik Torpedo buni rasmiy bayonot orqali rad etdi, ammo Torpedo ultras oʻz bayonotida qatʼiy edi[1]. Torpedoga Moskva va Ingrad kredit banki oʻzaro homiylik kelishuviga erishgan. 2018/2019-yilgi mavsum oxirida jamoa FNLga koʻtarilishga erishgan.

„Torpedo“ 2022-yil 21-may kuni Rossiya futbol milliy ligasida gʻalaba qozonib, Premyer-ligaga qaytishni taʼminlagan[2].

Raqobat va qoʻllab quvvatlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Torpedo" muxlislari klubi „Spartak“ muxlislar fan-klubi bilan yaqin aloqalarga ega. „Torpedo“ jamoasining raqobati Moskvaning boshqa klublari („Spartak“dan tashqari), „Lokomotiv“, „CSKA“ va „Dinamo“ jamoalari bilan boʻlib, bu jamoalarga qarshi Moskva derbilarida muxlislar alohida tayyorgarlik koʻrishadi.

Xabar qilinishicha, baʼzi muxlislar oʻyin paytida ham, oʻyindan tashqarida ham oʻta oʻng tomondagi belgilar va bannerlarni koʻrsatishgan, masalan, Seltik xochi va Svastika. bu haqda bir necha marta OAV tomonidan salbiy xabar berilgan[3][4].

Formalar, toʻplam yetkazib beruvchilar va homiylar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hamkorlik davri Ishlab chiqaruvchi Hamkorlik davri Sovrin homiysi
1976—1990 Adidas 1976—1987 Homiylar yoʻq
1988—1990 Danieli
1990—1996 Umbro 1990—1991 Kodak Copiers
1991—1996 Holsten
1997—1998 Reebok 1997 Homiylar yoʻq
1998 Reebok
1999—2003 Diadora 1999 Homiylar yoʻq
2000 Rosneft
2001—2003 Homiylar yoʻq
2004 Le Coq Sportif 2004
2005—2009 Umbro 2005—2008
2009 Energy Consulting
2010 Adidas[5] 2010
2011—2012 Umbro 2011—2012 Agent.ru
2012—2013 Adidas 2012—2013 ZiL
2013—2018 Legea 2013 Homiylar yoʻq
2014—2015 Gorenje[6]
2018—2019 Joma 2018—2022 INGRAD
2019—2020 Macron
2020—2022 Nike
2022—2023 Puma 2022—2024 Pari
2023—2024 Wildberries
2024— Puma 2024— Tennisi bet

Mahalliy musobaqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Rossiya milliy futbol ligasi
    • Gʻoliblar (1): 2021-22
  • Sovet oliy ligasi:
    • Gʻoliblar (3): 1960, 1965, 1976 (kuz)
    • Ikkinchi oʻrin (3): 1957, 1961, 1964
  • Sovet kubogi / Rossiya kubogi:
    • Gʻoliblar (7): 1949 , 1952, 1960, 1968, 1972, 1985-86, 1992-93
    • Ikkinchi oʻrin (9): 1947, 1958, 1961, 1966, 1977, 1982, 1988-88, 1988-89, 1990-91
  • Sovet Superkubogi:
    • Ikkinchi oʻrin (1): 1987-yil
  • Ciutat de Lleida kubogi: 1
1991-yil

Yevropa musoboqalarida ishtirok

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moskvaning „Torpedo“ klubining Yevropadagi eng yaxshi ishtiroki 1990/1991-yilgi UEFA Kubogi chorak finaliga qadar etib borishi, penaltilar seriyasida „Brøndby“ jamoasiga yutqazishi va 1986–87 yilgi Yevropa kubogi gʻoliblari kubogining chorak finalida „Bordo“ klubiga safardagi gollar evaziga magʻlub boʻlishgan.

Yoshlar tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Torpedo Rossiyadagi eng yaxshi va eng yirik futbol taʼlim tuzilmalaridan biriga ega. Klub akademiyasidan tortib, klub bilan bogʻliq boʻlgan shahar boʻylab bir nechta futbol maktablarigacha, ularga moliyaviy va texnik yordam koʻrsatadi[7]. Keyinchalik klub akademiyasiga aylanadigan Torpedo futbol maktabi 1957-yilda tashkil etilgan va anʼanaviy ravishda Rossiyadagi eng kuchli futbolchilarni tayyorlaydigan futbol maktablaridan biri boʻlib kelgan, koʻplab oʻyinchilar asosiy jamoaga oʻtishgan, asosiy jamoaga jalb etilmagan oʻyinchilar esa Rossiya ligasining turli xil jamoalarida oʻz oʻrinlarini topishgan. Torpedo maktabi tarixning turli davrlarida Torpedo-ZIL va FK Moskvaning yurisdiktsiyasi ostida boʻlib, klub egaligi oʻzgargan[8].

Klub Rossiyaning tarixdagi eng muhim futbolchilarini, jumladan, milliy terma jamoa afsonalari, egizak aka-uka Aleksey Berezutskiy va Vasiliy Berezutskiy, keyinchalik klubni boshqaradigan Sergey Ignashevich va „Torpedo“ stadioni uning nomi bilan atalgangan klub afsonasi Eduard Streltsovni tarbiyalagan. Klubning mashhur akademiyasining boshqa bitiruvchilari orasida „Chelsea“ va „Seltik“ jamoalarining sobiq darvozaboni Dmitriy Xarin, „Zenit“ darvozaboni Andrey Lunyov, Pavel Mamayev, Kirill Nababkin, Valentin Ivanov, Valeriy Voronin, Aleksandr Ryazantsev bor.

„Torpedo“ jamoasining zaxira tarkibi, oʻz akademiyasining eng yuqori darajasi, Rossiya futbol piramidasida Torpedo-d Moskva (1992–1993-yillarda Rossiya Ikkinchi Ligasi, 1994–1995-yillarda Rossiya Uchinchi Ligasi), Torpedo-Lujniki-d Moskva (1996–1997-yillarda Rossiya uchinchi ligasi) va FK Torpedo-2 Moskva (1998–2000-yillarda Rossiya Ikkinchi divizioni) nomlari ostida professional ligalarda oʻynagan. Oʻsha davrdan beri farm jamoa "Torpedo-M" nomi bilan yoshlar futboliga qaytgan[9][10].

2024-yil 17-avgust holatiga koʻra, Rossiya Birinchi Ligasi rasmiy sayti

Amplua Futbolchi
3  RUS HM Aleksandr Ivankov
4  RUS HM Sergei Borodin (vice-captain)
7  ARM HJ Arshak Koryan
8  RUS YH Igor Konovalov
9  RUS HJ Maksim Maksimov
12  RUS DR Yegor Baburin (captain)
15  RUS HM Yegor Danilkin
17  RUS YH Igor Gorbunov
18  RUS YH Artyom Sokolov (on loan from Krylia Sovetov Samara)
19  RUS HM Ruslan Baytukov
20  MLI YH Mamadou Camara
22  RUS YH Vladislav Galkin
25  RUS HM Ivan Kuzmichyov (on loan from Lokomotiv Moscow)
27  RUS YH Aleksandr Orekhov
29  COL HJ Wilinton Aponzá
Amplua Futbolchi
38  RUS HJ Aleksandr Chupayov
51  RUS DR Vitali Botnar
52  RUS YH Ravil Netfullin (vice-captain)
58  RUS YH Maksim Mishutin
69  RUS YH Irakli Manelov
71  RUS HM Islamzhan Nasyrov
74  RUS DR Mikhail Volkov
77  RUS YH Vitali Shitov (on loan from Spartak Moscow)
86  RUS HM Yelisei Melnikov
87  RUS YH Andrei Kostin
89  RUS HJ Ruslan Chervyakov
90  MNE HM Bojan Roganović
97  CRO YH Mario Ćurić
99  BLR HM Gleb Shevchenko

Qaydnomaga kiritilmagan futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Amplua Futbolchi
11  RUS YH Daniil Shamkin

Ijaraga berilgan futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Amplua Futbolchi
 RUS HM Nikita Kalugin (at Tyumen until 30 June 2025)
 BLR YH Aleksandr Guz (at Sokol Saratov until 30 June 2025)
 RUS YH Vladimir Moskvichyov (at Akron Tolyatti until 30 June 2025)
 CIV YH Néné Gbamblé (at Shinnik Yaroslavl until 30 June 2025)
 PER HJ Yordy Reyna (at Rodina Moscow until 30 June 2025)
Lavozim Name Nationality
Bosh murabbiy Oleg Kononov Rossiya Belarus
Katta murabbiy: Vitali Yatsko Rossiya Moldova
Yordamchi murabbiy: Pavel Kirilchik Belarus
Darvozabonlar murabbiyi: Igor Telkov Rossiya
Katta jismoniy tayyorgarlik murabbiyi Ramil Sharipov Rossiya
Jismoniy tayyorgarlik murabbiyi: Dmitri Goryainov Rossiya
Fizoterapevt: Artyom Goryainov Rossiya
Tahlilchi: Igor Stebenev Rossiya
Jamoa nazoratchisi: Valeri Skorodumov Rossiya
Administrator: Aleksandr Petrov Rossiya
Administrator: Aleksandr Nikolaev Rossiya
Administrator: Artyom Andreyev Rossiya
Bosh shifokor: Kirill Ivanov Rossiya
Shifokor: Yan Gobedashvili Rossiya
Fizioterapevt: Aleksei Zavgorodni Rossiya
Reabilitolog-fizioterapevt: Ilya Nabatchikov Rossiya
Massajchi: Aleksandr Krasilnikov Rossiya
Massajchi: Stjepko Škreblin Xorvatiya bayrogʻi Xorvatiya Rossiya
Jamoa operatori: Andrei Sherstobitov Rossiya

[11]

Mashhur futbolchilar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi qalin harflar bilan yozilgan oʻyinchilar Torpedoda oʻynab, oʻz mamlakatlarining terma jamalarida oʻynaganliklarini bildiradi.

USSR/Russia
Sobiq SSSR davlatlari
Armaniston
Ozarbayjon
Belarus
Gruziya
Qozogʻiston
Moldova
Tojikiston
Ukraina
Oʻzbekiston
Yevropa
Bosniya va Gertsegovina
Estonia
Islandiya
Latvia
Litva
Shimoliy Makedoniya
Polsha
Rumminiya
Ispaniya
Serbiya
Sloveniya
Afrika
Gambiya
Nigeria
Osiyo & Okeaniya
Avstraliya

Toʻliq roʻyxat uchun Turkum: FC Torpedo Moskva oʻyinchilariga qarang.

Futbolchilar natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng koʻp oʻyinda ishtirok etganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyin 2007-yil 20-aprelda boʻlib oʻtgan va rasmiy saytga koʻra. Qalin yozilgan oʻyinchilar hozirda Moskvaning „Torpedo“ jamoasida oʻynashmoqda.

Ism Faoliyat Oʻtkazilgan oʻyinlar
1 Sovet Ittifoqi Viktor Shustikov 1958–1972 427
2 Sovet Ittifoqi Sergei Prigoda 1976–1988 325
3 Sovet Ittifoqi Aleksandr Polukarov 1980–1991 319
4 Sovet Ittifoqi Vladimir Yurin 1970–1980 304
5 Sovet Ittifoqi Valentin Ivanov 1953–1966 286
6 Sovet Ittifoqi Sergei Petrenko 1974–1985 276
7 Sovet Ittifoqi Leonid Pakhomov 1967–1976 261
8 Sovet Ittifoqi Vasiliy Zhupikov 1977–1985 255
9 Sovet Ittifoqi Viktor Kruglov 1975–1981, 1984–1986 231
10 Sovet Ittifoqi Vladimir Buturlakin 1970, 1972–1980 226

Eng koʻp kiritilgan gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ism Faoliyat Gollar
1 Sovet Ittifoqi Valentin Ivanov 1953–1966 124
2 Sovet Ittifoqi Eduard Streltsov 1954–1958, 1965–1970 100
3 Sovet Ittifoqi Aleksandr Ponomaryov 1945–1950 83
4 Sovet Ittifoqi Gennadiy Gusarov 1957–1962 67
5 Sovet Ittifoqi Georgiy Zharkov 1939–1940, 1945–1951 63
6 Sovet Ittifoqi Pyotr Petrov 1938–40, 1945–1949 54
7 Rossiya Igor Semshov 1998–2005 54
8 Sovet Ittifoqi Yuri Savichev 1985–1990 47
9 Sovet Ittifoqi Nikolai Vasilyev 1976–1985 45
10 Sovet Ittifoqi Oleg Sergeev 1958–1966 43

Boshqaruv tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yillar Ism Yutuqlar Izohlar
1932–34 Sergei Bukhteyev (1896–1948) Russian champion 1922 (SKZ, player)

died in GULAG

1936–37 Nikolai Nikitin (1895–1960) organized Moscow youth football school

replaced in July

1937–39 Sergei Bukhteyev (1896–1948) replaced in May
1939–40 Konstantin Kvashnin (1898–1982)
1945 Viktor Maslov (1910–77) player of RDPK (1930), AMO, ZiS (1931–35), Torpedo (1936–40)

for Torpedo 66 games, 1 goal replaced in August

1945–46 Fyodor Selin (1899–1960) Bronze (Soviet Top League)
1946–48 Viktor Maslov (1910–77) Lost in finals to Spartak 1–2 replaced in July
1948–49 Nikolai Nikitin (1895–1960) replaced in May
1949–50 Konstantin Kvashnin (1898–1982) First Soviet Cup (FC Dynamo Moscow 2–1) replaced at the end 1950
1951 Vladimir Moshkarin (1914–94) Torpedo (1945–50) 89 games, 2 goals

replaced in July

1951 Andrei Rzhevtsev (1910–98) replaced at the end of 1951
1952–53 Viktor Maslov (1910–77) Second Soviet Cup (Spartak Moscow 1–0) replaced in August
1953–55 Nikolai Morozov (1916–81) Bronze (Soviet Top League) Torpedo (1938–49) 153 games, 5 goals

replaced in October

1956 Konstantin Beskov (1920–2006) coached six Moscow teams at the Top level
1957–61 Viktor Maslov (1910–77) First title (1960),

third Soviet Cup (Dinamo Tbilisi 4–3 aet), silver twice (Soviet Top League),

Soviet Cup finalist twice

1962 Georgi Zharkov (1918–81) Torpedo (1939–51) 191 games, 63 goals
1963 Yuriy Zolotov (1929–98) Torpedo (1950–56) 60 games, 13 goals

part of club’s staff (1959–94 with breaks) replaced in April

1963 Nikolai Morozov (1916–81)
1964–66 Viktor Maryenko (1929–2007) Second title (1965),

Silver (Soviet Top League), Soviet Cup finalist (Dynamo Kyiv 0–2)

Torpedo (1954–59) 88 games, 1 goal

coach of youth school 1981, 1988–92

1967 Nikolai Morozov (1916–81) replaced in July
1967–70 Valentin Ivanov (1934–2011) Fourth Soviet Cup (Paxtakor Toshkent 1–0),

silver (Soviet Top League)

Torpedo (1952–66) 287 games, 124 goals
1971–73 Viktor Maslov (1910–77) Fifth Soviet Cup (Spartak Moscow 0–0, 1–1, pk 5–1) replaced in August
1973–78 Valentin Ivanov (1934–2011) Third and last title (fall’76),

bronze (Soviet Top League), Soviet Cup finalist (FC Dynamo Moscow 0–1)

1979–80 Vladimir Salkov (1937–) replaced in July
1980–91 Valentin Ivanov (1934–2011) Sixth Soviet Cup (Shakhtar Donetsk 1–0),

bronze (Soviet Top League), Soviet Cup finalist four other times

replaced in September
1991–92 Yevgeni Skomorokhov (1945–2002) Bronze (Soviet Top League) replaced in August
1992–94 Yury Mironov (1948–) First Russian Cup (CSKA Moscow 1–1, pk 5–3) Torpedo (1970–71, 1975–78) 85 games

replaced in July

1994 Sergei Petrenko (1955–) Torpedo (1972–85) 276 games, 23 goals

coached Torpedo-ZiL (later) replaced in August

1994–96 Valentin Ivanov (1934–2011)
1997–98 Aleksandr Tarkhanov (1954–) replaced in May
1998 Valentin Ivanov (1934–2011)
1999–2002 Vitaly Shevchenko (1951–) Bronze (Russian Premier League) replaced in July
2002–06 Sergei Petrenko (1955–) replaced in September
2006 Aleksandr Gostenin (1955–) Torpedo (1981–86) 145 games

replaced in November

2007 Georgi Yartsev (1948–) replaced in June
2007 Vyacheslav Dayev (1972–) Torpedo (1999–2001) 87 games, 8 goals

replaced in July

2007–08 Ravil Sabitov (1968–) replaced in May
2008–09 Vyacheslav Dayev (1972–)
2010 Sergei Pavlov (1955–)
2010–12 Igor Chugainov (1970–)
2012 Mikhail Belov (1966–)
2012–13 Boris Ignatyev (1940–)
2013 Nikolai Savichev (1965–)
2013–14 Aleksandr Borodyuk (1962–)
2014 Nikolai Savichev (1965–)
2014–16 Valery Petrakov (1958–)
2016–17 Viktor Bulatov (1972–)
2017–19 Igor Kolyvanov (1968–)
2019–2020 Nikolai Savichev (1965–)
2020–2021 Sergey Ignashevich (1979–)
2021–2022 Aleksandr Borodyuk (1962–)
2022 Nikolai Savichev (1965–)
2022–2023 Andrei Talalaev (1972–)
2023 Pep Clotet (1977–)
2023 Artyom Gorlov (1987–)
2023–2024 Artyom Gorlov (1987–)
  1. „Erving Botaka-Yobama: Torpedo Moscow cancel deal for black defender but deny racism“ (en-GB). BBC Sport (2018-yil 20-iyul). 2019-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-avgust.
  2. „"ТОРПЕДО" – ПОБЕДИТЕЛЬ ОЛИМП-ФНЛ, "ФАКЕЛ" СТАЛ ВТОРЫМ“ (ru). Russian Football National League (2022-yil 21-may). 2022-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
  3. „Torpedo Moscow given another stadium ban after fans display Nazi symbol“ (en). the Guardian (2015-yil 7-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  4. „Torpedo Moscow punished for fans' Nazi-symbol banner“ (en-us). Sports Illustrated (2015-yil 7-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  5. „В следующем сезоне "Торпедо" будет играть в Adidas“. onedivision.ru. 2014-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 24-may.
  6. „Gorenje официальный спонсор ФК Торпедо с 2014 года“. 2015-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-mart.
  7. „ДЮСШ "Торпедо"“ (ru). FC Torpedo Moscow (2020-yil 20-iyun). 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  8. „СШОР "Юность Москвы – Торпедо"“ (ru). FC Torpedo Moscow (2020-yil 20-iyun). 2021-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  9. „МОЛОДЕЖКА "ТОРПЕДО"“ (ru). FC Torpedo Moscow (2020-yil 20-iyun). 2021-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-iyun.
  10. „ru:«Торпедо» объявило о создании второй команды“ (Russian). Championat.ru (2022-yil 13-iyun). 2022-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-iyun.
  11. „Тренерский штаб“ (ru). FC Torpedo Moscow (2021-yil 6-iyun). 2021-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.