Tojiali Boboyev
Tojiali Boboyev | |
---|---|
Tavalludi |
27-fevral 1908-yil Margʻilon |
Vafoti |
26-may 1984-yil Margʻilon |
Xizmatdagi yillari | 1943 — 1945 |
Unvoni | |
Harbiy qism | 1006-oʻqchi polki pulemyotchi |
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi |
Mukofotlari |
|
Tojiali Boboyev (1908-yil 27-fevral, Margʻilon — 1984-yil 26-may Margʻilon) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant unvoniga ega. 1943-yildan Ikkinchi jahon urushi frontida. 1006-oʻqchi polki pulemyotchisi. 1945-yil 19-aprelda Germaniyaning Ringenvald rayonnida dushman bilan jang qilib, boshqa qismlarning oldinga siljishiga yordam berdi. Berlin boʻsagʻalarida boʻlgan janglarda jasorat koʻrsatdi. Boboyev Sileziya vokzaliga birinchi boʻlib kirdi va binoning ustki qismiga qizil bayroqni oʻrnatdi. Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan (1945). Urushdan keyin umrining soʻngiga qadar Margʻilonda yashagan[1][2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1908-yil 27-fevralda (baʼzi manbalarga koʻra 10-mart) Margʻilon shahrida (hozirgi Oʻzbekistonning Fargʻona viloyati) hunarmand-dehqon oilasida tugʻilgan. Millati oʻzbek. Tojiali Marg‘ilonda boshlang‘ich maktabni tugatgan va keyinchalik to‘quvchi bo‘lib ishlagan. 1943-yil mart oyidan ikkinchi jahon urushida qatnashish uchun Qizil Armiya safiga chaqirildida. 1943-yil may oyidan Ulugʻ Vatan urushida jang frontida hizmat qildi. Donbassni ozod qilishda qatnashgan dviziyaning aʼzolaridan biri.
1943-yil sentyabr oyida Konstantinovka (Donetsk viloyati) shahrini ozod qilish uchun boʻlib oʻtgan janglarda Qizil Armiya askari Boboyev shaxsan oʻzi sakkiz nafar fashistni yoʻq qildi va butun otryadni oldingga undadi.
Keyingi janglarda u Dneprni ozod qilishda qatnashdi. Janglarning birida yaralandi. Gospitalda jaroxatidan tuzalib, frontga, jang maydoniga qaytdi. Polshani ozod qilish va keyinchalik Germaniyadagi janglarda ham qatnashgan.
1-Belorussiya fronti 5-armiyasining 266-piyoda diviziyasi 1006-piyoda polkining pulemyotchisi, kichik serjant Boboyev 1945-yil 19-aprelda Vritsen (Germaniya) shaharidan 12 kilometr janubda joylashgan Ringenvalde qishlog‘i yaqinidagi janglarda ajralib turdi.
Dushman mudofaasini yorib oʻtishda kichik serjant Boboyev oʻq ostida, dushman pulemyotiga yaqinlashib, uni yoʻq qildi va vzvodning oldingga harakatlanishiga imkon berdi. U janglarda yaralangan edi, ammo dviziya safida qolishni lozim topdi. Jangning oldinga siljishini taʼminlab, u boʻlinmalarning orqa qismidan kirishga uringan dushmanni topdi. Jangdagi qatnashchilardan birini xavf haqida xabar berish uchun yuborib, oʻzi esa dushmanni masofadan nazorat qildi va unga qarata oʻq uzdi, qoʻshimcha kuchlar kelguncha oʻz pozitsiyasini saqlab qoldi.
1945-yil 23-aprelda Berlindagi koʻcha jangida u birinchi boʻlib Sileziya temir yoʻl vokzali binosiga bostirib kirdi va bino ustki qismiga qizil bayroqni oʻrnatdi.
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1945-yil 31-maydagi farmoni bilan fashist bosqinchilariga qarshi kurashda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun kichik serjant Tojiali Boboyevich Boboyevga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Keyinchalik esa Lenin ordeni va „Oltin yulduz“ medali bilan ham taqdirlandi (№ 6710). 1945-yilda u barcha safdoshlari bilan urushdan demobilizatsiya qilindi. 1945-yildan Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzosiga aylandi. Urushdan soʻng Marg‘ilon shahriga qaytib keldi va qolgan umrini shu yerda oʻtkazdi. 1984-yil 26-mayda Margʻilon sahrida vafot etgan.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sovet Ittifoqi Qahramoni „Oltin yulduz“ medali
- „Lenin ordeni“ sohibi
- „Vatan urushi ordeni“ sohibi
- „Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni“ sohibi
- „Qizil Yulduz ordeni“ sohibi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Primachenko V. „Babaev Tadjiali Babaevich“ warheroes.ru (22-fevral 2018-yil) (Rus)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tojiali Babaevich Babaev „Vatan qahramonlari“ sayti.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
- Kichik serjantlar (SSSR)
- Sovet Ittifoqi Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari
- Vatan urushi ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- 27-fevralda tugʻilganlar
- 1908-yilda tugʻilganlar
- Margʻilonda tugʻilganlar
- 1984-yilda vafot etganlar
- 26-mayda vafot etganlar
- Margʻilonda vafot etganlar
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari
- Sovet Ittifoqi Qahramoni unvonini olgan oʻzbeklar
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari