Toʻpolondaryo
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Toʻpolondaryo | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 117 |
Maydoni | 2 200 km² |
Davlat | Oʻzbekiston |
Toʻpolondaryo — Surxondaryo viloyatidagi daryo. Hisor tizmasining janubiy yon bagʻridan boshlanadi. Surxondaryoning eng sersuv oʻng irmogʻi. Uzunligi 117 km. Suv yigʻish maydoni 2200 km². Eng yuqori oqimi Sariosiyo yoki Krrasuv, soʻngra Talishush deb ataladi. Gʻovasoy qoʻshilgandan soʻng Toʻpolondaryo nomini oladi. Boshlanish joyidan Zarchoʻp qishlogʻiga qadar chuqur va tor, baʼzi joyida kanonsimon vodiydan oqadi. Vodiyning kengligi 20-30 m dan 200 m gacha. Zarchoʻp qishlogʻidan oʻtgandan soʻng daryo vodiysi bir oz keng, yon bagʻirlari qiya. Togʻlar orasidan chiqqach, qayirdan tashqari yana 3 ta koʻhna qayir (terrasa) hosil boʻlgan.
Toʻpolondaryoning bir qancha irmoqlari bor. Ulardan eng yiriklari: chapdan — Oybeksuv (21 km), Xovatsoy (42 km), Kishtutsoy (61 km), Dashnobod (64 km); oʻngdan — Shatrut (25 km), Chosh (37 km); Balandsoy (18 km). Toʻpolondaryo asosan, mavsumiy qor va muzliklar suvidan toʻyinadi. Havzasida umumiy maydoni 22,5 km² ga yaqin muzlik va qrrliklar mavjud. Qor chizigʻi oʻrtacha 3900 m balandda. Eng koʻp sutkalik suv sarfi (470 m³/sek.) 1941-yil yanvar oyida va eng kam suv sarfi (5,48 m³/sek.) 1946-yil dekabr oyida kuzatilgan. Yillik suv hajmining 51,8% mart — iyun, 37,4% iyul — sentabr, 10,8% oktabr — fevral oylarida oqib oʻtadi. Bir yilda oʻrtacha 850 ming t loyqa olib keladi. Daryo vodiysida yongʻoqzor, archazor, yaylovlar bor.
Toʻpolondaryodan chiqarilgan Hazorbogʻ kanali Denov, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon tumanlarini suv bn taʼminlaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |