Kontent qismiga oʻtish

Hazorbogʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hazorbogʻ — Surxondaryo viloyatidagi kanal. Toʻpolondaryoiint oʻng sohilidan boshlanadi. 1929—38-yillarda qurilgan. Ilgarigi uz. 36,5 km, suv oʻtkazish imkoniyati 18 m³/s. Keyingi rekonst-ruksiyalar (1953—1967) natijasida kanalning suv oʻtkazish imkoniyati 70 m³/s gacha oshirildi; uz. 56 km ga yetkazildi. 3-kmda bosh gidrouzeli bor. Kanal kamsuv Toʻpolondaryo, Sangardak, Xoʻjaipok daryolarini birlashtiradi. Hazorbogʻ trassasi janubi-gʻarbiy yoʻnalishda koʻp mayda ariklarni kesib oʻtadi. Denov va Shoʻrchi tumanlaridagi 40 ming ga ga yaqin ekin maydonlarini sugʻoradi. H. Defez suv ombori (sigʻimi 12,8 mln. m’)ga suv beradi.