Tinch okeanidagi urush
Ikkinchi jahon urushining Tinch okeanidagi harbiy harakatlar teatri yoki Tinch okeani urushi (inglizcha: Pacific War) (1941-1945) – Ikkinchi Jahon urushi paytida Uzoq Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeanida boʻlib oʻtgan jangovar harakatlar.
Yapon flotining 1941-yil 7-dekabrda AQShning Midueydagi flotiga zarba berishi natijasida Tinch okeanida harbiy harakatlar boshlanib ketdi. Urushning boshida Yaponiya floti muhim stragegik bazalarni bosib oladi. Janubiy-gʻarbiy Osiyo davlatlari Yaponiya agressiyasi tomonidan aziyat cheka boshladi. Tinch okani hududlarida ham Yapoiya floti muvaffaqiyat qozona boshladi. Dastlab Ueyk oroli bosib olinadi. Bu Yapon harbiy flotining Tinch okeani sohillaridagi ilk yirik gʻalabasi boʻladi. Endi Yapon floti Avstraliya tomon janubga siljidi. Avstraliya AQSH uchun Pearl Harbordan keyin Tinch okeanidagi eng muhim baza edi. Shuning uchun AQSH floti Yaponlarni Korall dengizida toʻxtatib qoladi. Shu tariqa Korall dengizida jang boshlanadi.
Ishtirokchilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ittifoqning asosiy ishtirokchilari Xitoy, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Britaniya imperiyasi edi. Xitoy 1937-yildan beri Yaponiyaga qarshi urush olib bormoqda. AQSh va uning hududlari, jumladan, Filippin hamdoʻstligi Yaponiya tomonidan hujumga uchraganidan keyin urushga kirdi. Britaniya imperiyasi, shuningdek, Hindiston, Birma, Malayya, Fiji, Tonga mustamlakachi qoʻshinlaridan tashqari Avstraliya, Yangi Zelandiya va Kanadadan kelgan qoʻshinlardan iborat boʻlgan asosiy jangchi edi. Niderlandiyaning surgundagi hukumati (Gollandiya Sharqiy Hindistonning egasi sifatida) ham ishtirok etdi. Ularning barchasi Tinch okeani urushi kengashining aʼzolari edi[1]. 1944-yildan boshlab fransuz komando guruhi Corps Léger d'Intervention ham Indochinadagi qarshilik operatsiyalarida qatnashdi. Osiyodagi baʼzi faol ittifoqchi partizanlar orasida Malayya xalqlarining Yaponlarga qarshi armiyasi, Koreya ozodlik armiyasi, Ozod Tailand harakati, Việt Minh[2], Khmer Issarak va Hukbalahap bor edi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „WW2 People's War – Timeline“. BBC. Qaraldi: 28-sentabr 2024-yil.
- ↑ „World War II and the founding of the Vietnamese state“. Encyclopædia Britannica. Qaraldi: 28-sentabr 2024-yil.
- ↑ Philip J. Jaffe (1943). „Amerasia“. Amerasia, inc. Volume 7-jild.
{{cite magazine}}
:|volume=
has extra text (yordam)