Til osti nervi kanali
Til osti nervi kanali (canalis nervi hypoglossi) — odam kalla suyagi ensa qismida joylashgan teshik. Kanal har ikkala yuqori va medial tomondan ensa doʻngligi (condylus occipitalis) bilan toʻsilib turadi va undan til osti nervi oʻtadi.
Tuzilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Til osti nervi kanali ensa suyagi asosi va boʻyinturuq oʻsimtasi birikkan sohada joylashgan. Embrional rivojlanish davridagi oʻzgarishlar sababli ensa suyagida 2 va undan ortiq til osti nervi kanallari paydo boʻlishi mumkin[1].
Shakllanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Til osti nervi kanali sut emizuvchilarda rivojlanishning embriologik bosqichida hosil boʻladi.
Funksiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uzunchoq miyadan chiqqan til osti nervi ildizlari til osti nervi kanali orqali kalla suyagidan tashqariga uzatiladi[2].
Klinik ahamiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Til osti nervi kanalini oʻrganish bosh suyagi asosida joylashgan turli xil oʻsmalarni, jumladan: boʻyinturuq venasi katta piyozchasi oʻsmalari, miyelomalar va ba'zi hollarda meningiomani tashxislashda yordam beradi[3]. Bu kanalni oʻrganish miyaning ushbu qismida jarrohlik amaliyotini oʻtkazish uchun kalla suyagiga xavfsiz xirurgik ochib kirish usullarini ishlab chiqishda ahamiyatli hisoblanadi[4].
Tadqiqotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Til osti nervi kanali yaqinda inson nutqining qadimiyligini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarda foydalanilgan. Tadqiqotchilar shuni aniqladilarki, bundan 2 million yil avval yashagan gominidlar zamonaviy shimpanzelarniki bilan bir xil oʻlchamdagi til osti nervi kanaliga ega boʻlgan; shuning uchun, ba'zi olimlar ular gapirishga qodir boʻlmagan deb taxmin qilishadi. Biroq, 400 000 yil muqaddam arxaik H. sapiens zamonaviy odamlarniki bilan bir xil oʻlchamdagi til osti nervi kanaliga ega edi, ya'ni ular nutq qobiliyatiga ega boʻlgan boʻlishi mumkin. Baʼzi neandertallarda ham qadimgi H. sapiens bilan bir xil oʻlchamdagi til osti nervi kanali boʻlgan. Biroq, bir nechta primat turlarini oʻz ichiga olgan soʻnggi tadqiqotlar bu kanalning hajmi va inson nutqi oʻrtasidagi bogʻliqlikning ishonchli dalillarini topa olmadi[5].
Tasvirlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Til osti nervi kanali
-
Kallaning asosi. Yuqoridan koʻrinishi
-
Ensa suyagi va yuqorigi 3ta boʻyin umurtqalarining sagittal kesmasi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Takahashi, H.; Tanaka, H.; Fujita, N.; Tomiyama, N. (2014). "Bilateral persistent hypoglossal arteries: MRI findings". British Journal of Radiology 85 (1010): e46-8. doi:10.1259/bjr/21939976. PMID 22308227. PMC 3473955. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=3473955.
- ↑ Richards, Alan T. „14 - Surgical Exposures for the Nerves of the Neck“, . Nerves and Nerve Injuries. Academic Press, 2015 — 201–213-bet. DOI:10.1016/B978-0-12-802653-3.00063-4. ISBN 978-0-12-802653-3.
- ↑ Voyvodic, F; Whyte, A.; Slavotinek, J. (1995). "The hypoglossal canal: normal MR enhancement pattern". American Journal of Neuroradiology 16 (8): 1707–1710. PMID 7502978. PMC 8337779. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=8337779.
- ↑ Katsuta, T.; Matsushima, T.; Wen, H.T.; Rhoton, A.L. (2000). "Trajectory of the hypoglossal nerve in the hypoglossal canal: significance for the transcondylar approach". Neurologia Medico-Chirurgica 40 (4): 206–210. doi:10.2176/nmc.40.206. PMID 10853319.
- ↑ 02.24.99 - Graduate Students Discredit Theory that Neanderthals Could Talk
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Anatomy diagram: 34257.000-1“. Roche Lexicon - illustrated navigator. Elsevier. 2012-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- „Anatomy diagram: 34257.000-2“. Roche Lexicon - illustrated navigator. Elsevier. 2013-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- Image at uwo.ca