Kontent qismiga oʻtish

The Bukharian Times

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Bukharian Times

The Bukharian Times gazetasining bosh sahifasi (2023-yil 13—19-iyul)
Turi Haftalik gazeta
Formati Katta hajmli
Kimga tegishli Buxoro yahudiy jamiyati
Noshir Rafael Nektalov
Asos solingan 1996-yil
Tili Rus, yahudiy, tojik, o'zbek, ingliz
Bosh ofisi Queens, Nyu York, Amerika Qoʻshma Shtatlari
Adadi 10 000 (2016-yil yanvar holatiga)
Vebsayt bukhariantimes.org

The Bukharian Times — Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Buxoro yahudiy jamiyatining haftalik obuna gazetasi.

Gazeta 1996-yilda jamoat arbobi, Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Kandov tomonidan tashkil etilgan boʻlib, uning faoliyati dunyoning koʻplab mamlakatlarida, jumladan, Oʻzbekiston va Tojikistonda xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlgan. Gazeta bosh ofisi Nyu-York shtati (AQSh) Queens shahrining Forest Hills tumanidagi Buxoro yahudiylari kongressining bosh binosida joylashgan. Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi buxorolik yahudiylar jamoasining asosiy qismi Kvinsda istiqomat qiladi. Buxorolik yahudiylarning aksariyati 1980-yillarning boshidan AQShga ko‘chib kelgan. 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida ularning AQSh, Isroil va boshqa mamlakatlarga oqimi keskin oshdi [1] [2][3].

Materialning asosiy qismi rus tilida nashr etiladi. Shuningdek, yahudiy, tojik, oʻzbek va ingliz tillarida alohida rukn va boʻlimlar mavjud. „The Bukharian Times“ gazetasi Buxoro yahudiylarning avlodlari orasida tobora kamayib borayotgan yahudiylarning ona tilida: yahudiy hamda tojik tilida materiallar chop etuvchi dunyodagi kamyob gazetalardan biri. Gazeta mavzusi universaldir. Iqtisodiyot, siyosat, tarix, din, tillar, madaniyat va boshqa sohalarga oid materiallar va yangiliklarni nashr etadi. Tahririyatda 20 ga yaqin odam ishlaydi, ularning aksariyati ilmiy darajaga ega. Bosh muharrir hozirda asli samarqandlik Rafael Nektalovdir. The Bukharian Times gazetasining umumiy tiraji 2016-yil yanvar holatiga koʻra 10 000 tani tashkil qilgan. Gazeta nafaqat buxorolik yahudiylar jamoasi, balki sobiq SSSRdan kelgan boshqa rusiyzabon muhojirlar orasida ham mashhur[4][5][6].

  1. „Репортаж узбекской службы Voice of America о газете The Bukharian Times (январь 2016)“. 2016-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  2. „The Bukharian Times о Самарканде“. 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  3. „The Bukharian Times принимает гостей“. 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  4. „Репортаж узбекской службы Voice of America о газете The Bukharian Times (январь 2016)“. 2016-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  5. „The Bukharian Times о Самарканде“. 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.
  6. „The Bukharian Times принимает гостей“. 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 26-yanvar.