Kontent qismiga oʻtish

Tatyana Leshenko-Suxomlina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tatyana Leshenko-Suxomlina
Tavalludi 1903-yil 19-oktyabr
Vafoti 1998-yil 10-dekabr
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasiSSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi Tarjimon, aktrisa, yozuvchi, shoira, qoʻshiqchi

Tatyana Ivanovna Leshchenko-Suxomlina (1903-yil 19-oktyabr, Chernigov – 1998-yil 10-dekabr, Moskva) – rossiyalik qo'shiqchi, aktrisa, yozuvchi, tarjimon va shoira.

Tatyana Leshenko va uning egizagi Yuriy 1903-yil 19-oktyabrda Chernigovda aristokratlar oilasida tugʻilgan. Otasi Ivan Vasiliyevich olim-agronom, onasi Yelizaveta Nikolayevna pianinochi.

Yosh Tatyana Leshenko dastlab Pyatigorsk gimnaziyasida oʻqigan, keyin Yekaterina institutini[1] tamomlagan.

Oktyabr inqilobi va fuqarolar urushi Pyatigorskda yashayotgan oilaga ham oʻz taʼsirini oʻtkazdi, uning hayotini butunlay oʻzgartirib yubordi. Fuqarolar urushida shoiraning egizagi Yuriy halok boʻlgan. Qaygʻu va vayronagarchilik oilani omon qolish yoʻllarini izlashga majbur qilgan.

Tatyana Leshenko 1922-yilda Moskvaga joʻnab ketgan. Aktrisa yangi sovet Rossiyasiga kelgan chet elliklarga rus tili darslarini berishni boshlagan. 1923-yil yozida amerikalik advokat Benjamin Pepper (1897-1969) bilan uchrashgan va ular turmush qurishgan.

Bir yil oʻtgach, 1924-yilda Tatyana turmush oʻrtogʻi bilan Amerikaga joʻnab ketgan, u yerda Kolumbiya universitetini (jurnalistika boʻlimi) tugatgan[2]. Rus haykaltarosh Dmitriy Filippovich Tsaplin (1890-1967) bilan tanishgan. Benjamin Pepper bilan ajrashgandan soʻng Tsaplinga turmushga chiqqan, 1931-yilda Parijda qizi Alyona (Vera Tsaplin) tugʻilgan.

Tatyana Ivanovna 1930-yillarning boshida Rossiyaga qaytgan. Aktrisaning chet tillarini bilishi unga katta yordam bergan. Pul topish uchun professional adabiy tarjimonga aylangan. Birinchi yirik adabiy asari-1932-yilda tarjima qilingan D. Lourensning „Lyubovnik ledi Chatterley“ romani[3].

Leshenko vaqti-vaqti bilan Abramtsevo ijod uyida yashagan[4][5].

Tatyana shu yillarda vokal bilan jiddiy shugʻullangan.

Vatan urushi boshlanishi bilan Tatyana Ivanovna va uning oilasi evakuatsiya qilingan, ammo 1943-yil sentyabr oyida yana Moskvaga qaytib kelgan.

Leshenko 1947-yil 30-sentyabrda Sovet Ittifoqiga qarshi tashviqotda ayblanib hibsga olingan va 8 yil mehnat lagerida jazo oʻtash uchun Vorkutaga yuborilgan, u yerda aktrisa sifatida Vorkuta lager teatriga borgan.

Aktrisa 1956-yil mart oyida reabilitatsiya boʻyicha Moskvaga qaytib kelgan. Shu yilning 31-dekabrida emigratsiyadan ona yurtiga qaytgan jurnalist V. V. Suxomlinga (1885-1963) turmushga chiqqan.

Leshenko-Suxomlina arxivlarda faol ishlagan. Koʻplab xorijiy adabiyotchilar bilan uchrashgan, ularning asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. Bundan tashqari romanslar va qadimiy qoʻshiqlar ijrochisi sifatida shuhrat qozongan. Akkompaniator – gitarachi Sergey Chesnokov bilan birga ijod qilgan[6]. Aktrisa lager sheʼriyati kechalarida konsertlar bilan chiqish qilgan va unda oʻz qoʻshiqlarini ijro etgan, ijodiy kechalar oʻtkazgan[7][8]. 1989-yilda birinchi, 1992-yilda esa ikkinchi estaliklari „Dolgoe budushee“ni tayyorlagan. Bu estaliklarda aktrisa oʻzining taqdiri va hayoti haqida gapirib oʻtgan.

Tatyana hayotining soʻnggi yillarida beva qolgan. Shoira 1998-yil 10-dekabrda Moskvada vafot etgan[9].

Tatyana Peredelkinodagi qabristonga erining yoniga dafn qilingan[10].

  1. Tatyana Ivanovna Leщenko-Suxomlina // Saxarovskiy sentr
  2. Tatyana Ivanovna Leщenko-Suxomlina // Saxarovskiy sentr
  3. Lorens D. Lyubovnik ledi Chatterley / per. s angl. T. Leщenko-Suxomlinoy, reprintn.izd. M.: Terra, 1991. 382 s. ISBN 5-250-01794-0.
  4. Долгое будущее. 
  5. Tatyana Ivanovna Leщenko-Suxomlina // Saxarovskiy sentr
  6. Сергей Чесноков. Путь в долгое будущее // Hовое русское слово. — США, 1998, 31 октября - 1 ноября. Архивировано 2 aprel 2015 года.
  7. Tatyana Leщenko-Suxomlina – Romansi (1989)Andoza:Недоступная ссылка
  8. „Музыкальный огонёк“. 2009-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-fevral.
  9. NG Politekonomiya (prilojenie k NG). – 1998. – № 20, dekabr. – S. 16. – Nekrolog.
  10. „Могила Т. И. Лещенко-сухомлиной“. 2017-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-aprel.