Sulavesi
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 174 600 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | 985 va 1929 m. |
Eng baland nuqtasi | Buntu Rantemario |
Ma'muriyat | |
Davlat | Indoneziya |
Mintaqa | Indoneziya |
Demografiya | |
Aholisi | 18 455 058 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Sulavesi, Selebes - Malay arxipelagining yirik orollaridan biri, Katta Zond o.lari tarkibida, Indoneziya hududi. Maydoni 170 ming km². Granit va gneyslardan, mezozoy ohaktoshlari, yosh choʻkindi va vulkan jinslaridan tuzilgan. Relyefi togʻli, eng baland joyi — 3440 m (Rantekombola togʻi), Minaxasa yarim orolda Klabat va Soputan harakatdagi vulkanlar bor. Iqlimi subekvatorial, mussonli, shimolida ekvatorial iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 25 — 27°, yillik yogʻin 2000–2500 mm. Sernam tropik oʻrmonlar, janubida baland boʻyli oʻtli savannalar bor. Bir nechta qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Foydali qazilmalardan temir va nikel rudalari topilgan. Kokos palmasi, kofe plantatsiyalari bor, sholi, batat, ziravorlar yetishtiriladi. Baliq ovlanadi. S.da 1ming yillik oxiridan 17-asrgacha Bone, Gova, Lulu kabi davlatlar boʻlgan. 17-asrdan 20-asr boshlarigacha golland mustamlakachilari qoʻl ostida edi. 1949-yildan Indoneziya tarkibida.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |