Kontent qismiga oʻtish

Sperma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sperma
spermatozoid va tuxumhujayra

Sperma (qadimgi yunoncha: σπέρμα sperma — uruġ, obbon, pusht), shahvat — odamda jinsiy alokada erkaklardan, shuningdek, erkak hayvonlardan ajraladigan suyuklik; erkaklik jinsiy bezlari ishlab chiqaradi. Quyuq, och kulrang, yopishqoq, hidli, Sperma spermatozoid va urugʻ suyuqligʻidan iborat. Sperma tarkibida oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, kalsiy, kaliy, natriy tuzlari va boshqa organik, anorganik moddalar boʻladi. Sperma balogatga yetish davrida paydo boʻlib, voyaga yetganda koʻpayadi va yosh ulgaygan sari kamaya boradi. Har bir jinsiy aloqada ajralgan Sperma miqdori har xil turlarda turlicha: odamda 2—6 ml, buqada oʻrtacha 4—5 ml, otda 60—100 ml, choʻchqada 250 ml gacha, qoʻchqorda 1 — 1,5 ml. Spermadagi spermatozoid miqdori hayvonlarning yashash sharoitiga qarab ham har xil (qoʻchqorda 30% ga, buqada 14% ga yaqin, ot va choʻchqada 7—8%) boʻladi.

Spermaning urugʻlantirish taʼsiri spermatozoidning miqdori va sifatiga bogʻliq. Organizmning baʼzi patologik holatlarida Spermada spermatozoid boʻlmasligi (azoospermiya), miqdorining kamayishi (oligospermiya), harakatsiz (nekrospermiya) yoki gʻayritabiiy holatda (teratospermiya) boʻlishi mumkin. Sperma bepushtlik sababini aniqlashda sud tibbiy ekspertizasida tekshiriladi. Sperma sifatini baholash, uni suyultirish, saqlash, tashish va olish usullari qishloq xoʻjaligi. hayvonlarini sunʼiy qochirishda muhim ahamiyatga ega.